1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

16 
6-variant 
1. Rasadxona zimiston bo'lsa ham, Ali Qushchining 
o‘tkir ko'zlari darrov ko‘rdi poygakda bir kimsa 
gavdasi bilan eshikni to‘sib, qaqqayib turardi. Ushbu 
gapda qaysi tinish belgisi tushirib qoldirilgan? 
A) nuqtali vergul 
B) ikki nuqta 
C) tire
D) vergul
2. Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitgandim,
So‘ylab berardi buvim. Ushbu parcha haqida 
bildirilgan to‘g‘ri fikrni toping. 
A) murakkab qo‘shma gap 
B) bog'langan qo'shma gap 
C) bog'lovchisiz qo‘shma gap 
D) ergashgan qo'shma gap 
3. Ko'makchi morfemalarning o'rnini almashtirish 
natijasida quyidagi so‘zlarning nechtasi tarkibida 
morfemalar sonida o'zgarish sodir bo‘ladi?
1) do‘stlarim; 2) kitobchaga; 3) kimdandir; 4) 
qishloqlarda; 5) uzgandir; 6) bolachalar; 7) ko'ringan.
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta 
4. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rnida chuqur til 
orqa undoshi yoziladi? 
1) ja...d; 2) da...lsiz; 3) a...loq; 4) mu...okama; 5) 
...ush; 6) a...oli.
A) 1, 4, 5, 6 В) 1, 3, 5, 6 
C) 2, 3 D) 1, 2, 4, 5
5. Samarqandda afsonaviy obidalar ko‘p.
Gapda frazaviy urg‘u qaysi gap bo‘lagiga tushadi?
A) ot kesim B) o‘rin holi 
C) aniqlovchi D) ega 
6. Manbada adabiyotimizning yorqin yulduzlari bu 
yorug* olamni bag‘ri xun bo‘lib o‘tkazishgani 
yozilgan.
Ushbu gapda gap bo‘laklari o‘rtasidagi grammatik 
munosabat to‘g‘ri izohlanmagan javobni aniqlang.
A) qaratqich aniqlovchini ergashtirgan bo‘lak egaga 
tobelangan 
B) ega sifatlovchi aniqlovchini bevosita tobelantirgan 
C) ravish holi egaga tobelangan 
D) qaratqich aniqlovchi qaratqich aniqlovchiga 
tobelangan
7. Ayniqsa, har bir odam o'zining oqil, obro'-e’tiborli, 
iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan 
faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan 
o‘lchanmaydi.
Gapda ishtirok etgan yasama so‘zlar soni va turkumi 
to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni toping. 
A) 3 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta fe’l 
B) 4 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta fe’l, 1 ta olmosh 
C) 3 ta sifat, 3 ta ot, 2 ta fe’l 
D) 3 ta sifat, 2 ta ot, 1 ta fe’l, 1 ta ravish
8. Qaysi gapda ismlarning munosabat shakli bilan 
omonim bo‘la oladigan ot yasovchi qo‘shimcha 
ishtirok etgan?
A) Bir tishlam non gadosi bo‘lib, birovning eshigiga 
borgan vaqtlarim ham bo‘ldi. 
B) Xashaki tut tagida ona- bola dovon tomonga ko‘z 
tutib yotishardi. 
C) Qo'llar yaxshi tilaklar bilan yuz-ko‘zlarga, 
soqollarga surtildi. 
D) Sipohning tarqoqligi saltanat- ning kuchsizlanishiga 
olib keladi.
9. Shu vaqt nima uchundir hamma birdan sharaqlab 
kulib yubordi. Berilgan gapdagi olmoshlarning 
sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi, sabab holi, ega 
B) sabab holi, ega 
C) payt holi, sabab holi, ega 
D) aniqlovchi, ega 
10. Qaysi qatordagi juftlik bir umumiy ma’noni 
ifodalay oladi? 
A) yaroqli-qurolli 
B) hiyla-nayrang 
C) ganj-boylik
D) a’yon-ravshan 
11. Faqat qo‘shma fe’llar berilgan qatorni belgilang: 
A) qadam tashlamoq, joy solmoq, olib kelmoq
B) yaxshi bo‘lmoq, parvarish qilmoq, o‘qib bermoq 
C) e’tiroz bildirmoq, charaqlab ketmoq, ravshan 
bo‘lmoq
D) yaraqlab ketmoq, oshib qolmoq, yig'ishtirib olmoq 
12. Ko‘cha iflos, lekin suv qalin sepilgan // har yoqqa 
tarvaqaylab o'sgan beso‘naqay qari tollarning 
ko‘lankasi quyuq.
Berilgan gapdagi // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi 
bo‘lishi kerak? 
A) nuqta 
B) ikki nuqta 
C) tire
D) nuqtali vergul 
13. Kiritma qatnashgan gapni toping.
A) Bobom - oyimning otasi - juda xushfe’l, vazmin 
kishi edi. 
B) Mana ko‘m-ko‘k dala. Dam olishga chiqqan 
yoshlarning qiyqiriq ovozlari eshitilib turibdi. 
C) Aravani quruq olib qochmang, oyim qiz! 
D) Kunduzi bo‘lsa, o'zingizdan o‘tar gap yo‘q, 
xunukroq ko‘rinadi. 
14. Yasama so‘z bilan ifodalangan aniqlovchi holga 
tobelangan gapni aniqlang. 
A) Yomg‘irdan keyin osmonda paydo bo'ladigan 
kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib 
turganga o‘xshaydi. 
B) Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga 
kamarbasta, fidoyi, ilmli farzandlar bo'linglar. 
C) Poyonsiz dalalaringni, olamdagi bor go‘zallikni o‘z 
bag‘rida yashirib yotgan bog'laringni sevamiz, jonajon 
Vatan! 
D) Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar 
ko'ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma sochilib 
yotibdi.


17 
15. Vazifadosh modal so‘zlar qaysi qatorda berilgan? 
A) balki, chamasi, shubhasiz
B) attang, albatta, balki 
C) afsuski, taxminan, attang
D) chamasi, darhaqiqat, avvalo 
16. Quyida berilgan fikrlardan qaysi biri xato? 
A) Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmaydigan bironta 
ham til yo‘q. 
B) Har bir millat o‘z hayoti davomida aloqa-aralashuv 
quroli sifatida, asosan, bitta tildah foydalanadi.
C) Mojor tili venger tilidir. 
D) Til doim harakatda bo‘lib, o‘zgaruvchan hodisa 
sanaladi.
17. «O’qur bo‘lsang, o‘q ur nafsing ko'ziga...», “Og‘ir 
jisming agar bo'lsin desang sog‘, Sanoch og‘zin san 
och, albatta, kamrog’...”, «So'zing tiklab ko‘ngil 
buzguncha, tik lab!» Ushbu «o‘ynatib» ishlatilgan 
satrlar muallifi kim? 
A) Lutfiy 
B) Atoiy 
C) AlisherNavoiy 
D) So‘fi Olloyor
18. So‘roq gaplar haqidagi barcha to‘g‘ri fikrlar 
ko'rsatilgan javobni belgilang.
1) so‘roq gap orqali darak gap ma’nosini ifodalash 
mumkin; 2) so‘roq yuklamalari orqali yasalgan so'roq 
gaplar o‘ziga muvofiq aniq javobni talab qiladi; 3) 
so‘roq gap orqali buyruq ma’nosini ifodalash mumkin; 
4) so‘roq gapga his-hayajon ma’nosi qo‘shilib, uni 
undov gapga aylantirishi mumkin; 5) so'roq olmoshlari 
orqali yasalgan so‘roq gaplar «ha» yoki «yo‘q» 
javobini talab qiladi; 6) so‘roq gaplar so‘roq 
olmoshlari, so‘roq yuklamalari, so‘roq ohangi 
yordamida hosil qilinadi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 6 
C) 1, 3, 4, 5 
D) 1, 3, 4, 

19. Juftlashganda ikkinchi o‘rinda qo'llanadigan 
so‘zlarni ajrating. 
1) buzoq; 2) ulov; 3) ishq; 4) xabar; 5) salom; 6) 
metin; 7) faryod. 
A) 1, 2, 3, 6, 7
B) 5, 6, 7 
C) 1, 2, 4, 6, 7
D) 4, 5
20. So'zga qo‘shib yoziladigan yuklamalar berilgan 
javobni toping. 
A) -mi, - oq (-yoq), -ey, -gina, (-kina, -qina) 
B) -mi, - oq (-yoq), -gina (-kina, -qina), -ku -dir 
C) -mi, - oq (-yoq), -ov (-yov), -e, -gina (-kina, -qina) 
D) -mi, - oq (-yoq), -ov (-yov)-gina (-kina, -qina) 
21. Kitob haqida qo‘shilmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga 
tushadi? 
A) kitob va haqida so'zlarining oxirgi bo‘g‘iniga 
B) kitob so'zining oxirgi bo‘g‘iniga 
C) haqida so'zining oxirgi bo‘g‘iniga 
D) haqida so'zining birinchi bo‘g‘iniga 
22. x va h harflarining imlosi qaysi qatorda noto‘g‘ri 
berilgan? 
A) hushyor, xiyobon, hoshiya 
B) xushbo'y. vahshiy, dahliz 
C) homiy, xushfe’l, xushnud 
D) halqob, maxsi, hushnud 
23. Tarkibida tor va keng unlilar yonma-yon kelgan 
so‘zlarni belgilang.
1) muallim; 2) maorif; 3) xushmuomala; 4) qanoat; 5) 
saodat; 6) sharoit. 
A) 1, 2, 3
B) 2, 4, 6 
С) 1, 3, 5
D) 1, 3, 6 
24. Shifokorlarimiz uning shifobaxsh xususiyati 
haqida ilmiy asarlar yozdilar. Ushbu gapdagi yasama 
so'zlar haqida bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) yasama shaxs oti aniqlovchi vazifasida kelgan 
B) uch o‘rinda yasama sifat qo‘llangan 
C) sodda yasama sifat vositasiz to‘ldiruvchiga 
tobelangan 
D) qo'shma sifat vositasiz to'ldiruvchiga tobelangan 
25. Sen do‘st bo‘l, vaqtida fosh et ... ni,
Ishqda ... dan bo’lgin besh battar.
Asrab qolmoq uchun ... ni
Tutqaz ... ning qo‘liga xanjar.
Omon Matjonning «Shoir bo'lmoqchiman, debsan» 
she’rining ushbu misralarida tushib qolgan so'zlarni 
toping. 
A) Yago, Rodrigo, Dezdemona, Otellodan 
B) Yago, Otello, Mo'min Mirzo, Alisher 
C) Homid, Zaynab, Kumushbibi, Otabek 
D) Xusrav, Majnun, Layli-yu Shirin, Alisher 
26. Qaysi baytlarda radif muqayyad qofiyadan keyin 
kelgan?
1) Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so‘r,
Zuloli zavq shavqin tashnayi diydor o‘landan so‘r.
2) Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg‘ilarg‘a 
o‘xshamas,
Kim, ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o'xshamas.
3) Ko‘rgali la’ling aqiqin ko‘nglum ul yon tortadur,
Bu yamon andishaliqni go‘iyo qon tortadur.
4) Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
Vey tishlari dur-u gavharim, netti, ne bo'ldi?
A) 2, 3, 4
В) 1, 2, 3 
С) 1, 2, 4
D) 3, 4
27. “Qutlug’ qon” romanidagi «or-nomus»ni biladigan 
va uni qo‘riqlaydigan obraz? 
A) Mirzakarimboy 
B) Hakimboyvachcha 
C) Salimboyvachcha D) Yo'lchi 
28. «Yulduzli tunlar» romanida keltirilgan «Habib us 
siyar» (Sevimli do'stning tarjimayi holi) asarining 
muallifi kim?
A) Jaloliddin Rumiy B) Mir Vafo 
C) A. Jomiy
D) Xondamir 
29. Qaysi javobda bir xil janrga xos bo’lgan asarlar 
nomi keltirilgan? 
A) «Buxoroning jin ko'chalari», «Kumush tola», 
«Karvon qo‘ng‘irog‘i».
B) «Hamshaharlarim», «Quyosh belanchagi» 


18 
«Daryolar tutashgan joyda». 
C) «Mardlik cho'qqisi», «Samandar», «Dunyo 
bolalari».
D) «Opa-singillar», «Amu», «Davr mening 
taqdirimda».
30. «O’yinda o‘zgan chinda o‘zadi» degan gap bor, 
hazil poygada Boychibor otning changini ko‘rmay 
qoladi. Chin poyga bo‘lgan so‘ng qanday keladi? deya 
qalmoqlar kimni izza qilishadi? 
A) Qorajonni
B) Boysarini 
C) Ko‘sa sinchini
D) Alpomishni
31. «...birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda 
beg'oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va 
Xurosonda benihoyatdur».
Navoiyning ushbu ta’rifi qaysi ijodkorlar haqida?
A) Sakkokiy va Lutfiy 
B) Sakkokiy va Gadoiy 
C) Atoiy va Lutfiy 
D) Atoiy va Xorazmiy 
32. Shoirning fikri va hissiyoti hayot hodisalar' tufayli 
junbushga kelishi va muallif ularni o‘z yuragidan 
o'tkazishi qanday she’riyatda ifoda etiladi?
A) epistolyar she’riyatda 
B) hajviy lirikada 
C) ijtimoiy she’riyatda 
D) intim she’riyatda 
33. Kimning qaysi asaridan boshlab milliy 
adabiyotimizga fojia tasviri kirib kelgan? 
A) Mirmuhsin, «Tungi chaqmoqlar» qissasi 
B) M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha” roman-
dilogiyasi 
C) O’lmas Umarbekov, «Sevgim, sevgilim» qissasi 
D) Asqad Muxtor, «Buxoroning jin ko‘chalari» qissasi 
34. M. Osimning «Zulmat ichra nur» qissasida 
yozilishicha, bir qop somonga sotib olingan ijodkor 
kim?
A) Farididdin Attor B) Jomiy 
C) Qosim Anvor 
D) Sharafiddin Ali Yazdiy
35. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida keltirilgan 
Ko‘rqush va Kordon kim? 
A) sovchi va xazinabon 
B) kuyovning otasi va kelinning otasi 
C) kuyov va shoh 
D) sovchi va soqchi 
36. «Kechaning eng yaxshi sifati shuki, «keclu 
’lomilador, (ammo) nima tug‘ishni bilmaydi». 
Kelajakning mavhumligi insonlardagi hayotsevarlikni 
yanada oshirishi haqidagi mazkur fikr muallifini 
aniqlang. 
A) Abu Mansur as-Saolibiy 
B) Ozod Sharafiddinov 
C) Abay Qo‘nonboyev 
D) Alisher Navoiy 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling