1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

18-variant 
1. Bilmaganini bilishni, o‘rgatilganini o'rganishni 
xohlamagan kaltabin yoshlarga qarab shoir degan 
ekan:
Kimki o‘rganishni or bildi,
Har qadamda o‘zni xor bildi. Berilgan gapda 
to‘ldiruvchilar qaysi so‘z turkumlari bilan 
ifodalangan? 
A) Fe’l, olmosh, sifat
B) Ot, sifat, fe’l 
C) Olmosh, fe’l, ravish 
D) Sifat, olmosh, 
ot
2. «Davlat tili haqida» gi Qonunning nechanchi 
moddasida «Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, 
shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini 
tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, 
zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi 
mumkin» deb yozib qo‘yilgan?
A) 11-modda
B) 12-modda 
C) 13-modda
D) 14-modda
3. Qaysi qatorda undov so‘zlarga xos xususiyat 
noto‘g‘ri berilgan?
A) undov so'zlar otlashganda gapda ma’lum vazifada 
qo'llanishi mumkin
B) undov so'zlar gap bilan grammatik jihatdan 
bog‘lanishi mumkin 
C) undov so'zlar o‘zi undov gap bo‘lib kelishi mumkin 
D) gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi 
mumkin
4. Faqat ega va kesimdan iborat gap berilgan qatorni 
toping.
A) Kunduz soat to‘rtlar chamasi 
B) Nargiz o‘rta bo'yli, qo‘yko‘z, sarg‘ishroq, cho'ziq 
yuzli edi
C) Sentabrning boshlari edi 
D) O’sha yulduz seniki
5. Ot (ism), ot (hayvon), ot (fe’l) so‘zlari noto‘g‘ri 
tavsiflangan javobni toping.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z 
B) bir xil shakldagi alohida ma’noga ega bo‘lgan 
so‘zlar
C) bir xil shaklga ega bo'lgan uchta so‘z 
D) o‘zaro shakldosh (omonim) so‘z 
6. Tabiat ishlariga qo‘pollik bilan aralashish tufayli 
paydo bo'lgan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida 
ishlangan dorilar bilan tuzatib bo‘lmaydi. Ushbu 
gapdagi yordamchi so‘z turkum(lar)iga mos birliklar 
hamda ular bilan shakllangan bo‘laklar haqida berilgan 
to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Yordamchi so‘zlar bilan shakllangan bo‘laklarning 
barchasi kesimga bevosita tobelangan. 
B) Yordamchi so'zlar bir o'rinda hoi, ikki o'rinda 
to’ldiruvchini shakllantirishga xizmat qilgan. 
C) Yordamchi so‘zlarning ikkitasi sof ko'makchi, 
bittasi vazifadosh bog‘lovchi hisoblanadi.


49 
D) Yordamchi so'zlar ikki o'rinda otni, bir o'rinda 
fe’lni hokim qismga tobelantirgan.
7. Qaysi fe’llar fe,’ldan anglashilgan harakatning nutq 
momentiga nisbatan bajarilish yoki bajarilmaslik 
paytini bildirishiga ko‘ra farqlanadi?
A) o'qiyapnian, o‘qibman, o‘qimoqchiman 
B) o'qidim, o'qiding, o‘qidi 
C) o‘qidi, o‘qitdi, o'qildi 
D) o‘qiy, o‘qisa, o'qisin
8. Qaysi qatordagi birliklar faqat so'zlashuv uslubiga 
xos? 
A) Ovoz bermoq, tasdiqladi, dardiga darmon bo‘ldi 
B) –Valdiramoq, jilvalanmoq, vujudga kelmoq 
C) Masxaralamoq, kuyunmoq, so‘zga chiqmoq 
D) Ming'irlamoq, gap otmoq, maza qilmoq
9. Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitgandim,
So'ylab berardi buvim. Ushbu parcha haqida 
bildirilgan to‘g‘ri fikrni toping. 
A) murakkab qo‘shma gap B) bog‘langan qo‘shma 
gap
C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap 
D) ergashgan 
qo‘shina gap
10. Qaysi qatorda ot va sifat yasovchi shakldosh 
qo'shimchalar qo'llanmagan?
A) Qalamdon – qadrdon 
B) Toshqin - jo‘shqin 
C) Tepki – kechki 
D) Yuzsiz - so‘zsiz 
11. «Jadval» so'zidagi undoshi qaysi xususiyatiga 
ko‘ra ushbu so'zdagi boshqa undoshlarning hech 
qaysisi bilan bir umumiy guruhga mansub bo‘la 
olmaydi?
A) shovqinli yoki sonorligiga ko‘ra 
B) hosil bo'lish o'rniga ko‘ra 
C) jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra 
D) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
12. Sen - Navoiy, sen - Furqat, sen - ruhlar osmonisan,
Sen buyuk munajjimning yulduzga narvonisan,
Boburning Andijonga yetinagan karvonisan, 
Bosh qo‘yib suyanganim - Makkamsan o‘zing, elim, 
Izlab-izlab topganim, yakkamsan o‘zing, elim. 
Ushbu she’riy parchada nechta sodda gap bor? 
A) 4 ta B) 7 ta
C) 5 ta
D) 6 ta
13. «Binobarin» so‘zi qaysi so‘z turkumiga oid so‘z 
hisoblanadi?
A) modal so‘z
B) ravish 
C) ko'makchi
D) yuklama
14. To‘g‘ri hukmni belgilang. 
A) qo‘shma olmoshlar ham qo‘shib, ham ajratib, ham 
chiziqcha bilan yoziladi. 
B) jamlovchi son hosil qiluvchi qo'shimchalar barcha 
sonlarga qo‘shila oladi.
C) undalmalar asosan bosh, tushum, jo‘nalish 
kelishigidagi so‘zlar bilan ifodalanadi. 
D) ajratilgan bo‘lak ichida uyushiq bo‘laklar bo‘lishi 
mumkin 
15. Ov vaqtida Bahrom kiyikni shunday ustalik bilan 
otadiki, bundan Bahromning o‘zi ham bag‘oyat 
hayratga keladi, ammo uning bu san’atiga Fitnaning 
tahsin o‘qib hayratlanmaganligi Bahromni darg'azab 
etadi. Berilgan gap murakkab qo'shma gapning qaysi 
turiga kiradi? 
A) Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap 
B) Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap 
C) Qismlari uyushgan murakkab qo'shma gap 
D) Aralash murakkab qo'shma gap 
16. Sifatning tuzilishiga ko‘ra uch turi ishtirok etgan 
gapni aniqlang.
A) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 
B) Shirinsuxan, oqko‘ngil odamlar mevali daraxtga 
o'xshaydi.
C) Samig’ aka elliklardan oshgan, samimiy, shirinso'z, 
obro‘- e’tiborli odam. 
D) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi 
bemaza qovunga o‘xshaydi. 
17. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Qush 
goh pastlab, goh ko‘tarilib uchadi.
A) o‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar qatnashgan 
B) ayiruv bog‘lovchisi uyushiq kesimlarni bog'lab 
kelgan 
C) uyushiq hol qatnashgan 
D) uyushiq kesim ishtirok etgan 
18. Hoji bobo har gapda bir maqol o'qiydigan ezmaroq 
tabiatli kishi bo‘lsa ham, qo‘li anchagina ochiq, 
xususan, hisobga no‘noqroq odam edi. Yuqoridagi gap 
haqidagi noto‘g‘ri fikrni belgilang.
A) ikkita qoshma sifat bir. 
B) ikki yasama sifat asosi fe’l 
C) ikkita sifat qiyosiy darajada 
D) yasama sifat ot kesim vazifasida kelgan.
19. Quyidagi qaysi so‘z imlosi kabi talaffuz 
qilinmaydi?
A) bo’ynim
B) qo'mondon 
C) yozyapti
D) kelgan
20. Hoy o‘g‘lim, bu yoqqa kel, tezroq!
Berilgan gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan 
ifodalangan? 
A) undov so‘z
B) ega ifodalanmagan 
C) olmosh 
D) ot
21. Hujjatlarga xos sintaktik xususiyat qaysi javobda 
qayd qilingan?
A) tantanavor, bachkana, dag‘al va sheva so'zlar, 
erkalatish va kichraytirish qo'shimchalari, badiiy-
tasviriy so‘zlar qo‘llanmaydi.
B) so‘roq va undov gaplar, odatda, qo‘llanmaydi, 
asosan, ko'proq sodda gaplar, ozroq qo'shma gaplar, 
ularning ergash gap turi ishlatiladi.
C) kichraytirish-erkalatish qo'shimchalari 


50 
ishlatilmaydi. 
D) fe’lni ng aniqlik mayli kamroq, majhul shakli 
ko'proq ishlatiladi.
22. Buyruq gap haqidagi to'g'ri fikr ko'rsatilgan 
javobni belgilang. 
1) buyruq gapning kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan 
ifodalanadi; 2) buyruq gapning kesimi ba’zan tushib 
qolishi mumkin; 3) buyruq gapning kesimi odatda gap 
boshida keladi; 4) buyruq gapning kesimi majhul 
nisbat III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan 
ifodalanishi mumkin; 5) ba’zan III shaxs buyruq 
maylidagi fe’l b-n ifodalangan gapning kesimi II shaxs 
ma’nosida qo‘llanadi; 6) buyruq gapda buyruqni 
kuchaytirish, do‘q-po‘pisa ma’nosi ifodalanganda 
kesim gap oxirida keladi.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 4, 5 
C) 1, 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
23. Har qanday til o'zining nutq tovushlari, so‘zlari 
(iboralari) va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarni qaysi 
bo'limda namoyon qiladi? 
A) sintaksis 
B) frazeologiya 
C) morfologiya 
D) uslubshunoslik
24. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchasi bo‘lmagan 
faoliyat - jarayon oti qaysi qatorda berilgan? 
A) Dadam kunduzi g‘o‘zani chopiq qilib charchagan 
ekan, sira uyg'onmadi. 
B) Ta’tilda o‘qituvchi opamiz sayohatga olib 
boradigan bo‘ldi. 
C) Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. 
D) Otaqo‘zi bo‘lajak kuyovining bachkana qiliqlariga 
ichida bir g‘ijinib qo'ydi.
25. Tafsilotlarni bayon qilishga asoslangan bo‘lib, 
unda epik va lirik xususiyatlar aralashib ketadi. 
Tasvirga muallif bemalol aralashadi, o‘z tuyg'ularini 
erkin ifoda etadi. Gap qaysi janr haqida ketmoqda? 
A) kitobiy doston 
B) nasriy she’r 
C) she’riy roman 
D) doston
26. M. Jalilning «Moabit daftari» to‘plamini kim ona 
tilimizga tarjima qilgan?
A) Mashrab Boboyev
B) J. Kamol 
C) Mamarasul Boboyev 
D) Mirtemir
27. «Bahoriston» asarining muallifini Alisher qanday 
nom bilan ulug‘laydi?
A) Nuran mahdum 
B) Shams ul-millat 
C) ... darveshvash va xushxulq, munbasit kishi ... 
D) ... turkigo‘ydur, balki mashohirdindur ...
28. Gulxaniy, “Zarbulmasal” asaridagi Nuh 
payg‘ambar, Ibrohim alayhissalom, Ahmad Yassaviy 
nomlari bilan maqtanuvchi, dinga va savob ishlarga 
da’vat qiluvchi, lekin tahoratda barmoqlarini chala 
yuvadigan qahramon kim?
A) Xolboqi miskar 
B) Najjoz 
C) Yodgor po‘stindo‘z 
D) Sorbon
29. Uluv himmat yigitlarga kerak pir,
Kamonsiz uchmagay ko‘p bo‘lsa tir. 
Ushbu tasvir qaysi asarda keltirilgan? 
A) «Hayrat ul-abror» 
B) «Gulistoni bit-turkiy» 
C) «Sabot ul-ojizin» 
D) «Rohati dil»
30. «...to‘rt tomonga alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li 
qidirar edim». «Shum bola» qissasidan olingan ushbu 
parchadagi o‘xshatishni toping. 
A) sutga tushgan sichqonday 
B) it quvlagan tulkiday 
C) tulki quvlagan tovuqday 
D) sirlangan xumchaga tushgan sichqonday 
31. Mirkarim Osimning dastlabki tarixiy asari qanday 
ataladi?
A) «To‘maris» 
B) «Shiroq» 
C) «Astrobod» 
D) Ulug'bek va Navoiy» 
32. O’z hikoyatini «o‘sha darvesh men o‘zim edim» 
deb xotimalagan adib nomi qaysi qatorda to‘g‘ri 
berilgan?
A) Xoja 
B) Sa’diy Sheroziy 
C) Rabg‘uziy
D) Nizomiy Ganjaviy 
33. «Sipohiylik rasmlarin qilmayin pisand, 
Yulduzlarning qo‘shiniga bo‘lding farmondor. 
Osmoniy o'Ikalarni olmoqchi bo‘lib, 
Yerdagi naqd diyoringni boy berib qo‘yding ...» 
so‘zlari Mirzo Ulug‘bekka nisbatan kimning tilidan 
aytilgan? («Mirzo Ulug‘bek» dramasida) 
A) Shohruh Mirzo 
B) Amir Temur arvohi 
C) Sakkokiy
D) Qozi Miskin
34. Venetsian ko‘chasida yashovchi 14 yoshli zolim - 
Yangulining chap to‘shining ustiga yozilgan 
«Hellados» so‘zi qay rang va yozuvda edi?
A) qora, yunon 
B) ko‘m-ko‘k, lotin 
C) ko‘kish, lotin 
D) qizg‘ish, lotin 
35. «Me’mor» romanida bo‘ron paytida daryoga yaqin 
yurish xavfli ekanini kim aytadi? 
A) Horunbek
B) Ma’suma beka 
C) Najmiddin Buxoriy 
D) Badia
36. Hans Kristian Andersen ertaklarini o’zbek tiliga 
tarjima qilgan ijodkorni belgilang.
A) Usmon Nosir 
B) Xayriddin Saloh
C) Usmon Qo‘chqor D) Mamarasul Boboyev



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling