1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
2 1-variant 1. Quyida berilgan qaysi bog'lovchi vositalar yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo'yilmaydi? A) na, na B) biroq C) -u (-yu) D) balki 2. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan, Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan, Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan? Aytgil, do'stim. Nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan? 1) darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap; 5) qo‘shma gap. A) 1, 2, 3 В) 1, 2, 5 С) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5 3. O’quvchi tomonidan mavzu yetarlicha yoritilmagan, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, fikrlashda noaniqliklar sezilib tursa, jumlalar bir-biri bilan bog‘lanmasa, ijodkorlik sezilmasa, xatolarning soni yuqoridagi nisbatlardan ortiq bo‘lsa, upday ishlarga «qoniqarsiz» baho qo‘yiladi. Ushbu gapdagi fe’llarning qaysi nisbatdaligini aniqlang. A) majhul va birgalik nisbatda B) majhul va aniq nisbatda C) o‘zlik va aniq nisbatda D) aniq, o‘zlik va majhul nisbatda 4. Qaysi gapda ko‘makchi morfema sifatida qo'llanishi mumkin bo‘lgan jarangsiz undoshlar berilgan? A) k, t, ch B) b, sh, q C) k, m, sh D) ch, q, v 5. Quyida berilgan gapda tarkibida yopiq bo‘g‘ini mavjud fonetik yozuv asosida yozilgan nechta so‘z qatnashgan? Bolaning ko‘ngli o'ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi. A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta 6. Qaysi qatorda tarkibi faqat til undoshlaridan iborat qo'shma sifat sodda yasama otga bog‘lanib kelgan? A) Naddoflar ko'chasining o‘ng tomonida kattakon karvonsaroy qad ko'targan. B) Bir necha diltortar bo'lmalarda yoshgina cho‘rilar, hurliqoday kanizaklar turardi. C) Barcha bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash va ayrimlar bilan apoq-chapoq bo D) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig‘idir. 7. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq quyidagi qaysi qoida noto‘g‘ri? 1) ot kesim sifat turkumiga oid so‘z bilan ifodalansa, ega va kesim o‘rtasida tire ishlatiladi; 2) ot kesim va ega o‘rtasida ham yordamchisi bo‘lsa, tire qo'yilmaydi; 3) ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalansa, tire qo'yiladi; 4) kesim tartib son bilan ifodalansa, tire qo‘yiladi. A) 2, 3, 4 В) 1, 4 С) 1, 2, 3 D) 2, 3 8. Quyidagi birliklarning qaysi birini nutqda tayyor holda ishlatish mumkin? A) qo‘lbola B) quldorlikning tugallanishi C) qonunga zid kelmoq D) aytib o‘tmoq 9. Davlat tili haqidagi qonunning qaysi moddasida davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidasi va normalariga rioya etilishi qayd qilingan? A) 10-moddasida B) 16-moddasida C) 5-moddasida D) 7-moddasida 10. Odam bolasi borki u shu ranglardan birini o‘ziniki qilib oladi butun taqdirini tarjimayi holini orzu- umidlarini va nihoyat olamni shu rang orqali ko'radi. Ushbu gapda nechta vergul ishlatilishi lozim? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 11. Quyidagi qaysi so‘z imlosi kabi talaffuz qilinmaydi? A) bo'ynim B) qo‘mondon C) yozyapti D) kelgan 12. 1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog‘moq; 4) chiqmoq; 5) egmoq. Ushbu fe’llardan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo'shimcha qo‘shiladi? A) 2, 4 B) 3, 5 С) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5 13. Quyida berilgan so'zlarning qaysilarida -li, -kor qo‘shimchalarini sinonim sifatida qo'llash mumkin? 1) go'sht; 2) gunoh; 3) yurak; 4) kuch; 5) jafo. A) 3, 5 В) 1, 3 C) 2, 5 D) 2, 4 14. Sintaksisga tegishli atamani toping. A) ko‘makchi B) havola bo‘lak C) asliy sifat D) metateza 15. Insoniyat tarixi hammamizga bog‘liq bo'lgan, o‘zligimizni ko‘rsatadigan, bizning olis shajaramizni, nasl-u nasabimizni, insoniy qadr-u qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. Ushbu gapda ishtirok etgan yasama so'zlar haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri? A) yasama so'zlar sifat, ot va fe’l turkumiga mansub B) 1-o‘rinda tarkibida tovush o‘zgarishi yuz bergan yasama so‘z ishtirok etgan C) barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi ot turkumiga mansub D) yasama so‘zning yasama so‘zga tobelanishi kuzatiladi 16. «Qudrat o‘rnidan turib, egnini qoqdi, xursandligini yashirolmay tevaragiga to‘yib- to‘yib qaradi». Ushbu gapda necha o'rinda tovush o‘zgarishi kuzatiladi? A) 2 ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta 17. To'liqsiz gap berilgan qatorni toping. A) Bugun biz bilan qolasiz-a? – Ha. B) Novvoyga non aziz, tegirmonchiga – un. C) Marhamat, kiring. D) Go'zallik ilm-u ma’rifatda. 18. Daraja ko‘rsatkichini olmagan sifat qaysi gapda 3 berilgan? A) Chakalakzor qorong‘ulikda vahimali va sirli ko‘rinadi. B) Hammayoq top-toza. C) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajabmas. D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko'ngilchan, zahmatkash ayol. 19. Fe’lning -siz va -san qo'shimchalariga qachonlar ko‘plik qo'shimchasi qo‘shilishi mumkin? A) hurmatni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda B) hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug'ilganda C) tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalash zaruriyati tug‘ilganda D) hurmat va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati tug‘ilganda 20. Istamoq, axtarmoq, izlamoq, qidirmoq – ushbu ma’nodosh so‘zlardan qaysi biri Farg'ona shevasiga xos? A) izlamoq B) istamoq C) qidirmoq D) axtarmoq 21. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so'zlari (iboralari) va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarni qaysi bo'limda namoyon qiladi? A) sintaksis B) frazeologiya C) morfologiya D) uslubshunoslik 22. Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim, Qaytib ona tuprog‘imga ketolmadim. Farg'onada qolmish do‘st-u o'rtoqlarim, Qaytib ular visoliga yetolmadim, Amudaryo, suvlaringdan o'tolmadim. She’riy parchada necha o'rinda qarashlilik ma’nosini bildirgan egalik qo‘shimchalari qo‘llangan? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 23. Kesimlarning asosi omonim xarakterga ega bo'lgan bog‘langan qo‘shma gapni toping. A) Po‘lat qoplangan zalvorli eshik g‘ichirlab ochildi- yu, qorong'i bo'shliq ko‘rindi. B) Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon hamroh bo‘lmaydi. C) Yaxshilik yaxshi nom keltirar, saxovat esa kishini baxtiyor damlar sari undaydi. D) Suv sohilni yemirar, alam – dilni. 24. Qaysi javobda keltirilgan barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? A) xassos, xalqa, hijil B) hassos, xalqa, xijil C) hassos, halqa, xijil D) hassos, halqa, hijil 25.Qaysi adib, mutaxassislarning aytishlaricha, o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib, 1908-yildayoq sahna asari yaratgan, shuningdek, uning bir qancha kuylarni notaga solgani, birinchilardan bo‘lib roman va opera yozgani ma’lumdif? A) Fitrat B) Behbudiy C) Hamza D) Avloniy 26. «Boburnoma» da keltirilgan «kushti», «kushtgir», «kishtibon» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) qotil, qassob, posbon B) sayyoh, sayohatchi, kuzatuvchi C) kissa, kissavur, jallod D) kurash, kurashchi, kemachi 27. Xayriddin Salohning «Yulduzlar afsonasi» she’ridagi Hulkarning suluv qiziga nima «ko'zgu bo’lsam» deydi? A) oy B) soy C) gul D) quyosh 28. Ozod Sharafiddinov ijodiga tegishli ma’lumotni toping. A) «Zaharxanda qahqaha», «Bir tilda gaplashaylik», «She’r ko‘p, ammo shoir-chi?» maqolalari adabiy jamoatchilik orasida birdan og‘izga tushgan, munozara mavzusiga aylangan. B) o'zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinadigan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarini o'tgan asrning 60- yillarida o‘zbek romanchiligiga olib kirgan. C) O’z she’rlaridan birida «Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..» deya yurtga nafi tegmaydigan ijoddan o‘limni afzal bilgan. D) «Qizil imperiya»ning rang-barang nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri haqqoniy ko'rsatilgan « Jimjitlik» romani muallifi. 29. «Habba» so’zini tez-tez ishlatib turadigan qahramon kimning qaysi asarida uchraydi? A) Cho‘lpon, «Kecha va kunduz» romanida Akbarali B) A. Qodiriy, «O’tkan kunlar» romanida Yusufbek hoji C) Asqad Muxtor, «Chinor» romanida Ochil buva D) A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» romanida Solih maxdum 30. Ezgulikning dushmani sifatida bo‘y ko'rsatadigan Momogul maston obrazi qaysi asarda uchraydi? A) «Kuntug‘mish» dostonida B) «Rustamxon» dostonida C) «Alpomish» dostonida D) «Malikayi ayyor» dostonida 31. Bag'ir: forsiy – siyna, arabchada – adr ... Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan? A) Yo‘ldosh Eshbek «Ona duosi» B) Halima Ahmedova «O’g’limga darsliklar» C) G'afur G‘ulom «Alisher» D) Zebo Mirzo «Vatan» 32. Lutfiyning Lutfiyga xos lutf bilan qog'ozga tushgan g'azali? A) «Qilg‘il» B) «Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul» C) «Ne bo‘lursan» D) «Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu...» 33. «Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki 4 singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko'tarildi. O’z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o'lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi». Bobur haqidagi ushbu satrlar muallifi kim? A) Pirimqul Qodirov B) Rumer Goden C) Monstyuart Elfinston D) Hasanxo'ja Nisoriy 34. «Majlis kun bo‘lsa, to'rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo‘sag‘aning oldida kovushga joy bermay, kovush bilan aralashib it yiqilish bo‘lib, paygabetda yotar edi». Dostonda qaysi obrazga shunday ta’rif berilgan? A) Qultoyga B) Chapanitob boybichcha C) Yortiboy D) Qosimbek 35. She’r ilmiga bag'ishlangan turkiy tildagi ilk asar va uning muallifini belgilang. A) «Kanz ul g‘aroyib», Ahmad Mansur Samarqandiy B) «Haqoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r», Rashididdin Vatvot C) «Funun al-balog‘a», Ahmad Taroziy D)«Tarjimon ul-Balog‘a», Muhammad Roduyoniy 36. Firdavsiy «Shohnomasi”ning xususiyatlaridan biri ... A) unda forsiyzabon xalqning islomdan avvalgi davr hayotini qalamga olinganidadir. B) asarda kelajak bashoratlari berilganidadir. C) uning islomiy tushunchalarni o'zida aks etishidir. D) asarda yuzlab hukmdorlarning hayoti aks etganligidadir. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling