1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

24 
9-variant 
1. Oltin o‘tda bilinadi, odam - mehnatda. Mehnat 
bilan inoqlashsang, tan og‘rig‘ini ko'rmaysan. Ko‘p 
ishlagan ko‘p yashaydi. Mehnat qilsang, ko'ngling 
nurga to‘ladi. 
Ushbu matndagi fonetik hodisaga uchragan so'zlar 
haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang. 
A) munosabat shakllari ta’sirida tovush o'zgargan 
so‘z 2 o'rinda qatnashgan 
B) fonetik hodisa asosida yozilgan so‘z yasovchi 
qo‘shimcha 2 o‘rinda qatnashgan 
C) shakl yasovchi ta’sirida yetakchi morfemasida 
fonetik hodisa sodir bo‘lgan so'zlar 2 o‘rinda 
qatnashgan
D) fonetik hodisalar faqat yetakchi morfemada sodir 
bo‘lgan
2. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor? 
A) Yosh oybeklar bayrog‘in ko'taraylik balandga. 
B) Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib 
turgan bir tup o‘rik tagidan 
burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko'zdan g‘oyib bo‘ldi. 
C) Opaxon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab 
qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. 
D) Xodimlarning aytishib qolganlarini ko‘rib 
ko‘rmaslikka oldi, ustidan chiqib qolsa, noiloj, 
astoydil kuyundi: «Tartib yaxshi-ku, nima qilamiz 
buzib?» 
3. Quyidagi matnda lug‘aviy shakl yasovchi 
qo'shimchalar qo‘shilishi natijasida necha o'rinda 
fonetik o‘zgarish ro‘y bergan?
Keyin boshqa bir ta’birchini chaqiradi va ko‘rgan 
tushining ma’nosini undan ham so‘raydi. U: 
«Sening umring hamma qarindoshlaring umridan 
uzun bo'ladi», - debdi. Shunda Xorun ar-Rashid: 
«Hamma aqlning yo'li bittadir va ikkala iboraning 
negizi bir yerga boradi, ammo bu ibora bilan u 
iboraning orasida farq bag'oyat ko'pdir», - deydi va 
unga yuz tillo berishni buyuradi.
A) 1 ta
B) 4 ta
C) 2 ta
D) 3 ta
4. Faqat tub so'zlardan tarkib topgan egasi 
noma’lum gapni aniqlang. 
A) Kadrlarni o‘z o‘rniga qo‘yish ishiga hanuz 
kirishilmadi. 
B) Har qanday so‘zni o‘ylab gapirish kerak. 
C) Bilmagan ishga urinib tuzoqqa ilinma. 
D) Hozircha shu shaharchada yashashga to‘g‘ri 
keladi. 
5. Quyidagilardan qaysi biri turkiy tillarga mansub 
emas? 
A) qorachoy
B) balqar
C) yoqut 
D) bolgar
6. Berilgan nechta gap tarkibida o‘rin-payt kelishigi 
qo'shimchasi qatnashgan? 
1) Zamiraning Muhammadjonga unashtirilgani hali 
ham odamlarga favqulodda bir yangilik boiib 
ko'rinardi; 2) U tezda qishloqqa qaytishga qaror 
qildi; 3) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar, 
to‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar; 4) Sen bu 
kun sinfda shod yurak bilan, Sinov navbatini kutib 
turasan.
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta 
7. Yulduzlar davrasida,
Charaqlaydi chirog‘im. 
Go‘yo ko'kka ilingan, 
Bandi singan o‘rog‘im. 
Ushbu she’riy parchada asosi tovush o‘zgarishiga 
uchragan so‘z nechta so‘zni o‘ziga tobelantirib 
kelgan? 
A) 3 ta
B) 2 ta
C) bunday holat kuzatilmaydi 
D) 1 ta 
8. Sodda gapning to'liq sintaktik tahlilida quyida 
berilgan vazifalardan qaysilarini amalga oshirish 
kerak? 
1) gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi bo'yicha 
tahlil; 2) gap bo'laklarini aniqlash; 3) gapda qaysi 
so‘z turkumiga oid so'zlar borligini aniqlash; 4) gap 
qurilishi bo'yicha tahlil; 5) gapda nechta tinish 
belgisi borligini aniqlash.
A) 2, 3, 4 
B) 1, 2, 3, 5 
C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4 
9. Rahim amakining uyi olti tomdan keyin 
joylashgan.
Ushbu gapdagi tom so‘zida qanday ma’no ko'chishi 
kuzatiladi? 
A) vazifadoshlik 
B) metafora 
C) sinekdoxa
D) metonimiya 
10. Ot va fe’l qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qo'shma ot 
qaysi qatorda berilgan? 
A) qoradori
B) shaftoliqoqi 
C) husnbuzar
D) gulbeor 
11. Undoshlarning hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra barcha 
turlari qatnashgan so‘z ot kesim vazifasida kelgan 
gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Ishingni qamchila, toki ish seni qamchilay 
boshlamasin. 
B) Yerga engashganning qomati oliftaning bo'yidan 
balandroq. 
C) Bahona izlaydigan ustaning usta ekani shubhali. 
D) Nafsing bilan maslahat qilishdan avval 
hamyoning bilan kengash. 
12. Qaysi qatordagi gapda ot kesim ishtirok 
etmagan? 
A) Mirzacho‘lda ham cho'lni bo‘stonga 
aylantirayotgan odamlar juda ko‘p. 
B) U paytlarda xo‘jalikda ko‘zga ko‘rinadigan 
muhtasham imoratning o‘zi yo‘q edi. 
C) Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi. 
D) Odamning ko'ngliga tushadigan birgina kalit bor, 


25 
bu kalit - kamtarlik, oddiylikdir. 
13. Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil 
bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, 
qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. 
B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu 
burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari 
shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni 
qo‘rqitolmas edi. 
C) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham 
mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng 
muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib 
ketishlari ehtimoldan xoli emas. 
D) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish 
tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi 
ular kutganday mudhish edi!
14. Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham 
ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring. Yasama 
ravishlarning yasalish asosi qaysi turkumga mansub?
A) sifat, ravish
B) fe’l, sifat 
C) sifat 
D) fe’l, ot 
15. Keng moviy dengizlar va yuksak tog'lar bag'rida 
sayr etish inson tafakkurini charxlaydi, hayotning 
mohiyatini anglaydi. Ushbu gapda nechta 
sifatlovchi- aniqlovchi qatnashgan? 
A) 4 ta
B) 5 ta
C) 2 ta
D) 3 ta 
16. Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim 
urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat 
insonni yuksaklikka ko'taradi.
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga kiruvchi 
undoshlar ishtirok etgan so‘zlarning sintaktik 
vazifasini aniqlang. 
A) aniqlovchi, hol, kesim, vositali to‘ldiruvchi
B) hol, to‘ldiruvchi, kesim 
C) aniqlovchi, kesim, vositali va vositasiz 
to‘ldiruvchi 
D) kesim, vositasiz to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi 
17. Xushbo‘y kabi so‘zlardan tuzilishiga ko‘ra 
farqlanuvchi so‘z (-lar) ni ajrating. 
1) xushhol; 2) xushro'y; 3) xushomad; 4) xushtor; 5) 
xushxo‘r; 6) xushyoqmas; 7) xushchaqchaq. 
A) 2, 3, 4, 5
B) 6, 7 
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
D) faqat 7 
18. Quyidagi nechta so‘z o‘zi bilan har xil so‘z 
turkumiga oid paronim juftiga ega?
afzal, bob, sud, burch, ganch, qism, adib 
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 4 ta
D) 3 ta 
19. Qaysi so‘z birikmasidagi tobe so‘zda urg‘u 
oxirgi bo‘g‘inga tushadi? 
A) kechki taom 
B) yigitcha ishlamoq 
C) oppoq gul
D) yangi kelgan 
20. Qo'qqisdan o'rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab 
qolishdi.
Berilgan gapdagi taqlid so‘zning sintaktik vazifasini 
aniqlang. 
A) sifatlovchi aniqlovchi 
B) taqlid so‘z ishtirok etmagan 
C) hol 
D) kesimning tarkibiy qismi 
21. Jahonda nimaiki oq bo‘lsa, unga ona suti timsol; 
nimaiki jo‘shqin bo‘lsa, unga ham ona mehri timsol; 
nimaiki chidamli, sabr-toqatli bo'lsa, ona irodasi 
timsol; kimki pok muhabbat, mehri daryolik da’vo 
qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan parchada 
nechta gapning egasi olmosh bilan ifodalangan? 
A) 4
B) 5 
C) 6 
D) 3
22. Qaysi qatordagi birliklar faqat so'zlashuv 
uslubiga xos? 
A) Ovoz bermoq, tasdiqladi, dardiga darmon bo‘ldi 
B) Valdiramoq, jilvalanmoq, vujudga kelmoq 
C) Masxaralamoq, kuyunmoq, so‘zga chiqmoq 
D) Ming'irlamoq, gap otmoq, maza qilmoq 
23. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘z qaysi gap 
tarkibida qo‘llanilgan? 
A) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. 
B) Bir tomonda gulxan chars- churs yonadi. 
C) Osmonda yulduzlar g‘uj-g‘uj. 
D) Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da! 
24. Buyruq gap haqidagi to‘g‘ri fikr ko‘rsatilgan 
javobni belgilang. 
1) buyruq gapning kesimi buyruq maylidagi fe’l 
bilan ifodalanadi; 2) buyruq gapning kesimi ba’zan 
tushib qolishi mumkin; 3) buyruq gapning kesimi 
odatda gap boshida keladi; 4) buyruq gapning kesimi 
majhul nisbat III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan 
ifodalanishi mumkin; 5) ba’zan III shaxs buyruq 
maylidagi fe’l b-n ifodalangan gapning kesimi II 
shaxs ma’nosida qo'llanadi; 6) buyruq gapda 
buyruqni kuchaytirish, do‘q-po‘pisa ma’nosi 
ifodalanganda kesim gap oxirida keladi. 
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 4, 5 
C) 1, 3, 4, 5, 6 
D) 1, 2, 3, 4,-6, 6 
25. Qaysi asarda xonga nisbatan tangrining soyasi 
deya ta’rif keltirib o‘tilgan? 
A) «Saddi Iskandariy» dostonida 
B) «Shajarayi turk» asarida 
C) «Shayboniynoma» asarida 
D) «Zarbulmasal» asarida 
26. Sen bo‘lmasang, otang holi ne kechar?
Sensiz menga falak kafan to‘n bichar,
Dunyoning bolini zahar deb ichar,
Harna yo‘g‘-u borim, senga yo‘l bo‘lsin? Ushbu 
parcha qaysi asardan olingan? 
A) «Kuntug'mish» dostonidan 
B) «Rustamxon» dostonidan 
C) «Alpomish» dostonidan 
D) «Ravshan» dostonidan


26 
27. 1) Pahlavon Mahmud; 2) Maxtumquli; 3) A. 
Avloniy; 4) Fitrat;
a) Hijron; b) Mijmar; c) Qitoliy; d) Firog'iy.
Yuqoridagi adiblar yana qanday taxalluslar bilan ijod 
qilganliklari qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? 
A) 1 - d; 2 - c; 3 - b; 4 - a 
B) 1 - c; 2 - d: 3 - a; 4 - b 
C) 1 - c; 2 - a; 3 - b; 4 - d 
D) 1 - d; 2 - b; 3 - a; 4 - с 
28. Samimiy ko'ngil she’riyatiga siyosiy tanqidni 
ustalik bilan qo‘sha olgan haqgo‘y shoir kim?
A) A.Oripov
B) Haynrix Hayne 
C) S.Yesenin
D) A.S. Pushkin 
29. Qaysi ijodkor aqli kalta kishilarning dunyoga 
ko'ngil qo'yishi haqida fikr yuritgan? 
A) Xo‘janazar Huvaydo 
B) So‘fi Olloyor 
C) A.Yugnakiy 
D) Oydin 
Hojiyeva 
30. Qaysi asarda ushatilgan patir orasidan naycha 
qilib o‘ralgan qog‘ozga noma’lum kimsa tomonidan 
xayrixohlik mazmunida bitilgan maxfiy maktub 
chiqqani tasvirlanadi? 
A) «Yulduzli tunlar» romanida 
B) «Sohibqiron» dramasida 
C) «Avlodlar dovoni» romanida 
D) «Ulug‘bek xazinasi» romanida 
31. Qaysi asar qahramoni yorini tilidan rashk qilib, 
yorining otini tiliga olmasligini aytadi? 
A) «Farhod va Shirin» 
B) «Layli va Majnun» 
C) «Mehr va Suhayl» 
D) «Muhabbatnoma» 
32. Muqimiy «Sayohatnoma»sida qaysi qishloq 
«dashti qaroqchizor» deb ta’riflangan? 
A) «Do‘rmancha» B) «Bo'rbaliq» 
C) «Qudosh»
D) «Yayfan»
33. Badiiy adabiyotda «g‘ubori yo‘q sahro guli» ga 
qiyoslangan kim? 
A) Guldursun
B) Xolbeka 
C) Layli 
D) Uljoy Turkon 
34. Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o'rganish 
o‘tgan asrning nechanchi yillaridan boshlangan?
A) 30-yillaridan 
B) 40-yillaridan 
C) 1950-yilidan 
D) 1953-yilidan 
35. ... tovush chiqarmasa ham, u uxlagani 
qo‘ymaydi. Ushbu maqoldagi tushib qolgan so‘zni 
toping.
A) og‘riq 
B) qarz 
C) yorug‘lik
D) vijdon 
36. Cho‘lpon haqidagi ma’lumotni toping.
A) «Yurt qayg'usi» degan turkum she’rlar yozib, 
bolsheviklar o‘z yurtiga yanada ko'proq qayg‘ular 
olib kelishini oldindan bashorat qilgan.
B) «Uyg‘onish», «Buloqlar», «Tong sirlari» singari 
she’riy to'plamlari bor. 
C) «Sevgi afsonasi», «Yigit va qiz», «Yuksak 
qorliklardagi uchrashuv» singari bir qator 
kinossenariylari milliy kinematografiya 
taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 
D) Adibning ilk asari - «Tengdoshlar» qissasi



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling