G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet10/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Ikkinchisi, demokratiyaning milliy-madaniy meros bilan bog‘liq milliy xususiyatlariga tayanishdan iborat. Bu ikki yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq va haqiqiy demokratik jamiyat qurishni bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi ham. Amaliy hayotda bu muhim qonununiyatning buzilish hollari turli xalqlar turmush tarzi va ularning milliy manfaatlariga zid bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy oqibatlarni keltirib chiqargan. E’tirof etilgan tamoyillarga tayanmaslik, bu mamlakatni dunyoviy, demokratik jamiyat qurishdan yiroqlashtirgan bo‘lsa, milliy-ma’naviy xususiyatlarini hisobga olmasdan demokratik jamiyat qurish yo‘li esa, haqiqiy demokratiya talablariga zid holatdir. Bunday o‘ziga xos va mos rivojlanish yo‘li demokratik jamiyat qurish qonuniyatiga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zlarini diniy aqidaparastlik va terrorizmga qarshi kurashayotgan, dunyoviy demokratik tuzum tarafdorlari deb ko‘rsatayotgan ba’zi xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar, xorijiy tashkilotlarning ba’zi vakillariga xalqning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘y-fikrlari, odob-axloqi, or-nomusini hisobga olmay, bu qadriyatlarni Farb demrokratiyasiga qarshi qo‘yib, o‘zlarini go‘yoki inson huquqlari himoyachisi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqdalar. Bunday holatni ayrim millatlar va xalqlarning demokratiyaga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga intilish, deyish mumkin.

O‘zini inson huquqlarining xolis himoyachisi deb tanishtiradigan xorijiy tashkilotlardan ayrimlarining “Mahalla davlatning tazyiq ko‘rsatuvchi idorasiga aylanyapti” degan fikrlari qanchalik asosli? Emishki, er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelib, janjalli masalalar ko‘tarilganida, ularning sudga emas, mahallaga murojaat etishlari, inson huquqlarining buzilishi ekan.

O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani 1) ijtimoiy-siyosiy, 2) ijtimoiy-gumanitar, 3) aniq-tabiiy fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u mazkur fanlar qarashlarini e’tirof etgan holda, bu fanlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan ham nazariy ham amaliy xususiyatlariga e’tibor qaratadi. O‘zbekistonda demokratik erkin, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiy islohotlarni yanada liberallashtirish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.

Mamlakatda Konstitutsiya va qonunning ustunligi, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bilan bog‘liq umumiy qoidalar va demokratik tamoyillar, jamiyat va shaxs munosabatlari, jamoat birlashmalari, oila, davlat hokimiyatining tashkil etilishi bilan bog‘liq sohalar demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining o‘rganadigan sohalari hisoblanadi. Bu tushunchalarning ayrim jihatlarini boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar ham o‘rganadi. Lekin ijtimoiy-siyosiy fanlarning har biri jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisa va voqealar jarayonini o‘z predmeti, ob’ekti, maqsadi va qonuniyatidan kelib chiqqan holda o‘rganadi. Masalan, ong muammosini barcha ijtimoiy fanlar o‘rganishi ma’lum. Lekin falsafa ongni insonga xos xususiyat sifatida, uning jamiyat rivojida muhim omil sifatida o‘rgansa, sotsiologiya jamiyatdagi muayyan guruh yoki ijtimoiy qatlamning ongi, uning o‘ziga xos xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Siyosatshunoslik esa, uning siyosiy ko‘rinishini, ya’ni siyosiy ong shaklini, uning namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Huquqshunoslik huquqiy ongni o‘rgansa, «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani esa ongning demokratik shaklini, ya’ni demokratik ongning o‘ziga xos jihatlarini, uning qadriyatlarini, shakllanish asoslari hamda jarayonini umuminsoniy demokratik qonuniyatlarining muhim omili sifatida o‘rganadi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling