1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

2-variant 
1. So’z birikmasi berilgan qatorni toping. 
A) daryo bo'ylab 
B) gazetadagi maqola 
C) oy-u quyosh 
D) ko'nglidan o'tkazmoq 
2. Qaysi gapda qo'shma gapni tashkil etgan sodda 
gaplar orasiga tire (–) qo'yiladi? 
A) Shu fe’llari yaxshi hech kimni birovning oldida 
behurmat, qilmaydilar. 
B) Maqtanchoq bo‘lmang xijolat, tortmaysiz. 
C) Urilmoq ham foyda pishiq bo‘lasiz tajriba hosil 
qilasiz. 
D) El senga etsa nadomat dunyoda turolmassan 
salomat. 
3. Qaysi gapda garchi bir xil ma’noviy guruhga 
mansub bo‘lsa ham, uyushmagan hol qo‘llangan?
A) Navoiy g'azalni shavq bilan tovush chiqarib 
o‘qidi. 
B) Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak 
kasalining tayyor davosi edi. 
C) Otam meni ham sevinch, ham hayrat bilan qarshi 
oldi.
D) O, inson bunday paytda ojizligini nechog‘liq aniq 
sezadi. 
4. Berilgan so‘zlardan nechtasi modal so‘z 
hisoblanadi?
xayriyat, xolos, xullas, avval, birdan, afsuski, 
haqiqatan, barakalla 
A) to‘rttasi B) oltitasi 
C) uchtasi
D) 
beshtasi
5. So‘z asosidagi lablanmagan tor unli tovushni 
lablangan tor unli tovushga aylantira oladigan 
qo‘shimchalar ko‘rsatilgan javobni toping.
1) -vchi; 2) -q; 3) -qi; 4) -v; 5) -illa. 
A) 1, 2, 5 
B) 1, 2, 3, 4, 5 
C) 1, 4, 5 
D) 1, 2, 4 
6. Qaysi gapda daraja-miqdor holi ishtirok etgan? 
A) U o‘qish uchun shaharga keldi. 
B) Oybek bir ming to'qqiz yuz beshinchi yilda 
tug'ilgan. 
C) Qushlar duv-duv uchishdi. 
D) Shu yo‘ldan xiyla yurish kerak edi. 
7. Sharros yomg‘irlar havoni tozalaydi, larzakor 
chaqmoqlar dilga jo'shqinlik, quvvat ato etadi. 
Berilgan gap tarkibidagi yasama so‘zlar sonini 
aniqlang.
A) 5
B) 4
C) 7
D) 6
8. Quyida berilgan gaplarda qo‘llangan iboralarning 
sintaktik vazifasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
1) Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga 
yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 2) 
Shu payt ko‘cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi 
qo‘ltig‘idan tushib Alijon kirib keldi. 3) Mehmon 
joyiga o‘tirdi-yu, ammo ko'ngli joyiga tushmadi. 4) 
Chol asta cho‘kkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan 



itning boshini siladi. 5) Og'ziga talqon solganday jim 
o‘tirdi. 6) Mana shu tirranchalarni deb boya rosa 
po'stagimni qoqishgandi.
a) kesim; b) aniqlovchi; c) ravish holi 
A) 1, 4 - b; 2, 5 - c; 3, 6 – a B) 1, 5 - b; 2, 4 - c; 3, 6 
– a 
C) 1, 2 - b; 3, 5 - c; 4, 6 – a D) 1, 3 - b; 2, 5 - c; 4, 6 
– a 
9. Qaysi gapda tub fe’llar kesim vazifasida kelgan? 
A) Izg‘irinda ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor 
g‘irchillaydi. 
B) Nihoyat, ko‘prik ortda qoldi, guvullash tindi. 
C) Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning 
burushgan yuzlari ruhlanib, ko‘zlarini kulgu namladi. 
D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nороk 
odamlar shunchalik kamayadi. 
10. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni 
toping. 
A) Agar har bir kishi bir donadan ko‘chat o‘tqazsa, 
diyorimiz bog‘-u bo‘stonga aylanadi. 
B) Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u unutilmaydi. 
C) Ko'nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har 
yon yugurdim. 
D) Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. 
11. Men bir narsaga qattiq ishonamanki, hayotimdagi 
og‘ir va baxtiyor kunlarda doim buvimning ruhi 
menga madad bo‘lib kelyapti. Ushbu gap...
A) Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap
B) Aralash murakkab qo‘shma gap 
C) Ega ergash gapli qo‘shma gap 
D) To'ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
12. Boshida tashvishi bo'lishiga qaramay, bolani 
erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi. Berilgan gapda 
fe’lning vazifa shakllari nechta? 
A) Harakat nomi - 2ta, sifatdosh - 1 ta, ravishdosh - 1 
ta 
B) Harakat nomi - 3ta, sof fe’l shakli - 1 ta, 
ravishdosh - 1 ta 
C) Harakat nomi - 3ta, ravishdosh - 2 ta 
D) Harakat nomi - 2ta, ravishdosh - 2 ta 
13. Uning zehni juda o‘tkir, o‘zi tirishqoq edi, 
maktabda eng kuchli o‘quvchilardan hisoblanardi. 
Berilgan ta’riflardan nechtasi gapdagi sifatlarning 
barchasi uchun umumiy emas? 
1) yasama; 2) asliy; 3) ko‘chma ma’noda; 4) 
xususiyat; 5) aniqlovchi; 6) orttirma daraja; 7) sodda.
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta 
14. Qaysi qatorda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan 
so‘zlar berilgan? 
A) inon- ixtiyor, kishtkishtlamoq, ro'yixushiik 
B) inom-ixtiyor, ro'yxushlik, kishkishlamoq 
C) uchmoh, churillamoq, qag‘- qag‘lamoq, vertalyot 
D) va’zxonlik, bexarxasha, vag'illamoq 
15. Shaxs oti qaysi qatordagi gapda kesim vazifasida 
kelgan? 
A) Ko‘lga yetib borganimizda, ular ketib bo'lishgan 
edi. 
B) U bir paytlari qassobchilik bilan shug'ullangandi. 
C) «Biz asli Xurosondanmiz», - dedi Abulqosim. 
D) Husayn Boyqaro hazratlari ham shoh, ham shoir 
emish.
16. ... insonlar ustidan hokimlik qilmoq istagi 
shunday shirin ekanki, uning pokligiga kim 
ishonadi... Ushbu gapda ishtirok etgan fonetik 
o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlarning tovush tarkibi 
haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.
A) lab undoshlari ishtirok etmagan. 
B) jarangli undoshlar yetakchi va ko‘makchi morfema 
tarkibida uchraydi. 
C) egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi natijasida ikki 
o‘rinda tovush almashishi yuz bergan. 
D) yetakchi morfemada til o‘rta tovushi uchraydi. 
17. Undov so‘zlar haqida berilgan noto‘g‘ri fikrni 
aniqlang. 
A) His-hayajon undovlarining o‘zi gap bo'lib kela 
olmaydi, faqat gap tarkibida kelib, uni undov gapga 
aylantirishi mumkin.
B) Buyruq-xitob undovlari jonivorlarni haydash, 
chaqirish, to'xtatish uchun qo‘llanish bilan birga 
kishilar diqqatini tortish maqsadida ham ishlatiladi. 
C) Undovlar g‘azab, norozilik, nafrat kabi ma’nolarni 
ifodalashi mumkin. 
D) Undalmalardan oldin kelgan undov so‘zlardan 
keyin vergul qo'yilmaydi. 
18. «Men» olmoshi o'rnida kelgan kamina, kaminayi 
kamtarin, faqir, qulingiz, bandayi ojizingiz kabi so‘z 
va birikmalar ega vazifasida qo'llanganda kesim 
ba’zan III shaxs shaklida, ba’zan esa I shaxs shaklida 
keladi.
Ushbu qoidaga mos kelmaydigan gap berilgan qatorni 
aniqlang. 
A) Faqir sizning xizmatingizga bel bog‘lagan. 
B) Kamina ham sizning suhbatlaringizni 
sog‘inganmen. 
C) Sizga ne bo‘ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni 
zoriqtirib qo‘ydingiz. 
D) Har bir aytgan gapingiz kaminaning qulog‘i ostida 
jaranglaydi.
19. Qaysi qatorda otlashgan taqlid so‘z mavjud? 
A) Yuragi gup-gup urib ketdi. 
B) Tokchaga in qurgan musichaning g‘uv-g‘uvi 
eshitildi. 
C) Shivir-shivir gaplar to‘xtamadi. 
D) Olomon g‘uv-g‘uv qaynaydi. 
20. Quyidagi qaysi gap(lar) murakkab qo‘shma gap 
sanaladi?
1) Endi ochiq ma’lum bo‘ldiki, tarbiyani tug‘ilgan 
kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, 



fikrimizni nurlantirmak, ahloqimizni 
go'zallashtirmak, zehnimizni ravshanlantirmak lozim 
ekan. 2) Tili bo'lsa uning shakardan shirin, Ulug‘ 
ham, kichik ham beradi bo‘yin. 3) Insonni so‘z ayladi 
judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin. 
A) 2, 3
В) 1, 2, 3 
C) 3 
D) 1, 2
21. Qaysi gapda kishilik olmoshiga ta’kid ma’nosi 
yuklangan? 
A) «Sening qancha puling bor?» - deb so‘radi 
mirshab kosib yigitdan.
B) Siz nega bunchalar loqayd bo‘lib bormoqdasiz? 
C) Bu masala bilan men o‘zim jiddiy shug‘ullanaman. 
D) Meni kutayotir ajib kelajak.
22. Qaysi gapda yasama ravish bor? 
A) Shu payt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab 
kulib yubordi. 
B) Ertaga o'rtoqlarimga toza maqtanadigan bo‘ldim-
da. 
C) Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z 
loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapirib 
keldi, aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo 
tushunmasdi. 
D) Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o‘g‘lini qabul 
qilib olganiga bir hafta boigan bo‘lsa ham, uni darrov 
tergovga chaqirmadi.
23. Jamlovchi son qatnashgan gapni toping. 
A) Kecha tog'ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini 
olib qo‘yganman, birgalashib choy ichamiz. 
B) Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq bo'lib 
gulladi. 
C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. 
D) Og'zini yuinganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki 
kulib oldi u. 
24. Ezgu ishni hech qachon keyinga qoldirmaslik 
kerak // har qanday paysalga solish bema’nilik va 
ko‘pincha xavflidir.
Ushbu gapda // belgisi o'rniga qaysi tinish belgisi 
qo'yiladi? 
A) nuqtali vergul 
B) vergul 
C) tire
D) ikki nuqta
25. Jungjanglar tomonidan halok etilgan otasining 
o‘chini olish uchun jangga otlanib, Sario‘zakdagi 
olishuvda yaralangan va asir tushgan yigitning ismi 
qaysi qatorda berilgan? 
A) Jo‘lomon B) Sobitjon C) Do‘nanboy D) Edigey
26. «Maktabidan «ozod» bo‘lgan eski maktab bolasi 
singari o‘zini eshikka urdi va o‘sha onda ko'zdan yo‘q 
bo‘ldi». Ushbu keltirilgan ta’rif qaysi qahramonga 
tegishli?
A) Zebi haqida 
B) tilmoch haqida 
C) zakunchi haqida D) imom haqida
27. Olovda tug'ilib, olovdan omon chiqadigan 
afsonaviy qush qaysi va unga darsliklarimizda kim (-
lar) qiyoslangan? 
A) qaqnus, Alisher Navoiy B) samandar, xalqimiz 
C) semurg’
D) humo 
28. N. Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi 
asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi 
odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug'langan? 
A) «Quyoshni ko‘ryapman», «Kukaracha» 
B) «Qishloq bolalari», “Abadiyat qonuni” 
C) «Oq bayroqlar», «Quyosh kechasi»
D) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Abadiyat 
qonuni»
29. Tabiiy, sodda va samimiy tilda yozishi bilan 
Zahiriddin Muhammad an’analarini davom ettirgan 
adib kim?
A) Muhammad Solih
B) Abulg‘ozi 
Bahodirxon 
C) So‘fi Olloyor 
D) Gulxaniy
30. Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida 
kimlar kumushga oltin qoplab sotuvchi zargarga 
o’xshatilgan? 
A) g'iybatchilar 
B) hayosizlar 
C) yolg'onchilar 
D) pastkashlar 
31. «... Uning jarangli ovozi hamon quloqlari ostida 
yangrab turardi. Uning san’at asaridek ko‘rkam 
qomati ko‘z oldida turardi. Birinchi bor o'pgandagi 
labida umrbod qolgan allaqanday totli maza hamon 
uni tamshantirardi... Bu kimning o‘ylari-yu, u kim? 
A) Otabek-Kumush
B) Anvar-Ra’no 
C) Tursunboy-Zebixon 
D) Alimardon-Gulchehra
32. Qaysi ijodkorga o‘z g'azalida yori tomonidan 
«ko‘zi to‘ymas gado» degan ta’rif berilgan? 
A) Lutfiy
B) Gadoiy 
C) Sakkokiy D) Atoiy
33. Aktyor sifatida ko‘proq qirollarning rollarini 
o‘ynagan mashhur dramaturg kim? 
A) Haynrix Hayne 
B) Vilyam Shekspir 
C) Robindranat Thokur 
D) Aleksandr 
Pushkin 
34. Shuni es-es bildiki, bolaligida qishloqlarini 
qurollangan odamlar bosgan. U somonxonaga bekinib 
jon saqlab qolgan. Keyin chorbozchilarga qo‘shilib 
ko'mir koni yaqinidagi qishloqqa borgan. Qo‘y 
boqqan, pochtachilik qilgan. Bir eshonga murid 
tushib, yetti yil uning izidan yurgan. Bola ko‘rmagan. 
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) «Olim o‘g‘li» 
B) «Qorako‘z majnun» 
C) «Sovg‘a»
D) «Qariya» 
35. Qaysi asarda kuzak shamolining vahimasi aks 
ettirilgan? 
A) «Bahor qaytmaydi» qissasida
B) «Dahshat» hikoyasida 
C) «Me’mor» romanida
D) «Mehrobdan chayon» romanida 
36. Mirmuhsinning quyidagi qaysi asarlarida zulm-u 
zo‘ravonlikga qarshi kurashgan shaxslarning o‘ziga 
xos obrazlari yaratilgan?



A) «Jamila», «Me’mor», «Turon malikasi» 
B) «Ziyod va Adiba», «Jamila», “Oq marmar”
C) «Oq marmar», «Cho‘ri», “Tungi chaqmoqlar”
D) «Tungi chaqmoqlar», «Ilon o‘chi», «Chotqol 
yo‘lbarsi»

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling