II. Doktrinaning siyosiy jihatlari.
O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati. Bunda tashqi siyosatning asosiy vazifasi: xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo‘li bilan hal etishga qarshi, harbiy majoralarni diplomatiya vositasida bartaraf qilish, ziddiyatli holatlarga barham berish, engishga kuch-g‘ayrat sarflash.
Urushning va urush xavfining oldini olish - bosh strategik yo‘nalish. Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olish, harbiy bloklarga kirmaslik. O‘zR Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, hech kimga tahdid qilmaydi. "YAdro qurolisiz yashaydi”. Umumiy xavsizlikni saqlashda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar rolini oshiradi. Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlaydi, tizimni yaratadi. Faqat tinchlik uchun kurash olib boradi. Odam ruhiyatiga halokatli ta’sir etuvchi vositalarni ishlab chiqishni taqiqlaydi. Harbiy sohadagi aloqalarni kengaytiradi. Milliy va diniy murosasizlikka yo‘l qo‘ymaydi. Fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yo‘l qo‘ymaydi. Tinchlikni saqlashdagi majburiyatlarga amal qiladi. va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |