1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari
Download 79.05 Kb.
|
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy soliqsiz daromadlar
- Rasmiy transfertlar
Soliqli daromadlar – bu davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlat organlari tomonidan undirib olinadigan majburiy, qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlardir. Soliq tushumlariga fiskal, import va eksport monopoliyalari tomonidan o‘tkaziladigan foyda, aksiz tipidagi daromadlar, soliq qonunchiligini buzgani uchun to‘langan jarima, penyalar ham kiritiladi.
1-rasm. Xalqaro moliya statistikasi bo‘yicha davlat budjeti daromadlari va olingan rasmiy transfertlar. Soliqqa tortishning iqtisodiy tabiatiga asoslangan budjet tushumlari tasnifidan bozor tizimi uchun foydalanish juda muhim, chunki iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar tushumlarga ta’sir o‘tkazadi, soliqlar esa soliq olinadigan operatsiyalarga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Joriy soliqsiz daromadlar – bu qoplanadigan, lekin qaytarilmaydigan tushumlar (mulkdan va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad, ma’muriy yig‘imlar va to‘lovlar, notijorat va yordamchi sotishlardan olingan daromad) va ayrim qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan tushumlar (jarimalar – soliq qonunchiligini buzish bilan bog‘liq bo‘lmagan), joriy shaxsiy sadaqalardir. Rasmiy transfertlar – bu qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan nomajburiy tushumlardir. Ular subvensiya, sovg‘alar, reparitsiya shaklida va bir paytli, nodoimiy, ixtiyoriy bo‘ladi. Kapital daromadlar – bu kapital aktivlarni sotishdan (asosiy fondlar, davlat zaxiralari va foydalanilmayotgan omillar, yer) olingan daromadlar hamda nodavlat manbalardan kapital transfertlardir. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari soliqlar, resurs to‘lovlari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa soliq va tushumlardan tashkil topadi. Budjet defitsitini aniqlashda quyidagilardan foydalanish mumkin. Fiskal va pul siyosatining samaradorligini baholash hamda operativ maqsadlar uchun quyidagi formula qo‘llaniladi: Y = D - P 100 P Davlat budjeti defitsiti darajasi budjet saldosi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbati, ya’ni quyidagi formula bilan aniqlanadi: Y = D - P 100 YAIM Xalqaro valuta fondi davlat budjeti defitsitini quyidagi formula bilan hisobalshni tavsiya etadi: D=(DD+Dotatsya)-(DX +Dк), bu yerda: D– defitsit summasi; DD – davlat daromadlari; DX – davlat xarajatlari; Dk – berilgan va qoplangan kredit farqi. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblangan defitsit darajasi 3% dan oshmasa, mamlakat iqtisodiyotining holati qoniqarli hisoblanadi. Yevropa Ittifoqiga kirishda ushbu qoidaga rioya qilinadi. Masalan, valuta ittifoqiga davlat budjeti defitsiti 3% dan oshmagan mamlakatlar kiritiladi. Davlat budjeti dinamikasini o‘rganish statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Budjet daromadlari va xarajatlari dinamikasini o‘rganishda dinamikaning nisbiy miqdoridan va dinamika qatorining analitik va o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin. Elastiklik koeffitsiyenti yalpi ichki mahsulotni bir punktga o‘sishida davlat budjeti daromadlari qancha punktga (bizning misolda foizga) o‘sishini ko‘rsatadi. Masalan, 2003-yilda yalpi ichki mahsulot bir foizga o‘sishi bilan davlat budjeti daromadlari 0,8 foizga ortadi, 2009-yilda esa – 0,93%. Indeks metodi yordamida davlat budjeti daromadlari darajasi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga to‘xtalamiz. Davlat budjetining daromadlari darajasiga yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining o‘zgarishi, yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarda yalpi ichki mahsulot hissasining o‘zgarishi, yalpi ichki mahsulot va milliy mahsulot nisbatining o‘zgarishi, yalpi milliy mahsulotda foydalanilgan milliy daromad hissasining o‘zgarishi, foydalanilgan milliy daromadda davlat budjeti daromadlari hissasining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Agar davlat budjeti daromadlarining boshlang‘ich darajasini Y0 bilan, yuqorida sanab o‘tilgan omillarni – Ja, Jb, Jv, Jg, Jd bilan belgilasak, daromadlarning shu omillarning o‘zgarishini hisobga olgan holdagi darajasi quyidagicha hisoblanadi: Y1a = Y0 * Ja Y1ab = Y1a *Jb Y1abv = Y1ab * Jv Y1abvg = Y1abv * Jg Y1abvgd = Y1abvg * Jd Bu tengliklardan foydalanib, ayrim omillar hisobidan davlat budjeti daromadlarining o‘zgarishini quyidagi formulalar bilan aniqlaymiz: DYa = Y1a - Y0 DYb = Y1ab - Y1a DYv = Y1abv - Y1ab DYg = Y1abvg - Y1abv DYd = Y1abvgd - Y1abvg Shunday qilib, budjet daromadlarining umumiy mutlaq o‘zgarishi quyidagiga teng: Download 79.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling