G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet23/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Zaxriddin Bobur (1483-1530). SHarq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda. Uning jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma» dan tashqari «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Harb ishi» kabi asarlari va go‘zal she’riyati mashhurdir. A.Navoiy zamondoshlarining ilmiy merosini qunt bilan o‘rgangan, o‘zi ham shu yo‘nalishda katta meros qoldirgan ijodkorlar Zahiriddin Muhammad Bobur, Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylardir. Ular davlatshunoslik, axloqshunoslik, adabiyot, ta’lim-tarbiya, nasr va nazm sohalarida ijod qilgan yirik olimlardir. Davlat boshqaruvi va uning siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni Boburning «Boburnoma»35, Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”36, Davoniyning «Axloqi Jaloliy»37 asarida atroflicha bayon qiladi.

Ularda jamiyatni boshqarish asoslari, ijtimoiy tabaqalarning o‘zaro munosabatlari, adolatli va adolatsiz podshoh fazilatlari, fuqarolarga odil munosabati, axloq va ta’lim-tarbiya masalarini tahlil etgan. SHu tariqa Davlat boshqaruviga oid ijtimoiy qarashlarni o‘z navbatida o‘tmish davlatchilik madaniy merosimiz bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarimizni yanada boyitishga xizmat qilgan.

YUqorida ta’kidlaganimizdek, XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy yuksalish o‘z mazmun - mohiyati bilan IX-XII asrlardagi O‘rta Osiyodagi Uyg‘onish davrining uzviy davomi edi. Xulosa shundaki, bunday madaniy meroslarning monandlikka intilishi, uning davriy uyg‘unlashuvi xalqlar hayotida taraqqiyot hamda yuksalishiga poydevor bo‘lgan nazariy ta’limotlarning rivojlanish bosqichlarini kuzatamiz. Ammo O‘zbekiston xalqlari davlatchilik tarixi o‘z taraqqiyotida bir xilda rivojlangan emas.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling