4.2 Davlat hokimiyati tizimining bo‘linish prinsipi va O‘zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi
Prezident Islom Karimovning "Parlament - jamiyat hayotining ko‘zgusi" nutqida ko‘tarilgan asosiy masalalar. 2005 yil 27 yanvarda O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishida Prezident Islom Karimov "Parlament - jamiyat hayotining ko‘zgusi" mavzusida nutq so‘zladi. Haqiqatan ham Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, parlamentga saylovlar jarayonida, xalqimiz o‘zining faolligi, siyosiy ongi va saviyasini yorqin namoyon etdi. Saylovlar oshkoralik, ochiqlik va qizg‘in kurashlarda o‘tdi, bu jarayon dunyo jamoatchigi tomonidan kuzatildi. Biz hech kimdan kam emasligimiz, demokratik davlat qurishda o‘z yo‘limiz borligi, o‘ziga xosligi ayon bo‘ldi. Doimo bosiq bo‘lib jim o‘tirish deputatlik faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Har bir deputat o‘z vakolati va mas’uliyatini teran his qilishi kerak. Deputat – bu mustaqil fikrli inson. U qaysi partiyaga mansub bo‘lmasin avvalo xalq oldida javob berishi kerak. SHu sabab xalq manfaatlari yo‘lida parlamentdagi g‘oyalar, yondashuvga qarashlar xilma-xil bo‘lgani yaxshi. Deputat zalda bo‘ladigan muhokama va munozaralar vaqtida 3 ta narsani esdan chiqarmasligini bayon etdi: Birinchidan, har qaysi deputat o‘zining qadr-qimmatini bilishi lozim. SHundagina u boshqalarni ham hurmat qiladi. Ikkinchidan, mehr-oqibatlilik bizning xalqimizga yarashadigan, xalqimizga xos bo‘lgan fazilat ekanini hech qachon esdan chiqarmasligi kerak. Uchinchidan, bobomiz Amir Temur aytganidek, qanday xalqning farzandimiz, degan savolni o‘zimizga berishimiz kerak. SHu bilan birga kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, degan savolni ham hech qachon unutmaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |