G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Demokratik jamiyatga o‘tishning ikkinchisi


Download 1.47 Mb.
bet63/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

2. Demokratik jamiyatga o‘tishning ikkinchisi - inqilobiy yo‘l hisoblanadi. Uning xarakterli xususiyati shundaki, davlatlarda vujudga keltirilgan katta iqtisodiy salohiyat aksariyat ko‘pchilik aholining turmush tarzi nisbatan yuqori bo‘lganligiga asoslanib, dastlab mamlakat siyosiy hayotida keskin o‘zgarishlar amalga oshiriladi. YA’ni, amaldagi hokimiyat shakli barbod bo‘ladi va uning o‘rniga yangi, demokratik jarayonlarni rivojlantirishga moyil bo‘lgan hokimiyat shakli va uning infratuzilmasi vujudga keladi. Ular o‘z navbatida iqtisodiy hayotda keskin islohotlar o‘tkazadilar. Xususan, amaldagi milliy valyuta bekor qilinadi (sindiriladi). Bu esa iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish shart-sharoitlarining imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Buning oqibatida aholining qo‘lidagi pul, mablag‘lar ham o‘z qiymatini yo‘qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo‘lgani kabi, iqtisodiy hayotda ham demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo‘ladi. Bu yo‘l o‘ta xavflidir.

Inqilobiy yo‘l uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar qatorida:

a) sobiq tuzum sharoitida xususiy mulk kurtaklarining saqlanib qolganligi;

b) demokratik qadriyat kurtaklarining mavjudligi;

v) mamlakat hayotini demokratik tamoyillar asosida qayta qurishga qodir bo‘lgan intellektual salohiyatning etarli bo‘lishi;

g) aholining ma’lum bir qismi ana shu demokratik jarayonga hech bo‘lmaganda «moyil» bo‘lishi kabi jihatlar hal qiluvchi omildir. Ularning har biri inqilobiy yo‘l uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, intellektualning rolini olib ko‘raylik. Ular mamlakat hayotida bo‘ladigan har bir o‘zgarishni yuzaga keltiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. Xalq hokimiyatdan ko‘ra, ularga ko‘proq ishonadi va ergashadi. SHu ma’noda ham ular ommani uyushtiradi va demokratik jarayonlarga yo‘naltiradi. SHuning bilan birga intellektualning o‘zi ham demokratik jarayonlarning murakkab muammolarini hal qilishda bardosh bera oladigan, uyushgan kuch darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishi lozim.

Intellektualning xarakterli xususiyati shundaki, u boshqa ijtimoiy tabaqalardan ko‘ra, jamiyat hayotida yuzaga keladigan jarayonlarni oldindan bilishga intiladi va bu o‘zgarishlarning boshida tura oladi. YOki aholi ma’lum bir qismining mamlakatning o‘tish davridagi murakkab sharoitlarga (moyil) bo‘lishi zarurligi omili ham demokratik jamiyat uchun alohida ahamiyatga egadir. Bu jarayonda aholi murakkab muammolarni hal qilishda faqat kuzatuvchi bo‘lib, ularni hal qilishda faol ishtirok qilmas ekan, inqilobiy yo‘l hech qanday samara bermaydi. Aksincha, inqilobiy yo‘l mamlakatni taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga olib keladi. Intellektuallarning ana shu keskin o‘zgarishlardagi yakdilligi uyushgan tashkilotlari va harakatlantiruvchi kuchlariga aylanishini taqozo etadi.

Jamiyatni demokratlashtirishda ana shu omillarga etarli e’tibor qilinmasa, inqilobiy yo‘l ham o‘zining samarasini bermaydi. Bu yo‘ldan Kuba, Vetnam, Kompuchiya, Laos, CHexoslavakiya, Xitoy, Polsha, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Bolgariya va Rossiya kabi mamlakatlari borganlar. Demokratiyaga o‘tishning bu yo‘li SHarqqa to‘g‘ri kelmaydi. Biroq, inqilobiy yo‘l bilan o‘tish uchun zarurati qaysidir darajada mavjud bo‘lib qolmoqda. Inqilobiy yo‘l demokratik jamiyat siyosiy hayotida keskin burilish sodir etadi. Mamlakatlar siyosiy tizimida boshqaruvning mohiyatan butunlay yangi shakli vujudga keladi. Iqtisodiyotda davlat mulkini xususiylashtirishda, ma’naviy-ma’rifiy sohada eski mafkuradan voz kechishning keskin amalga oshirilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Ammo, ular o‘zaro ichki kurashlarning avj olishi, ba’zi mamlakatlarda qon to‘kilishining sodir bo‘lishigacha bo‘lgan og‘ir jarayonlar shaklida amalga oshdi. Bu yo‘l qanchalik murakkab, mamlakat hayotida juda katta bo‘hronlarga olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, uni har mamlakat o‘z xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagina amalga oshirishi mumkin.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling