G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Umarning qarashlari
O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik ta’limotida erkinlik va adolat. Ma’lumki, islom dini ijtimoiy dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan uning nazariy, falsafiy, huquqiy tomonlarini ishlab chiqishga e’tibor ham tobora ortib borgan. SHu tariqa IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan, madaniyat, islom falsafasining nazariy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davri bo‘ldi. Ulardan Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Al-Motrudiy, Muhammad Imom-Fazzoliy, Mahmud az-Zamaxshariy, Burhonuddin al-Marg‘iloniy, Ahmad YAssaviy, Najmiddin Kubro, Abdulholiq Fijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Jaloliddin Rumiy kabi buyuk allomalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan jahon madaniyatiga ulkan xissa qo‘shdilar. Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, ilohiy qudrat, inson komilligi, adolat, insof, diyonat, vijdon kabi g‘oyalar inson ruhiyatini poklash orqali erkin jamiyatga chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday deydi: “Inson buyuk bir mo‘‘jiza va uning ichida hamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar bor-ki, ular yozuvlarni o‘qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman mashg‘ulotlar insonning dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va ko‘ngilning so‘ngsiz orzularidir.”22 Darhaqiqat, J.Rumiyning qarashlarida insonning farqi uning komilligiga asoslanadi. U dunyoga irqi, dini, millati, tabaqasidan qat’iy nazar, barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. “Menga vahdai mayini tutgil, o‘zgalarni ham ondin bahramand etgil, toki jamoat jam bo‘lib, faqat suvratda bo‘lmish tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz hammamiz yagona og‘ochning butoqlari, yagona qo‘shinning navkarlarimiz”. Jaloliddinning bashariyat birligi haqida gapirishi o‘sha davr uchun mislsiz jasorat edi23.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini o‘rganishda O‘rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilik oqimining ahamiyati ham alohida muhim o‘rin tutadi. Tasavvuf garchi islom bag‘rida nish urib, Qur’on va hadislar hikmatidan oziqlangan, ko‘p hollarda shariat ahkomiga suyangan bo‘lsada, lekin u rasmiy diniy aqidaparastlik va mutaassiblikka hamda hokim tabaqalarning ayshu-ishratlarga g‘arb turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o‘laroq, mehnatkash xalq noroziligini ifodalab keldi. Ushbu ta’limotning el orasida yoyilib, fikriy yangilanishlarga qanoat bergani, haq va haqiqatga tashna ziyolilar yuragini band etganiga sabab shu24. Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, haqiqat, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, insof, iymon, e’tiqod, ilm, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g‘oyalarni targ‘ibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir qancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo‘ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga g‘oyaviy kuch sifatida qarshi qo‘yiladi. Bu borada, O‘zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz YAssaviyning hikmatlarida jamiyatda etakchi shaxslarning sifatlari to‘g‘risidagi talqinlar, ayni paytda, achchiq tanqidiy munosabatlari ijodining asosini tashkil etadi. CHunki shu davrda shayxlar siyosatga bevosita aralashib kelganlar. Bu borada Amir Kulolning o‘g‘li Amir Umarning qarashlari (1406 y.o‘lgan) siyosatning nazariy va amaliy mohiyatini ochishda e’tiborlidir. Unda siyosatga shunday nisbat beriladi: “Bilgilkim siyosat - tutib turish va tartibga solishdir..., yomon kishilarni qo‘rqinch va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo‘lmasa, davlatning muhim ishlari amalga oshmaydi; agar tartibot, jazo qonunlari bo‘lmasa, davlat ishlari ham o‘nglanmaydi, chunki hukmdorning, jamoaning ko‘rki, davlat va dinning rivoji siyosatdir”25. YA’ni, din orqali siyosatda umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilishi va bunday siyosat esa bevosita davlat qonunlari orqali amalda o‘z tasdig‘ini topishiga erishmoq lozim, deb qaraladi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling