1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
7-variant
1. Bu topshiriqning zalvari meni qiyin ahvolga solib, orzumni chilparchin qilayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so‘zni yozishda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan? A) ravishdosh B) ot C) ravish D) fe’l 2. Ayol - mo'tabar zot, ayol uchun g'azallar bitilgan, dostonlar kuylangan, qasrlar, bog‘-rog‘lar barpo etilgan. Ushbu gapda nechta kesimi majhul nisbatdagi fe’l bilan kelgan egali gap mavjud? A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta 3. javraqi, mozorot, muddao, murodbaxsh, nafarmon, naryoqda, olamorolik, zahmatkash Yuqorida berilgan so'zlardan nechtasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta 4. Matn tarkibidagi gaplarni bog'lovchi vositalarni belgilang: 1) bog'lovchilar; 2) bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so'zlar; 3) takroriy bo'laklar; 4) olmoshlar; 5) sinonimlar; 6) ohang; 7) tartib. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 6, 7 5. «Muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi», «voqeaga guvoh boiganlarning so'ziga ko‘ra», «muxbirimiz xabar berishicha» kabi iboralar qaysi uslubda qo‘llaniladi? A) badiiy uslub B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub 6. Qaysi qatorda yasama ravish qatnashgan? A) oylab, charaqlab B) ifodalab, erkalab C) yillab, botmonlab D) harilab, minglab 7. Qaysi gapda jarangli til undoshlaridan iborat yasama so‘z fe’l kesim vazifasida qo'llangan? A) Mevalarni saralayotganda chiriklarini alohida ajratib oling. B) Onangning har bir aytgan gapi qulog'im ostida jaranglaydi. C) Qo'rqoq oldin musht ko‘tarar. D) Elakka chiqqan xotinning ellik og‘iz gapi bor. 8. Qayumxon Olimovichning uyida zo‘r tantana. Shaharning ko‘zga ko'ringan odamlari taklif etilgan. Ikki qavatli kottejning hovlisi taxta so'rilar, institut oshxonasidan keltirilgan stol- stullar bilan bezatilgan. Yuqoridagi gaplarda fe’lning qaysi nisbat qo‘shimchalari qo‘llangan? A) o’zlik, birgalik, orttirma B) o’zlik, majhul, birgalik C) o’zlik, majhul, orttirma D) birgalik, majhul, orttirma 9. O’quvchi tomonidan mavzu yetarlicha yoritilrtiagan, qo'pol xatolarga yo‘l qo'yilgan bo‘lsa, fikrlashda noaniqliklar sezilib tursa, jumlalar bir-biri bilan bog‘lanmasa, ijodkorlik sezilmasa, xatolarning soni 19 yuqoridagi nisbatlardan ortiq bo‘lsa, unday ishlarga «qoniqarsiz» baho qo'yiladi. Ushbu gapda kesimga bevosita bog'langan, tarkibida ikkita so‘z yasovchi qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang. A) ega va kesim. B) aniqlovchi va to‘ldiruvchi C) ega va hol D) hol va to‘ldiruvchi 10. Berilgan gaplarda harakat nomi qo‘shimchasini olgan so'zlar gapda qanday vazifa bajargan? 1) Xalqning o'zingga xayrixoh bo'lishini istasang, avval o'zing xalqga xayrixoh bo‘l. 2) Biror xalqning axloqini bilmoq uchun uning adabiyoti bilan tanish. 3) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak. 4) Erta bahorda daraxt ekish, yerlarni yumshatish bizning eng yaxshi odatimizdir. A) 1 - to‘ldiruvchi, 2- to‘ldiruvchi, 3 - kesim, 4 – ega B) 1 - to'ldiruvchi, 2 - kesim, 3- ega, 4 – ega C) 1 - to‘ldiruvchi, 2- to‘ldiruvchi, 3 - ega, 4 – ega D) 1 - to‘ldiruvchi, 2 - kesim, 3- kesim, 4 – ega 11. Bir so'zi ma’noni kuchaytirish uchun ishlatilgan javobni aniqlang. 1) bir gurunglashaylik; 2) bir odam sizni kutib o‘tiribdi; 3) bir qo'rqdim; 4) Tiling bilan ko‘nglingni bir tut; 5) Qonun oldida hamma bir; 6) o'turganlardan bir-bir so‘rab chiqdi; 7) bir kulib, bir yig‘lardi. A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 6, 7 C) 1, 3 D) 4, 5, 6, 7 12. Qaysi javobda ega ichi bo‘sh so'zlar bilan ifodalanmagan? A) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. B) Kim u yig‘layotgan? - Navoiymikan? C) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. D) Bu, shubhasiz, bizning yutug‘imiz. 13. Berilgan gapdagi «bot» so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub? Tez yongan bot soviydi. A) ot B) sifat C) fe’l D) ravish 14. Berilganlardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga ega emas? 1) bo‘shatmoq; 2) ko‘nglini bo'shatmoq; 3) ko‘nglini ochmoq; 4) ko'nglidan o'tkazmoq; 5) boshga ko'tarmoq; 6) jon bermoq; 7) ko‘z yummoq. A) 1 tasi B) 3 tasi C) 4 tasi D) 2 tasi 15. Qaysi javobda vazifadosh biriktiruv bog‘lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, xoh B) -u, -yu, -da, ham C) -u, -yu, -da, na...na D) -u, -yu, -da, ba’zan 16. Berilgan so'zlardan nechtasi modal so‘z hisoblanadi? xayriyat, xolos, xullas, avval, birdan, afsuski, haqiqatan, barakalla A) to‘rttasi B) oltitasi C) uchtasi D) beshtasi 17. Berilgan she’riy parchada qanday qo‘shimchalar o'rtasida shakldoshlik yuzaga kelgan? Bilmam, nima edi maqsading, Menga bir juft guling asrading. Birin otin Kumush atading, Birin otin Zaynab qo‘yding-ku. A) egalik va shaxs-son qo‘shimchalari o‘rtasida B) kelishik qo‘shimchalari o'rtasida C) kelishik va shaxs-son qo'shimchalari o'rtasida D) egalik va kelishik qo‘shimchalari o'rtasida 18. Qaysi javobda rasmiy uslub namunasi berilgan? A) Ushbu malumotnomani ko‘rsatuvchi G. Mo'minov haqiqatan ham, 0‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. B) Ikkinchi darajali bo‘laklar fikrni to'laroq va mukammalroq ifodalash uchun xizmat qiladi. C) Dalalarning keng quchoqlaridan uchishib kelgan mayin shabadalar qiz og‘zidan chiqqan unlarni o‘z qanotlariga mindirib, allaqayerlarga, olislarga olib ketardilar. D) Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asosi ab berishga va himoya qilishga da’vat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir. 19. Berilgan gaplarning qaysi biri havola bo'lakli qo‘shma gap sanaladi? 1) Shunday odainlar borki, odamlarning naqshidir; 2) Toleim shulki, Vatanda bir guliston tanladim; 3) Kimning himmati baland bo‘lsa, uning qadr-qimmati ham baland bo‘ladi; 4) Har kimki hayotga xo‘mrayib boqsa, hayot ham unga zarda bilan boqadi. A) 1, 2, 3 В) 1, 2, 3, 4 С) 1 va 2 D) 3 va 4 20. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib xayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qilardi. Ushbu gapdagi fe’llarning vazifa shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) 1 ta payt, 1 ta holat ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 1 ta sof fe’l B) 1 ta payi, 1 ta maqsad ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 1 ta sof fe’l C) 2 ta payt ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 1 ta sof fe’l D) 2 ta holat ravishdoshi, 2 ta harakat nomi, 1 ta sof fe’l 21. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida yuzaga kelgan barqaror birikmalar berilgan qatorni belgilang. A) Ilmsiz inson - mevasiz daraxt. B) Yolg'iz baloga indamasang ko‘payadi. C) Tulki qiziga to‘y berdi. D) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’ qoladi. 22. Quyidagi qaysi so'zlarda nuqtalar o‘rnida bo‘g‘iz 20 undoshi yoziladi? 1) ja...d; 2) da...lsiz; 3) a...loq; 4) mu...okama; 5) ...ushyorlik; 6) a...oli. A) 1, 4, 5, 6 В) 1, 2, 4, 5, 6 С) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3 23. Fe’lning qaysi vazifa shakllari tarkibidagi egalik qo'shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi? 1) sof fe’l; 2) sifatdosh; 3) ravishdosh; 4) harakat nomi. A) 1, 2 B) 4 C) 2, 4 D) 1, 3 24. Qaysi gapda metonimiya va sinekdoxa usulida ma’no ko'ehishi kuzatiladi? A) Qaro ko'zim, kel-u mardumlig’ emdi fan qilg‘il… B) Cho'loqning bundan xabari bormi? C) Kechagi futbol musobaqasida O’zbekiston birinchilikni oldi. D) Auditoriya birlashishi uchun unga bir bosh kerak edl. 25. Yuzinda ishq asrori yozilg’an, Ichinda dard ta’vizi qozilg’an “Farhod va Shirin» dostonidagi bu bayt kim haqida aytilgan? A) Chin xoqoni B) Qoran C) Shirin D) Farhod 26. «Kecha va kunduz» romanida Akbarali mingboshini kim o‘z maqolasida yuksakiarga ko'tarib maqtab yozadi? A) Miryoqub topgan jadid maktabi o'qituvchisi Hasanali B) Mulla Rivojiddin a’lami Mulkobodiy C) Noyib to‘raning kotibi mulla Nodir D) jadid maktabi o'qituvchisi mulla Abdurahmon 27. Vasldin so‘z derga yo‘q yoro (1) manga, Hajr aro rahm aylagil, yoro, (2) manga. O’qung etti ko‘p yamon yoro (3) manga, Marhami lutfing bilan yoro (4) manga. (Bobur) Ushbu tuyuqda keltirilgan yoro so‘zlarining ma’nolari to‘g‘ri keltirilgan javobni toping. A) 1 - ey yor; 2 - yara, jarohat; 3 - yordam ber; 4 - mador, quvvat B) 1 - yordam ber; 2 - mador, quvvat; 3 - yara, jarohat; 4 - ey yor C) 1 - yara, jarohat; 2 ey yor; 3 yordam ber; 4 - mador, quvvat D) 1 - mador, quvvat; 2 - ey yor; 3 - yara, jarohat, 4 - yordam ber 28. Samimiy ko’ngil she’riyatiga siyosiy tanqidni ustalik bilan qo’sha olgan haqgo’y shoir kim? A) A.Oripov B) Haynrix Hayne C) S.Yesenin D) A.S. Pushkin 29. «Risola» - o‘zbek prozasining yaxshi va go‘zal namunasi sifatida ham e’tiborga molikdir», deya ta’riflangan o‘zbek nasrining ilk namunalaridan biri hisoblanmish «Risola» asari kimning qalamiga mansub? A) Bobur B) Husayn Boyqaro C) Alisher Navoiy D) Lutfiy 30. ...u - o‘z davrining hakami va kuychisi, u - jarchi va faylasuf, u o‘z sehrgari va uzlatga chekingan mutafakkir - darvesh. Ushbu ta’rif qaysi adib haqida? A) Mashrab B) Sa’diy Sheroziy C) Ahmad Yassaviy D) Abdulla Oripov 31. «Sharq adabiyotining vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aql-idroki bilan tebratgan» deb ta’riflangan ijodkor kim? A) Otoyi B) Xo‘ja Ahmad Yassaviy C) Amir Temur D) Imom Buxoriy 32. Otabek uchun dadasining salla olib, bosh qashishi qanday ma’no anglatadi? A) tergov qilinishini B) turishga ruxsat berilishini C) ishlaridan noroziligi ifodasi D) ishlaridan roziligi ifodasi 33. Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumiga kiruvchi she’rlarini belgilang. A) «Xurosonda bir darboza bor», «Singlimga xat», «Ona ibodati» B) «Dog‘lar ketmish majruh ko'ngildan», «Endi qaytmam uyimga», «Bobomga xat» C) «Shahinam, о mening Shahinam», «Ayolga xat», «Onamdan xat» D) «Xurosonda bir darboza bor», «Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan», «Shahinam, о mening Shahinam» 34. Alfons Dode ning «So‘nggi saboq» hikoyasida mosye Amel namuna sifatida doskaga chiroyli husnixat bilan quyidagi qaysi so‘z(-lar)ni yozib qo‘ydi? A) Fransiya, Elzas B) Fransiya C) Elzas D) Merya, Elzas 35. «Ravshan» dostoni qahramoni Ravshan nima uchun bandi bo‘lib zindonga tushib qoladi? A) Zulxumorni ranjitgani tufayli B) bozorda uxlab qolgani tufayli C) Qoraxonning a’yonlarini urgani uchun D) yosh va tajribasizligi, oq ko‘ngilligi tufayli 36. «Tangri yorlaqagani uchun, davlati borni davlatsizlantirdi, xoqoni borni xoqonsizlantirdi, dushmanni el qilgan, tizzasi borni cho'kkalatgan, boshi borni ta’zim qildirgan». Ushbu ta’rif kim haqida? A) Bilga xoqon B) Bo‘min xoqon C) Kultegin D) Eltarish xoqon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling