1. Davlat budjeti statistikasining vazifalari
C. Xarajatlar va sof kreditlashning iqtisodiy tasnifi
Download 79.05 Kb.
|
Davlat byudjeti statistikasining asosiy kategoriya va ko`rsatkichlari. 2
C. Xarajatlar va sof kreditlashning iqtisodiy tasnifi
Davlat budjetining xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ishchi kuchi, materiallar, foiz to‘lovlari, kapital xarajatlar va unsurlarga guruhlanadi. Bunda xarajatlar, birinchi navbatda, joriy xarajatlar, kapital xarajatlar va sof kreditlashga guruhlanadi. Ammo qayta ko‘rib chiqilayotgan standart tasnifda alohida bo‘lim sifatida «asosiy kapital iste’moli» ko‘rsatiladi. Markaziy hukumat budjetining xarajatlari va sof kreditlashning amaldagi XVF standart tasnifi quyidagicha: I. Jami xarajatlar va sof kreditlash (II+V). Jami xarajatlar (III+IV). Joriy xarajatlar: 1.Tovar va xizmatlar uchun xarajatlar. Foiz to‘lovlari. Subsidiyalar va boshqa joriy transfertlar.IV. Kapital xarajatlar: Asosiy kapitalning sotib olinishi. Zaxirani vujudga keltirish uchun tovarlar sotib olinishi. Yer va nomoddiy aktivlarni haridi. Kapital transfertlar: Mamlakat ichiga. Xorijga. V. Sof kreditlash. 8. Ichki 9. Tashqi. Kapital sarflarining alohida ko‘rsatilishidan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tusini ham anglash mumkin. Ma’lumki, taraqqiyot budjetida kapital xarajatlar: investitsion loyihalarni davlat tomonidan kreditlash, investitsiya qilishga va kafil bo‘lishga imkon bo‘ladi. Ammo davlat budjetidagi kapital xarajatlarni yoki uning ulushi ko‘rsatkichlari orqali davlatdagi investitsion faoliyatga baho berib bo‘lmaydi. Chunki rivojlangan davlatlarda investitsiyaning deyarli asosiy qismi xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat sektorining asosiy kapitalga investitsiyadagi ulushi 2007-yilda 60,0% ga teng bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida Moliya vazirining 1999-yil 9-dekabrdagi 230-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligida 1999-yil 15-dekabrda 853-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan «Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifikatsiyasi» XVFning shu tusdagi tasnifiga deyarli yaqindir. 2000-yil 1-yanvardan boshlab budjet muassasalarining xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash, ularni budjetdan moliyalashtirish, xarajatlarning hisob-kitobini tuzish va nazorat qilishda shu tasnifdan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunida ham davlat va respublika budjetining xarajatlari iqtisodiy turlar bo‘yicha bo‘lishi belgilangan, turlar ro‘yxati berilgan. Download 79.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling