Mavzu: dinamika qatorlari


Download 54.51 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi54.51 Kb.
#1036027
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DINAMIKA QATORLARI


MAVZU: DINAMIKA QATORLARI
Reja:
Kirish

  1. Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari

  2. Dinamika qatorlarini o’rganishning boshqa statistik metodlari

  3. Dinamika qatorlari va bashoratlash masalalari

  4. Tayanch iboralar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi. Dinamika qatorlarida ikki unsur (element) mavjud: 1) vaqt ko’rsatkichi (t); 2) shu vaqtga tegishli daraja (U) Dinamika qatorlarida vaqt ko’rsatkichi sifatida ma’lum bir payt (sana) yoki davr (oy, yil) olinishi mumkin. Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini, miqdorini vaqt bo’yicha o’zgarishini o’zida aks ettiradi va ular mutlaq, nisbiy va o’rtacha miqdorlarda ifodalanadi. To’g’ri tuzilgan dinamika qatorlari solishtirma ko’rsatkichlardan tashkil topadi. Qanday dinamika qatori to’g’ri tuzilgan qator deyiladi? Bu savolga javob berish uchun dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur: 1) dinamika qatorlarining hadlar bir hil o’lchov birliklarida berilishi kerak. Agar birinchi had so’mda o’lchangan bo’lsa, qolgan hadlar ham shu o’lchov birlikda baholanadi; 2) hadlarning hisoblangan aniqlik darajasi bir xil bo’lishi, (0,1, 0,01, 0,001 va h.k.) zarur. 3) hamma hadlar bitta metodologiya bilan aniqlangan bo’lishi kerak. Masalan, aholi dinamikasini o’rganmoqchimiz. Ma’lumki, aholi mavjud aholi, doimiy aholi, vaqtincha yashovchilar va boshqa toifalarga bo’linadi. Demak, qatorning birinchi hadida doimiy (yoki boshqa toifadagi) aholi soni berilsa, qolgan hadlarda ham faqat shu toifadagi aholi soni berilishi kerak; 4) dinamika qatorlarining ko’rsatkichlari hudud bo’yicha ham taqqoslama bo’lishi shart. Masalan, Buxoro viloyati bo’yicha keyingi 30 yilda erishilgan natijalarni tahlil qilish uchun dinamika qatorlari tuzildi. Bu tuzilgan qator hadlarini taqqoslash mumkin emas, chunki keyingi 30 yil ichida Buxoro viloyatining hududi o’zgardi, ya’ni undan Navoiy viloyatiga qarashli tumanlar ajralib chiqdi, qo’shildi va yana ajraldi. Demak, 30 yil uchun tuzilgan hadlarni taqqoslash uchun ularni hammasini Buxoro viloyatining yoxud yangi, yoxud eski hududi bo’yicha hisoblash kerak; 5) dinamika qatori ko’rsatkichlari davrning uzun va qisqaligi bo’yicha ham bir xil bo’lishi kerak. Dinamika qatorlari hodisalarni tavsiflash vaqtiga qarab, payt(moment)li va davriy dinamika qatorlariga bo’linadi. Paytli dinamika qatorlari o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni ma’lum bir aniq payt (moment)ga holatini ifodalaydi, aks ettiradi. Masalan, aholi soni, kassadagi pul qoldig’ini faqatgina ma’lum paytga hisoblanadi.



Download 54.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling