2. Ijtimoiy adolat masalasi. Ijtimoiy adolat – jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson xuquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan tabaqalari manfaatini ko‘zlab milliy boyliklarni taqsimlash tartibidir. Prezidentimiz iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ichki siyosatdagi 5 tamoyilning biri, uchinchi tamoyil jamiyat hayotida qonun ustuvorligi haqida to‘xtalgan edi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan madaniy-ma’rifiy bozor xo‘jaligini tegishli xuquqiy jihatdan ta’minlamasdan turib bunday xo‘jalikni shakllantirish mumkin emas. Avvalo huquqiy davlatning elementlari: 1) qonun ustuvorligi; 2) qonun oldida hammaning tengligi; 3) hamma o‘z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi; 4) hokimiyat organlarining bo‘linishi tamoyiliga amal qiladi. Ijtimoiy adolatning I) vazifasi ijtimoiy munosabatlarning insonparvarligini ta’minlash; 2) guruh tabaqalarning manfaatini himoya qilish. SHarq mutafakkiri Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning 3 ta asosiy talabini bayon etib: 1) aholi turli tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini ta’minlash; 2) teng ta’minlangan fuqaro salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish lozim; 3) har bir inson himoya qilinib, o‘z ulushiga ega bo‘lishi kerak, degan edi. Prizident Islom Karimov. Adolat talablari: I) aholining, qashshoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; 2) halol mehnat qilishi uchun imkoniyat yaratib berish, 3) raxbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |