G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Huquqiy demokratik davlat barpo etishda


Download 1.47 Mb.
bet76/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda Ombudsman instituti. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o‘ynaydi63.

Ombudsman (shved. – biror kishi munosabatlarining vakili) – ba’zi mamlakatlarda parlament tomonidan maxsus saylangan (tayinlangan), davlat organlari harakatlarining qonuniyligi hamda fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini kuzatuvchi mansabdor shaxs. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 apreldagi “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan.

Ma’lumki Er yuzida inson borki, u doimo o‘z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan va Ombudsmanning tashkil topishi esa, davlat bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarga yanada aniqlik kiritdi. Ombudsman fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir.64.

Ushbu fikr hozirgi zamon huquqiy adabiyotlarida keng tarqalgandir. Biroq jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda Ombudsman institutining o‘ziga xos talqin va tarixiy ildizlari mavjud. SHu nuqtai nazardan amerikalik mutaxassis Din Gottererning bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir. U shunday deb yozadi: Ombudsman instituti ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ombudsmanning tarixiy ildizlaridan biri Qur’oni Karim va islom mafkurasining bir qismi sifatida odillik tamoyillaridan kelib chiqadi65. O‘sha payt inson huquqi va erkinliklarini himoya qilish, mulkiy, oila va nikohga oid huquqlarni tartibga soluvchi hamda shikoyatlarni qabul qilish va nizolarni hal qilish uchun muxtasib mansabi dastlab halifa Umar tomonidan tashkil etilgan edi. Keyinchalik ana shunday muxtasib mansabi Movarounnahrdagi mavjud xonliklarda ham tashkil etilgan bo‘lib, ular asosan fuqarolarning shikoyatlarini adolat nuqtai nazardan hal etishga intilganlar.

SHunday qilib, Ombudsman institutining ildizlari Din Gotterer ta’kidlaganidek, SHarq mamlakatlari davlatchiligiga borib taqaladi. Biroq, Er yuzida rasmiy ravishda esa, birinchi marotaba Ombudsman instituti 1709 yil SHvetsiya qirolligi huzurida tashkil topgan. 1709 yili SHvetsiya qiroli Karl XII Poltava janglarida mag‘lubiyatga uchrab, Turkiya davlatiga qochib ketadi. Qirolsiz qolgan SHvetsiyada tartibsizlik boshlanadi. Bundan xabar topgan Karl XII Turkiyada turib, 1713 yil SHvetsiya qirolligi huzurida Ombudsman tashkil qilish haqidagi qonunga nizo chekadi. Bugungi kunda deyarli barcha demokratik mamlakatlarda Ombudsman instituti tashkil etilgan. Ombudsmanning muhim xususiyatlaridan biri uning mustaqilligidir.

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) demokratik yo‘ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda.

Ombudsman (vakil) quyidagi huquqlarga ega:

1) fuqarolardan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish;

2) arizachiga o‘z huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishga haqli bo‘lgan vositalarni ko‘rsatish;

3) shikoyatni, uning mohiyati bo‘yicha hal etishga vakolatli mansabdor shaxsga yoki tashkilotga berish;

4) arizachini tegishli hujjatlar, boshqa materiallar bilan tanishtirish hamda shikoyatni ko‘rib chiqishni rad etish va rad etish asoslarini ko‘rsatish.

O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunining 26-moddasi birinchi qismiga muvofiq «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi».

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti «fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir».

Bu normaga ko‘ra Prezident birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilayotganligini, ikkinchidan esa, ularning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilib boradi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling