1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari


Download 79.05 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi79.05 Kb.
#1607848
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2


Mavzu: Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari.

Reja:

1.Davlat budjeti statistikasining vazifalari.


2. Davlat budjeti ko‘rsatkichlari

3.Xalqaro budjet tasniflari



1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari


Mamlakatning moliya tizimida davlat budjetining o‘rni va ahamiyati katta. Moliyachi iqtisodchilarning hisob-kitoblarga qaraganda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat budjeti moliya resurslari tarkibida 40%, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi. Budjet «Budget» chemodan, pul bilan to‘ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda ishlatilgan. Budjet – daromadlar va xarajatlar rejasi, ya’ni moliya rejasidir. Bu reja har bir shaxs, oila, xo‘jalik yurituvchi subyekt, tuman, shahar, viloyat va davlat miqyosida tuzilishi mumkin. Davlat budjeti davlatning markaziy moliya rejasidir, hukumat ixtiyoridagi yirik markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir. Davlat budjetida barcha asosiy moliya institutlari: xarajatlar, turli daromadlar, davlat krediti birlashgan. Davlat budjeti davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida: «Davlat budjeti – davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», – deyilgan. O‘zbekiston Respublikasida yagona budjet tizimi shakllantirilgan. U ikki bo‘g‘indan iborat bo‘lib, davlat budjeti respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy budjetlar (viloyat, shahar, tuman) ni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. O‘zbekiston Respublikasida barcha bo‘g‘inlardagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijrosini hisobga olish milliy valuta-so‘mda amalga oshiriladi. Faqat 1992-1996-yillarda valuta tushum (qarz) larini hisobga olish va hukumatning valutada amalga oshiradigan operatsiyalarini qoplash uchun xorij valutasida mustaqil budjet ham tuzilgan. Keyinchalik,1996-yildan boshlab, yagona va yig‘ma, so‘mda baholanadigan budjetga o‘tilgan. Yagona budjet tizimining elementlari davlat budjeti statistikasini o‘rganish obyektlaridir. Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi davlatning fiskal (moliya, soliq) siyosati mazmuni va yo‘nalishini belgilovchi budjetning asosiy ko‘rsatkichlariga miqdoriy tavsif berishdir. Bu vazifani quyidagicha belgilash mumkin:
1.O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi sharoitida davlat budjeti tasniflarida ko‘rsatkichlar tizimini tuzish, ularni hisoblash va baholashda xalqaro standartlarni joriy qilishni tugallash;
2.Davlat budjetining asosiy funksiyalari: yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, iqtisodiyotni tartibga solish va rag‘batlantirish, ijtimoiy siyosatni moliya bilan ta’minlash va mamlakatning markazlashtirilgan pul jamg‘armalarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish jarayonlariga tasnif berish;
3.Davlat budjetining daromadlari, xarajatlari va defitsiti (profitsiti) ning umumiy summalarini hisoblash;
4.Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tarkibi va tarkibiy tuzilishini o‘rganish;
5.Davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish manbalarini o‘rganish;
6.Davlatning ichki va tashqi qarzining ko‘lamini baholash;
7.Davlatning fiskal siyosatining iqtisodiy rivojlanishga va aholini turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va boshqalar (masalan, budjet tashkilotlari shoxobchalari, xodimlari soni, sarf-xarajatlari va boshqalar);
Amaliy statistika davlat boshqaruvi muassasalari faoliyatini tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlarga XVF standartlari asosida moliyaviy ma’lumotlarni taqdim qilish, MHT va to‘lov balansini tuzish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish (guruhlash, umumlashtirish) bilan shug‘ullanmoqda. Davlat budjeti statistikasi amaliyotiga xalqaro standartlarni qo‘llash ishlarini olib borish bilan birga an’anaviy statistika tushunchalari, qoida va tasniflaridan ham foydalanilmoqda.
Hozirgi paytda davlat statistika organlari budjet tasniflarini va davlat budjeti ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha va davlat boshqaruv organlarini ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash borasida ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin ushbu bajarilgan ishlarni ularning asosiy vazifasi bilan adashtirmaslik lozim.
O‘zbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tobora integratsiyalashib borayotgan bugungi kunda davlat budjeti statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
–Respublika amaliyotida qo‘llaniladigan budjet tasnifini xalqaro standartlarga moslashtirish;
–Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari hajmi hamda dinamikasini aniqlash;
–Davlat budjeti daromadlarining manbalari va xarajatlarining yo‘nalishlarini o‘rganish;
–Boshqarishning barcha darajalarida davlat budjetining bajarilishi tahlili;
–Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarining tahlili;
–Davlatning ichki qarzi hajmini, uning tarkibi va dinamikasini aniqlash;
–Budjet muassasalari soni, shtati va kontingentini o‘rganish;
–Fiskal siyosatni o‘tkazish samaradorligini va uning iqtisodiy o‘sishga hamda aholining turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish

Download 79.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling