Monitoring (ingzizcha – tekshirib turish, nazorat qilish) – ma’lum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, baholash va tahminlash (prognozlash). Monitoring kundalik turmushning barcha jabhalarida qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi hamda siyosiy hayotni erkinlashtirish masalalari. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 14 aprelda Oliy Majlis 14-sessiyasida"gi "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda" ma’ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatni rivojlantirish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning 6 ta ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan edi. Birinchi ustuvor yo‘nalish mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish masalasini qo‘ydi. SHundan so‘ng 2000 yil 28 yanvarda Oliy Majlis 1-sessiyasidagi ma’ruzasida Siyosiy sohada mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning bir qator yo‘nalish va vazifalarini bayon etdi. Siyosiy sohadagi islohotlar: 1) fuqarolar siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish, inson o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish; 2) o‘z fikrini erkin ifoda etishi; 3) ko‘ppartiyaviylikni qaror toptirish; 4) nodavlat tuzilmalar, jamoat birlashmalari faoliyatini oshirish; 5) siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy faollikni ko‘tarish fuqarolik jamiyatining o‘zagi; 6) jamiyatda fikrlar xilma-xilligini yuzaga keltirish; 7) inson huquqlari va erkinliklari masalasini bayon etdi.
Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida hokimiyat tuzilmalarining bo‘linish prinsipini isloh qilish, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, kadrlar masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |