1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
13
5-variant 1. Qaysi qatorda zid ma’noli so'zlar birgalikda yangi so‘z hosil qilgan? A) uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg‘in-semiz B) katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past C) yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora D) yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan 2. Berilgan gaplarda «dam» so‘zi qanday so‘zlarga ma’nodosh bo‘la olishini mos ravishda aniqlang. 1) Bir dam o‘zini yo‘qotib, gangirab qoldi; 2) Ot pishqirgan damiga erir tog‘dagi qorlar; 3) Ibrohimov oyog'ini yozgani o'rnidan turdi va ayvonning damiga borib...uzoqdagi kaptarrang tog‘larga qaradi; 4) Xanjarini qinidan sug'urib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A) lahza, nafas, chet, tig’ B) lahza, tig‘, chet, nafas C) lahza, nafas, tig‘, chet D) lahza, chet, nafas, tig’ 3. Qaysi fe’llar fe’ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirishiga ko‘ra farqlanadi? A) o'qiyapman, o'qibman, o'qimoqchiman B) o'qidim, o'qiding, o‘qidi C) o‘qidi, o‘qitdi, o‘qildi D) o‘qiy, o'qisa, o‘qisin 4. Karimjon a’lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi. Ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog'lab keluvchi vositani ayting. A) ohang B) bunday holat kuzatilmagan. C) Karimjon D) u 5. Berilgan fe’llar tarkibidagi nisbat qo‘shimchalarining nechtasini ham o‘zlik, ham majhul nisbat qo‘shimchasi sifatida qo‘llash mumkin? 1) surildi; 2) tayyorlandi; 3) yuvindi; 4) qoqildi; 5) tashlandi; 6) urildi; 7) taraldi; 8) berildi; 9) yozildi; 10) ilindi. A) 7 B) 8 C) 9 D) 10 6. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qaysi shevalar asos qilib olingan? A) Toshkent – Guliston B) Farg'ona – Toshkent C) Andijon – Shahrixon D) Xorazm – Urganch 7. Sof ko‘makchi ishtirok etmagan gap qaysi javobda berilgan? A) Sen qadar jonkuyar qaylarda bo‘lar? B) Sen so‘ragan sayin men xijolat tortardim. C) Sen haqingda oylab, kecha-yu kunduz abgorman. D) Sen deya jon fido etganlar ozmi? 8. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug‘lamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Ushbu gapdagi sifatlanmishlar haqidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Sifatlanmishlarning barchasi bir xil sintaktik vazifani bajargan. B) Bosh gap tarkibidagi uyushgan sifatlanmishlarning har biri ta’kidlangan. C) Sifatlanmishlarning barchasi kesyn(lar)ga bevosita tobelangan. D) Sifatlanmishlarning barchasi yasama so‘z bilan ifodalangan. 9. Qaysi gap tarkibida faqat asosdan anglashilgan harakatning tarzini bildiruvchi ko'makchi fe’l qatnashgan? A) Majlis cho‘zilib ketsa ham, men uni ko'chada kutib turaverdim. B) Ota asarni tugatib bo‘lib, bir voqea haqida o‘ylab boshladi. C) Men sen otgan to‘pni ushlab olib, boshqa qo'limdagi koptokni tushirib yubormasdan yura olaman. D) U she’rni yodlay boshladi, biroq xayolida bu qizni unutib ham qo‘ymasdi. 10. Qaysi qatorda ko‘chirma gapi aniqlovchi ergashgan qo‘shma gap bo‘lgan ko‘chirma gapli qo‘shma gap berilgan? A) Javob berdilar: «Ul shunday olovki, o‘z yoquvchisini kuydiradi». B) Xalqimiz deydi: «Kimki bo‘lsa dilozor, undan el- yurt bezor». C) «Odami ersang, demagil odami, Oni kim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami», - deydi A.Navoiy. D) Yurtboshimiz dedi: «Shuni unutmangki, vatanning istiqboli sizning qo‘lingizda». 11. Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bo'lak ishtirok etgan? A) Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan. B) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko‘rindi. C) Zarqishloq ko'chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. D) Mana, hamma narsani tayyorlab ham qo'ydik, ammo o'zlaridan hanuz darak yo‘q. 12. Qaysi gapda birgina portlovchi undoshdan iborat ot yasovchi qo‘shimcha qo‘llangan? A) Ijodkor xalqning og‘riqlariga joni bilan tutashmog‘i lozim. B) Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, iliq qo‘llarini sog'ingan edik. C) Birdan lov etib, alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo'ladi. D) Ko‘rik belgilangan vaqtda boshlandi. 13. Quyidagi qaysi gaplarda teng bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklarni bog‘lamagan? 14 1) Yerga tushgan chiroq bir-ikki lopilladi-yu, avval ko‘k, keyin qizg‘ish alanga ko‘tarildi; 2) Bo'taboy tin olmay, goh bosh chayqab, goh qoshini kerib, goh «Ana! 0‘h, o‘h-o‘h!» deb quloq soldi; 3) Daraxtni gullata bilishgina emas, balki undan mo‘l hosil yetishtira bilish ham san’atdir; 4) Yorning o‘zi kelmadi, balki guli keldi. A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 4 14. To‘g‘ri hukmni aniqlang. 1) hokim so‘z tobe so‘zni aniqlab, to'ldirib, izohlab keladi; 2) kelishik, egalik, shaxs- son qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar, ohang ham so‘z birikmalari tarkibida so'zlarni bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi; 3) so‘z birikmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi; 4) so‘z qo‘shilmasi ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo‘lishiga qaramay bir tushunchani ifodalaydi; 5) gapning fikriy mundarijasi fe’l kesimning zamon va shaxs- son ma’nolari bilan bog'liq bo'ladi; 6) undov gap so‘roq gapdan hosil bo'lgan bo‘lsa, oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo'yiladi; 7) ega bilan kesimni bog'lashga xizmat qiluvchi so'zlarga bog'lama deyiladi; 8) murakkab kesim kengaygan birikma va iboralar bilan ifodalanishi mumkin. A) 1,3,4,6,7 B) 7, 8 C) 2,5,6,8 D) barcha javoblar to‘g‘ri. 15. Turkiy tilni tadqiq qilgan birinchi alloma nomi qaysi javobda berilgan? A) Pahlavon Mahmud B) Yusuf Xos Hojib C) Mahmud Koshg‘ariy D) Zamahshariy 16. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z ma’nosi qaysi usulda ko'chgan? Tumanlik qo'ynida jimgina mudragan tonglar. ilk sovuq og‘ushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi. A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 17. Qaysi gapda yasama so‘zlar uch xil sintaktik vazifa bajargan? A) Tovus o'zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o'zining sharaf-u shonini saqlaydi. B) Odam yayrab kulsa, sog‘lig‘i yaxshilanadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. C) Har kuni bu yo‘ldan goh terimchilar o‘tib qoladi, goh traktorlar g‘izillaydi. D) Bag‘rim yoniq, ko‘nglim siniq, sening ziyoratingga keldim, sultonim. 18. Qaysi gaplarda egalik qo‘shimchasini qabul qilgan so‘z ega vazifasida qo‘llangan? 1) Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi; 2) Kunduz kunlari aniq ko‘rinadi; 3) Kecha dam olishimiz maroqli bo'ldi; 4) Tuni bilan mijja qoqmadi; 5) Bu yerlarning yozi juda so'lim. A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 3, 5 19. Berilgan qaysi javobdagi gaplarda ishtirok etgan shakldosh so‘zlardagi qo‘shimchalar tarkibi bir xil emas? A) Bu ko‘zlar nimani ko'zlar. B) Sho‘rvani kosaga suzdi. C) Suvda bearmon suzdi. D) Mehmonlar oldiga dasturxon yozildi. U to‘garakka yozildi. 20. Insonlarning asosiy aloqa vositasi tildir. Yuragingni bevafoga tildir. Hindlarning tilshunoslik g‘oyalari bilan oziqlangan ... so'zlarni uchga: ismlar, fe’llar, yordamchilarga bo‘ladilar. Nuqtalar o'rniga qo'yiladigan mos so‘zni aniqlang. A) arablar B) ruslar C) turkiylar D) yunonlar 21. Dunyoda mo‘jizalar ko‘p, ammo bilasizmi, shularning ichida insonning ko‘ngliga urmaydigan, unga xiyonat qilmaydigan, uni aldamaydigan mo'jiza, bu kitobdir. (A. Ulug‘ov) Ushbu gapda qo‘llangan olmoshlarning nechtasida fonetik hodisa kuzatiladi? A) 1 tasida B) 4 tasida C) 3 tasida D) 2 tasida 22. Kechagina yuzini o'girib olgan bu sitamkor baxt Madumar oilasiga bugun yana to‘lib-toshib, quchoq ochib kelgan edi. Gapda atasli ma’nosiga ega, lekin ismlar guruhiga kirmaydigan, sintaktik munosabat qo'shimchalarini qabul qilish xususiyatiga ega bo‘lmagan so‘zlar soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 23. Yasama holat ravishdoshli birikma... A) yaqinlashgach aynimoq B) egallagani qaytmoq C) qarsillab urilmoq D) yiqilgancha ho‘ngramoq 24. Vatan - ruhimda uyg‘ongan ism, Ruhim - Vatanda gullagan chechak. Ushbu gapda qo'llangan tinish belgilari haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. A) Bog’lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchi gapni izohlagani uchun vergul qo'yilgan. B) Bog‘lamasiz ot kesim qo'llangani uchun egadan keyin tire qo'yilgan. C) Bog'lovchisiz qo‘shma gapda zidlash munosabati bo'lgani uchun tire qo'llangan. D) Sodda gapning uyushiq kesimlari vergul bilan ajratilgan. 25. 1) «E’tirof»; 2) «Atta Troll»; 3) «Lyutetsiya»; 4) «Romansero»; 5) «Fransuz ishlari». Yuqorida berilgan qaysi asarlar nafaqat H. Hayne ijodining, balki nemis millati she’riy tafakkuri taraqqiyotida ham jiddiy voqea bo'lgan? A) faqat 5 B) 1, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 5 26. «... savodsiz odam ko‘zi ila ko‘rib, ko‘zsiz odam eshitib, kar mushohada etib ibrat va lazzat olar», - deb Behbudiy nimaga ta’rif beradi? A) gazetaga B) vistavkaga C) kitobga D) teatrga 15 27. Bir kurashchi pahlavon hamda uning oqibatsiz shogirdi haqidagi hikoyat kimning qaysi asarida uchraydi? A) Sayfi Saroyi, «Gulistoni bit-turkiy» B) Gulxaniy, «Zarbulmasal» C) Rabg‘uziy, «Qissasi Rabg‘uziy» D) Xoja, “Miftoh ul-adl” 28. Yetti qism, qirq yetti bobdan takrib topgan asar qaysi? A) Jek London «Hayotga muhabbat» B) Alfons Dode «So'nggi saboq» C) Abdulla Qodiriy «O’tkan kunlar» D) O’tkir Hoshimov «Ikki eshik orasi» 29. «...Yaratganga shukr, oilam ijod mashaqqatini chuqur anglaydi. Umr yo‘ldoshim - pedagog. Ikki farzandim, besh nabiram bor. Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon, hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o‘qib bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa. Oradan yillar o‘tib asarni qaytadan qo‘liga olganda tag‘in hayajonlansa... Eng katta orzum - shu». Ushbu misralar kimning tarjimayi holidan olingan? A) Said Ahmad B) O’tkir Hoshimov C) Pirimqul Qodirov D) Abdulla Oripov 30. Ming qo'yli boyga ro‘para bo‘lgan yupunday, deya tasvirlangan obraz kimning qaysi asarida uchraydi? A) Tog'ay Murod, «Ot kishnagan oqshom» B) Shoyim Bo‘tayev, «Hisomiddin al-Yog‘iy» C) N. Norqobilov, «Olim o‘g‘li» D) Murod Muhammad Do‘st, «Dasht-u dalalarda» 31. Shermuhammad Munis hayotiga oid ma’lumot berilgan javobni aniqlang. A) Kutilmaganda otdan yiqilib, oyog‘i lang bo‘lib qoladi va keyinchalik miroblik vazifasidan iste’fo beradi. B) Xiva xoni tomonidan saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlangan. C) «Tanbur chizig'i» deb nom olgan notalar tizimini kashf qilgan. D) Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib toshbosmaxona tashkil qiladi. 32. Maqol, matal, topishmoq o‘zbek folklorining qaysi turiga mansub? A) dramatik tur B) maxsus tur C) epik tur D) lirik tur 33. Nima uchun J. Svift, «Gulliverning sayohatlari» asarida dunyo xaritasida yo‘q mamlakatlarni tasvirlaydi? A) asar barchaga qiziqarli bo‘lishi uchun B) adib yashagan davrda tanqidiy fikr bildirish xavfli bo'lgani uchun C) Angliya qirolligini himoya qilgani uchun D) yozuvchilik obro'siga putur yetkazmaslik uchun 34. Yoshlarga «chug'urchuqlar» deb murojaat qiluvchi, shang'illab butun hovlini boshiga ko'taradigan qahramon kim? A) Sarsonboy ota, «Qiyomat qarz». B) Hoji buvi, «Dunyoning ishlari». C) Fayzi dasturxonchi, “Do'nan”. D) Zebi xola, «Dunyoning ishlari». 35. Qaysi qatorda nemis masalnavisi nomi qayd etilgan? A) Babriy B) Fedr C) Lafonten D) Lessing 36. «O’tkan kunlar» romanining «Qamoq» bobida O’tabboy qushbegining «Toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘lisiz?» «Hozir Marg‘ilonda turasizmi?» degan savollariga Otabek nima deb javob beradi? A) «На» B) “Men o'sha” C) «Taqsir» D) «Shunday» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling