G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Demokratik jamiyatga o‘tish yo‘llarining shakllari


Download 1.47 Mb.
bet65/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Demokratik jamiyatga o‘tish yo‘llarining shakllari

Xo‘sh nima uchun asta-sekin, bosqichma-bosqich o‘tish zaruriyati tug‘iladi? Agar asta-sekin o‘tiladigan bo‘lsa, uning klassik yo‘ldan farqli tomoni nimada? Unda ham asta-sekinlik bilan demokratik jamiyatga o‘tilgan-ku? Albatta, evolyusion yo‘lning klassik (an’anaviy) yo‘ldan farqli tomonlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:



Birinchidan, klassik yo‘lda demokratik qadriyatlar mavjud jamiyat ichida yuzaga keladi. Bunda faoliyat ko‘rsatayotgan tuzumning taraqqiy qilishi, mulk egalarining oddiy xalqning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilib boriladi. Uning o‘ziga xos xususiyati, har ikki tomonning ham manfaatdorligidadir. Bunday sharoitda demokratik qadriyatlar taraqqiyotning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarining «ma’rifatlashib», xalq farovonligini ta’minlash omili bo‘lib qoladi. Hozirgi davrda ko‘pchilik mamlakatlar evolyusion yo‘l totalitarizm yoki diktaturalar xukmronligini barbod etilishining birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ekanligini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarning demokratiyaga o‘tishi uchun xos bo‘lgan bu yo‘l mamlakatlar hayotida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoniyatlari bo‘lmaganligi bilan ham bog‘liqdir.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling