1. Iqtisodiy tahlil metodi va metodologiyasining tasnifi


Download 80.5 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1646862
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil fani metodining o\'ziga xos xususiyatlari


Iqtisodiy tahlil fani metodining o'ziga xos xususiyatlari
Reja:


1. Iqtisodiy tahlil metodi va metodologiyasining tasnifi.
2. Iqtisodiy tahlil fanining metodologik asoslarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tasnifi

  1. Iqtisodiy tahlilning metodi bo’yicha olimlarning fikrlari

1. Iqtisodiy tahlil metodi va metodologiyasining tushunchasi Iqtisodiy tahlil metodi va metadologiyasi bir-biridan farqlanadi.
Metod so’zi nimani anglatadi? Metod grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, u “Izlanish yo’li” degan ma’noni anglatadi. Demak, tabiat va jamiyatda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisalarni o’rganishdagi izlanish yo’li, usuli degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda metod deyilganda obyektiv borliqni, tabiat, jamiyat va mavjudotlarni rivojlanishini, materialistik dunyoni dialektik- materialistik qonuniyatlarga asoslanib, o’rganish usuli tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil metodi deganda nima tushuniladi?.Iqtisodiy tahlil metodi deganda xo’jalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va kelayotgan jarayonlar va ularning natijalarini o’rganishda qo’llaniladigan usullar majmuasi tushuniladi
Metodologiya deganda nima tushuniladi ? Metodologiya deganda fanning predmetini o’rganishda qo’llaniladigan dialektik va tizimiy yondashuvlar, hamda kategoriya va usullar majmuasi tushuniladi.
Predmetni o’rganishdagi dialektik yondashuv. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan iqtisodiy jarayonlar va ulurni ifodalovchi ko’rsatgichlarni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda, taraqqiyotda, harakatda va doimiy o’zgarishda deb qarash orqali tahlil qilish dialektik yondashuvni ifodalaydi.
Predmetni o’rganishdagi tizimiy yondashuv. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatida sodir bo’lgan va bo’layotgan yaxlit iqtisodiy jarayonlarni turli qismlarga ajratib, har birini alohida o’rganish orqali tahlil qilish tizimiy yondashuvni bildiradi. Bunda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayonni (tahlil predmetini) detallashtirish, tizimlashtirish va umumlashtirish orqali tihlil amalga oshiriladi.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling