6. “Xitoy modeli”da Xitoy islohotlarining “otasi” Den-Syaopin rahbarligida “Uch qadam” strategiyasi, bozor iqtisodiyotining milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra:
1) Birinchi bosqich. 1982–1989-yillarda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich, mamlakatning YAIM 2 marta o‘stirish ko‘zlandi.
2) Ikkinchi bosqich. 1990–1999 yillarda amalga oshirilib, 4 marta ko‘paytirish belgilandi.
3) Uchinchi bosqich. 2000–2050 yillargacha belgilanib, aholi jon boshiga YAIM 4 ming dollarga etkazish ko‘zda tutildi.
Den Syapin siyosat sohasida oqilona yo‘l tutdi. U “moddiy inqilob” oqibatlarini tugatdi. U Xitoy Kompartiyasi dusturidan “3-jahon urushining muqarrarligi va zarurligi” qoidasini olib tashladi. YAdro qurolini birinchi bo‘lib ishlatmaslik majmuriyatini oldi. U “Bir davlat va ikki siyosiy tuzum” dasturining asoschisi. Bir vaqtlar inglizlar bosib olgan Gonkongning Xitoyga qayta qo‘shilishi muammosini echib ketdi. 1997 yil 1 iyulida qo‘shildi. Gonkong Buyuk Britaniyaning Osiyodagi mustamlakasi edi.
Xitoy davlati bozor iqtisodiyoti milliy konsepsiyasiga ko‘ra: 1) mamlakat iqtisodiyotining liberallashuvi; 2) xususiylashtirish jarayoni; 3) turli mulk shakllarining paydo bo‘lishi; 4) xorijiy sarmoyalarning kirib kelishi yo‘lga qo‘yildi. Den Syapon: «mamlakat iqtisodiyotini isloh etishdan ko‘zlangan maqsad – sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimini shakllantirishdir» degan edi53. Xitoy aholisi 1 300 mln. kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |