O‘tish davri tushunchasi, uning mohiyati, umumiy qonuniyatlari va turli shakllari. “O‘tish davri” mustaqil mavzu sifatida ilmiy adabiyotlarda kam o‘rganilgan bo‘lib, uzoq kechishi yoki qisqaligi bilan xarakterlanadi. Turli mamlakatlarda turlicha kechadi. Buning sababi mazkur mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy holatlari bilan bog‘liqligidir. O‘tish davri barcha davlatlar taraqqiyoti uchun umumiy qonuniyatdir. CHunki davlatlar vujudga kelishi bilanoq yuksak taraqqiyot darajasiga birdan ko‘tarila olmaydi, avval shakllanadi, ma’lum bosqichlarni bosib o‘tadi. O‘tish davribir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‘tish murakkab jarayon bo‘lib, u ma’lum bir qonuniyatlar asosida yuz beradi. O‘tish davriga munosabat masalasini germaniyalik olim Leonid Levitin shunday yozadi: “Odatda o‘tish davri” islohining so‘zlarini aynan tushunib, uni o‘tmish va kelajak oralig‘idagi bugun deb o‘ylaydilar. “O‘tish davrining paydo bo‘lishida bunday qarashlarga ko‘ra o‘tmish sabab, kelajak esa maqsad tarzida voqea bo‘ladi”. Demak, birinchidan, “o‘tish davri” “oraliq” ma’nosini anglatmaydi. Bu olimning yana bir fikricha, “Tabiiyki, o‘tish davrlar turli xildagi tartibsiz jarayonlar, mavhumotli inkor sodir bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida ular hayotida ayrim holatlarda katta fojeali holatlarni keltirib chiqarishi mumkin”. Ikkinchidan, feodalizm munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarga “chetdan” demokratik jarayonlarni “eksport” qilib bo‘lmaydi. Uchinchidan, “o‘tish davri” ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzum emas, balki mamlakatlarning ularga o‘tish uchun zarur bo‘ladigan zaminlarni shakllantirishga ketadigan oraliq bosqich hisoblanadi. To‘rtinchidan, “o‘tish davri” qancha turli xil bo‘lmasin bari-bir barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumlar uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |