O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O‘zR Konstitutsiyasi 4-bob, 17-moddasida O‘zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi:
Davlatlarning suvereniteti, tengligi.
Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.
CHegaralarning daxlsizligi.
Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish.
Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.
Bu prinsiplar O‘zbekistonning manfaatdorlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirildi. Prezident Islom Karimov "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" asarida O‘zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish 6 ta amaliy prinsiplarini ishlab chiqdi, ular:
1) Milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgan holda o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish.
2) Umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash mojarolarni tinchi yo‘l bilan hal etish.
3) Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlilik, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik, tenglar orasida teng bo‘lish.
4) Mavkuraviy qarashlardan qat’iy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar bilan keng aloqani o‘rnatish.
5) Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan olish.
6) Ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish, xalqaro xamkorlikni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |