1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari
Davlat budjeti ko‘rsatkichlari
Download 79.05 Kb.
|
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2
2. Davlat budjeti ko‘rsatkichlari
Respublika davlat budjeti statistikasi ko‘rsatkichlari budjet daromadlari, budjet xarajatlari budjetni moliyalashtirish ko‘rsatkichlari, davlat qarzi, budjet muassasalari soni va shtatlari ko‘rsatkichlari, budjetdan tashqari fondlar ko‘rsatkichlaridan tashkil topadi. Davlat budjetining daromadlari turli belgilarga ko‘ra tasniflanadi. Hozirgi vaqtda ularni to‘rt asosiy belgisiga ko‘ra tasniflash keng qo‘llaniladi. Davlat budjetining daromadlari tashkil topish manbalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar; aholidan olinadigan soliqlar; hukumatning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan daro-madlar; bank tizimining kreditlari; davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar; xorijiy mamlakatlardan va xalqaro tashkilotlardan olingan kreditlar va moliyaviy yordamlar; j) boshqa daromadlar. Davlat budjetining daromadlari undirish usuliga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: soliqli daromadlar; soliqsiz daromadlar. Davlat budjetining daromadlari soliq turlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: korxonalar daromadi (foydasi) dan olinadigan soliq; jismoniy shaxslardan olinadigan soliq; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz; ekologiya solig‘i; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; j) yerosti boyliklaridan foydlanganlik uchun soliq; g) mol-mulk solig‘i; i) yer solig‘i va boshqa soliqlar. Davlat budjetining daromadlari mamlakatning davlat tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Unitar davlatlarda: markaziy budjetning daromadlari; mahalliy budjetlarning daromadlari. 2. Federal davlatlarda: markaziy budjetning daromadlari; subyektlarning daromadlari; mahalliy budjetlarning daromadlari. Davlat budjeti daromadlari tasnifi O‘zbekistonda ham xalqaro standartlarga deyarli moslashtirilgan va quyidagilarga bo‘linadi (1rasm). Davlat budjeti daromadlari joriy va kapital turlarga ajratiladi. Joriy daromadlar soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Download 79.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling