1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
15-variant
1. Qaysi so'zlarda nuqtalar o'rniga bo‘g‘iz undoshi qo'yilishi kerak? 1. ...ullas, 2. osh...ona, 3) ...indiston, 4. e...timol, 5...abar, 6. podsho..., 7. ...ushyorlik, 8. …arakat A) 1, 3, 4 B) 3, 4, 6, 7, 8 C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 2, 5, 7 2. Kimniki qo'lidan yaxshilik kelmasa, u yomonlik qilishdan saqlansin. Berilgan ergash gapli qo'shma gap turini aniqlang. A) To'ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap B) Aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap C) Ega ergash gapli qo'shma gap D) Hol ergash gapli. qo'shma gap 3. Qaysi uslubda so'zlar ko'chma ma’noda qo'llanadi? A) rasmiy, ilmiy B) rasmiy, publitsistik C) publitsistik, ilmiy D) badiiy, so'zlashuv 4. Quyidagi birliklarning qaysi birini nutqda tayyor holda ishlatish mumkin? A) qo’lbola B) quldorlikning tugallanishi C) qonunga zid kelmoq D) aytib o'tmoq 5. Qanday ravishlar yasama ravish hisoblanadi? 1) Yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali hosil qilingan ravishlar; 2) Asos qismini juftlash orqali hosil qilingan ravishlar; 3) Asos qismini takror qo'llash yo‘li bilan hosil qilingan ravishlar. A) 1, 2 B) 2, 3 С) 1, 2, 3 D) 1, 3 6. Teng bog'lanish qismlarini bog'lovchi vositalarini toping. 1) biriktiruv bog'lovchilari; 2) zidlov bog'lovchi; 3) bog'lovchi vazifasidagi inkor yuklamasi; 4) bog‘lovchi vazifasidagi kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi; 5) sabab bog'lovchilari; 6) ayiruv bog'lovchilari. A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 7. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘z qaysi gap tarkibida qo'llanilgan? A) Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. B) Bir tomonda gulxan chars- churs yonadi. C) Osmonda yulduzlar g‘uj-g‘uj. D) Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da! 8. Balki(1), uning nafsi qonib, Shu bilan(2) daf bo'lgaydir. Bir parcha yer ketsa, mulking Kamayib qolmagaydir... She’riy parchadagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) 1 - sof modal so‘z, 2-vazifadosh ko'makchi B) 1 - sof modal so‘z, 2 - sof ko‘makchi C) 1 - vazifadosh modal so‘z, 2 - sof ko‘makchi D) 1 - vazifadosh modal so‘z, 2 - vazifadosh ko‘makchi 9. Qo'qqisdan o'rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishdi. 41 Berilgan gapdagi taqlid so'zning sintaktik vazifasini aniqlang. A) sifatlovchi aniqlovchi B) taqlid so‘z ishtirok etmagan C) hol D) kesimning tarkibiy qismi 10. 1) Jangchi shodligidan bir oyog‘ida qolgan etigini yechib tashlashni unutib, oqsoqlagancha anhor ko‘prigidan o‘tmoqchi bo‘ldi; 2) 0‘tloqda g'umay yulayotgan Dilbarning qo‘li qiyilib qonayotganini ko'rgan Zumrad sharaqlab kulib yubordi; 3) Siz, yaxshilarim, bu qisqa o‘ylashingiz bilan o‘z oyog'ingizga o‘zingiz bolta urib, yana qipchoqlarga qaram bo‘lasiz! 4) Bu tor, tarang kiyimda uning kelishgan qomati yanada bo‘rtib turardi. Berilgan gaplar tarkibidagi so‘z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping. A) 7 B) 8 C) 9 D) 10 11. Chiqish kelishigidagi ismlar bilan birga qo'llana oladigan ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A) tashqari, bo‘lak, barcha, o‘zga, beri, buyon B) bo‘lak, o‘zga, boshqa, bilan, beri C) beri, buyon, bari, nari, boshlab, ilgari D) so‘ng, oldin, avval, keyin, boshqa, tashqari 12. Yetakchi morfemasi shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan majhul nisbatdagi yasama fe’llar qatorini belgilang. A) tuzlanmoq, eslatilmoq B) to'yintirilmoq, to‘planmoq C) yaratilmoq, achchiqlanmoq D) o'tkazilmoq, yozdirilmoq 13. Qaysi qatorda publitsistik uslub namunasi berilgan? A) Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishga va himoya qilishga da’vat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir. B) Dalalarning keng quchoqlaridan uchib kelgan mayin shabadalar qizning og'zidan chiqqan har bir so‘zni o‘z qanotlariga joylab olis- olislarga olib ketardi. C) To‘ldiruvchi har doim fe’l-kesimga bog‘lanib keladi. D) Ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi Hakimov Munisjon, haqiqatan ham, 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ishlaydi. 14. Ayol - mo‘tabar zot, ayol uchun g'azallar bitilgan, dostonlar kuylangan, qasrlar, bog‘-rog‘lar barpo etilgan. Ushbu gapda shakl yasovchi qo‘shimchalar tarkibida nechta o'rinda jarangli, shovqinli va portlovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan undoshlar qatnashgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 15. Quyidagi maqolni davom ettiring: Ovqatni tuzi mazali qiladi, odamni – ... A) o‘zi B) so‘zi C) yuzi D) ko‘zi 16. Qaysi qatorda otlashgan taqlid so‘z mavjud? A) Yuragi gup-gup urib ketdi. B) Tokchaga in qurgan musichaning g‘uv-g‘uvi eshitildi. C) Shivir-shivir gaplar to‘xtamadi. D) Olomon g‘uv-g‘uv qaynaydi. 17. «xususiyat sifati+nutq fe’lbqolipidagi birikma ... A) qattiq qichqirmoq B) egri kesmoq C) jo‘rttaga eslamoq D) kuchli fikrlamoq 18. Tillarni qiyoslab tekshirishda ularning qaysi xususiyatlari bir-biriga qiyoslanadi? A) morfologik xususiyatlari B) sanalganlarning barchasi C) fonetik xususiyatlari D) leksik xususiyatlari 19. She’r eshitmaydir birov, davron qulog‘i kar anga, Bir hovuch oltin, kumushning xushjarang ovozi bo’l. Ushbu bayt kesimlari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. A) baytda sodda va murakkab kesimlar ishtirok etgan B) baytda bitta fe’l kesim, bitta ot kesim mavjud C) kesimlar barcha gap bo‘laklarini bevosita tobelantirgan D) bayt kesimlari o‘tgan zamon ma’nosini ifodalagan 20. «Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz sur’atda to‘zg‘ab, quyuq jingalak kiprik ostidagi tim qora ko‘zlari bir nuqtaga tikilganda nimadir bir narsani ko‘rgan kabi ... qop-qora kamon, o‘tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi ... to'lgan oydek g‘uborsiz oq qo‘llari biroz qizillikka aylanganda, kimdandir uyalgan kabi ... shu vaqt ko'rpani qayirib ushlagan oq qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabiatning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilgan qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘tirdi ...» Ushbu parchadagi sifatlarning necha o'rinda qo‘llanganini toping. A) 10 B) 12 C) 14 D) 16 21. Ilgari ustalar pichoqqa sop izlab atay sayg‘oq oviga chiqisharkan. Ushbu gapda ravishning ma’no jihatidan qaysi turi ishtirok etgan? A) payt, holat va maqsad ravishlari B) payt va maqsad ravishlari C) payt, holat, o‘rin va maqsad ravishlari D) payt, o‘rin va maqsad ravishlari 22. Qalam so‘zi daftar, kitob so‘zlari singari nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetlik, bosh kelishiklik, birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’no qanday nomlanadi? A) leksik ma’no B) leksik va grammatik ma’no 42 C) uslubiy ma’no D) grammatik ma’no 23. Abdulla Avloniy o‘z ishini maktab ochishdan boshladi. Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi. Kitoblar bostirdi. Teatr ishlarini yo‘lga qo‘ydi. O’zi pyesalar yozdi. Havaskorlarni yig‘ib, tomoshalar ko‘rsatdi. Berilgan gaplarda necha o‘rinda orttirma nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 24. Ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap boshida keladigan bog‘lovchini toping. A) -ki B) deb C) agar D) shuning uchun 25. Bisotidagi narsalarni pullab bir dollar jamg‘argan va doktor Rossning «Kanada qushlari» kitobini sotib olgan bo‘lajak yozuvchi nomini toping. A) Haynrix Hayne B) Nodar Dumbadze C) Ernest Seton-Tompson D) Musa Jalil 26. Fuzuliyning: «Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o‘landan so‘r, Ziloli zavq shavqin tashnayi diydor o'landan so‘r» ... misralarida qanday she’riy san’atdan foydalanilgan? A) Tajnis B) Tazod C) Talmeh D) Irsoli masal 27. Bitiklarning qaysi birida «uy, dunyogagina qaraydigan, ko‘ziga faqat mol-mulk ko'rinadigan beklar, sizlar gumrohsizlar», - deya yozib qo‘yilgan? A) Bilga xoqon bitiktoshida B) To'nyuquq bitiktoshida C) Eltarish xoqon bitigida D) Kul Tigin bitiktoshi 28. Qaysi asarlarda zindonband etilgan oshiqlarini qutqarib olgan tadbirli va mard ma’shuqalar obrazi uchraydi? 1) «Suhayl va Guldursun»; 2) «Farhod va Shirin»; 3) «Layli va Majnun»; 4) «Mehr va Suhayl». A) 1, 2, 4 В) 2, 3 С) 2, 3, 4 D) 1, 4 29. 1910-yili bug‘doy o‘rog‘ida tug‘ilibman. Otam – dehqon va chorvador, ona tomondan bobom mulla, maktabdor. Ushbu parcha qaysi ijodkorning tarjimayi holidan keltirilgan? A) A. Avloniy B) Behbudiy C) Mirtemir D) M. Shayxzoda 30. Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyatdin anjumanda. Atoyi qalamiga mansub ushbu baytdagi qofiyalar qofiyaning qaysi turiga kiradi va undagi raviy qaysi tovushdan iborat? A) mutlaq qofiya, d tovushi B) mutlaq qofiva, n tovushi C) muqayyad qofiya, n tovushi D) muqayyad qofiya, d tovushi 31. To‘ng‘ich o‘g‘lining bevaqt vafoti, akasi Farhodbiyning Buxoro hukmdori Abulfayzxon qo'lida katta amaldorlardan biri bo'lishiga qaramay qatl etilishidan kuchli ruhiy iztirobga tushgan shoir kim? A) Komil B) Ogahiy C) Huvaydo D) So‘fi Olloyor 32. «Avlodlar dovoni» romanida tasvirlangan Aqiqa begim, Веkа begim, Chand bibilar Humoyun Mirzoga qanday aloqasi bor? A) Aqiqa begim - singlisi, Веkа, begim - xotini, Chand bibi - onasi B) Aqiqa begim va Веkа begim - xotinlari, Chand bibi - onasi C) Aqiqa begim - qizi, Веkа begim - xotini, Chand bibi - onasi D) Aqiqa begim - qizi, Веkа begim va Chand bibi - xotinlari 33. Ezgulikning dushmani sifatida bo‘y ko‘rsatadigan Momogul maston obrazi qaysi asarda uchraydi? A) «Kuntug‘mish» dostonida B) «Rustamxon» dostonida C) «Alpomish» dostonida D) «Malikayi ayyor» dostonida 34. Bir dev bor ichimda, asti pinhon bo‘lmas, Boshini egmak oning oson bo'lmas. Ushbu misralar muallifi? A) J.Rumiy B) N. Kubro C) Yassaviy D) A.Navoiy 35. Qaysi roman asosida 1916-yil Toshkentda bo'lib o‘tgan qo‘zg‘olon yotadi? A) Abdulla Qodiriy, «O’tkan kunlar» B) Cho‘lpon, «Kecha va kunduz» C) Abdulla Qahhor, «Sarob» D) Oybek, «Qutlug‘ qon» 36. Yerdagi ayolga oshiq bo‘lgani uchun xudo g‘azabiga uchragan kim? A) Sulaymon B) Xorut C) Zikriyo D) Yusuf |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling