O‘tish davri «model»ining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘tish davri tushunchasi, uning mohiyati va zarurligining umumiy nazariya masalalari turli ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy fanlarda insoniyat taraqqiyoti bosqichlarida demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko‘rsatadigan jamiyatga o‘tishning turli «model»larining o‘ziga xos hususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi.
Ma’lumki, totalitarizmga asoslangan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy bosqichlarning demokratik jamiyatga o‘tishi o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, ungacha sodir bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari ob’ektiv ehtiyoj sifatida birining ichida ikkinchisi shakllanib kelgan, davlat va uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari shaklan o‘zgargan bo‘lsa ham, mazmunan u bari bir ommani itoatda ushlab turishga, uning ustidan hukmronlik qilishga qaratilganligi qolavergan. Ulardagi yana bir xususiyat - omma davlat uchun, degan tamoyilning amal qilganligi bilan ham xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |