1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

38 
14-variant 
1. Masturaning sevgisi, chidami, hijron dog‘lari uning 
o'ziday pok, chiroyli, samimiy, ehtimol, shuning 
uchundir, Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni 
o‘qisa, yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq 
gaplar eshitsa, esiga hamisha Mastura tushadi-yu, 
butun vujudi isyon ko'taradi, bunday gaplarning 
birontasiga ishonmaydi. 
Berilgan ushbu mikromatn tarkibidagi vergullarning 
qo‘llanilish holatlari qaysi qatorda noto‘g‘ri 
izohlangan? 
A) uyushiq bo‘laklar orasida ishlatilgan. 
B) ajratilgan bo'laklarda ishlatilgan. 
C) kiritmalarda ishlatilgan. 
D) qo‘shma gapning qismlari bo'lgan sodda gaplar 
orasida ishlatilgan.
2. Qaysi yurtda g‘arib xo‘r)ansa, o‘sha mamlakat tezda 
vayron bo‘ladi. Ushbu gap haqidagi to‘g‘ri hukmlarni 
belgilang. 
1) hol ergash gapli qo‘shma gap; 2) havola bo‘lakli 
qo'shma gap; 3) aniqlovchi ergash 
gapli qo‘shma gap; 4) bosh gap tarkibida yasama 
ravish qo‘llangan. 
A) 2, 3, 4
В) 1, 4
С) 1, 3
D) 2, 3 
3. – Davlat uchun qo'shinning ne darajada kerakli 
ekanini biz ham bilurmiz, - majlisga qarab gapirdi 
Navoiy. Ajratib ko'rsatilgan so'zdagi ma’no ko'chish 
turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya 
C) sinekdoxa
D) kinoya 
4. Qaysi gapda yasama shaxs otlarining miqdori 
ko‘proq? 
A) Baqqollar, nonchilar, samovarchilar issiqdan 
garang. 
B) Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu 
tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan 
chopadi.
C) Bu mahallada baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda 
serob. 
D) Aravakash mo'mingina muloyim, kamgap kishi.
5. Undov so‘zlarning qo'llanish darajasi qaysi uslubda 
cheklangan?
1) so'zlashuv; 2) badiiy; 3) publitsistik; 4) rasmiy; 5) 
ilmiy.
A) 3, 4, 5
В) 1, 2, 3, 5 C) 4, 5
D) 1, 3, 4
6. Taqlid so'zdan yasalgan fe’l bilan ifodalangan holat 
holi qaysi gapda ko'makchi fe’lli so‘z qo'shilmasi bilan 
ifodalangan fe’l kesimga bevosita tobelangan? 
A) Shunda to‘satdan yuragi tez- tez gursullab ura 
boshladi. 
B) Sovuqdan bolalar dir-dir qaltiray boshladi. 
C) Karavot simlari asabiy g‘ijirlab ketdi. 
D) Ikki soatlik majburiy hordiq tamom bo‘lgandan 
keyin kasalxona gavjum bo‘lib ketadi. 
7. Qaysi so‘zlarda ikki xil keng unli yonma-yon 
keladi?
1) zo...magazin; 2) mu...llif; 3) ta...mil; 4) mu...vin; 5) 
ge...log; 6) d....ira; 7) sho...r; 8) ma...sh. 
A) 3, 8
В) 1, 2, 5 
C) 2, 5, 8
D) 1, 3, 4
8. Qayerdadir qulog‘iga chalingan gaplar esiga tushdi: 
agar yutqazgan odam pulni to'layolmasa, xotinini olib 
borib berarkan. Berilgan gapda nomustaqil kesimga 
bilvosita bog‘langan bo‘lak tarkibidagi ko‘makchi 
morfemalarga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang. 
A) orttirma nisbat, sifatdosh
B) majhul nisbat, sifatdosh 
C) egalik, kelishik 
D) kelishik, affiks yuklama
9. Undalmalar qaysi uslublarda qo'llanganda, badiiy va 
publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-
ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi?
A) so'zlashuv B) badiiy va publitsistik, ilmiy 
C) rasmiy, badiiy va publitsistik 
D) so‘zlashuv badiiy va publitsistik 
10. Keltirilgan atamalardan tilshunoslikning sintaksis 
bo'limiga tegishli bo‘lganini aniqlang. 
A) ajratilgan bo‘lak, nomustaqil kesim, erkin birikma 
B) teng bog‘lanish, erkin birikma, munosabat shakllari 
C) turg‘un birikma, bog‘lama, vergul 
D) undalma, modal so‘z, kiritma 
11. Qaysi qatordagi so‘zlar alifbo tartibida 
joylashtirilgan bo‘lib, ularning jarangsiz tovushini 
jarangli jufti bilan almashtirilganda lug‘aviy ma’no 
o‘zgaradi? 
A) tup, paqir, avzal B) til, tola, change 
C) bosh, tong, tup 
D) tor, tik, bosh
12. Qaysi so'zlarda nuqtalar o'rniga chuqur til orqa 
undoshi qo'yilishi kerak?
1) a...loq; 2)...ayolparast; 3) ...ol-a...vol; 4) ...alokat; 5) 
...alqparvar; 6) mu...lis
A) 1, 2, 5, 6 В) 1, 3, 4, 5 
C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 5, 6
13. Qaysi gapning kesimi unli va jarangli 
undoshlardan tarkib topgan sodda yasama so‘z bilan 
ifodalangan?
A) Paxta va zig'ir tolasidan tayyorlangan matolar 
namlab yoki suv purkab, yaxshi quritilmay 
dazmollanadi.
B) Kimyoviy tolalardan to‘qilgan matolar 
dazmollanayotganda dazmol qattiq qizdirilmasligi 
kerak. 
C) Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-
birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon 
bo'lmaydi. 
D) Aytmagan so'zni ayttirib bo'lmas, aytilgan so'zni 
qaytarib bo'lmas. 
14. Qaysi qatordagi iboralar ma’nosi to‘g‘ri emas? 
A) Yerga ursa ko‘kka sachraydi - juda sho‘x 
B) Tepa sochi tikka bo‘lmoq - jahli chiqmoq 


39 
C) Podadan oldin chang chiqarmoq – shoshilmoq 
D) Og'ziga tolqon solmoq - ko‘p ovqat yemoq 
15. Qaysi gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etgan? 
A) Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi. 
B) Abdushukur bu yerdan tezda chiqib ketish payiga 
tushdi. 
C) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqirilib, katta ziyofat 
berilibdi. 
D) Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda qittay 
ham qolmagan. 
16. Bir so‘zi ma’noni kuchaytirish uchun ishlatilgan 
javobni aniqlang. 
1) bir gurunglashaylik; 2) bir odam sizni kutib 
o‘tiribdi; 3) bir qo'rqdim; 4) Tiling bilan ko‘nglingni 
bir tut; 5) Qonun oldida hamma bir; 6) o'tirganlardan 
bir-bir so‘rab chiqdi; 7) bir kulib, bir yig‘lardi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 6, 7 
С) 1, 3 D) 4, 5, 6, 7
17. ... Tandir kabi cho‘l qizig‘ida
Qizaribsan misoli shirmon.
Ushbu parchada qo‘llangan ko‘makchi morfemalar 
sonini toping. 
A) 3 ta B) 4 ta
C) 5 ta
D) 6 ta 
18. O’zaro bir xil so‘z turkumiga mansub so'zlar qatori 
to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 
1) chirindi, bilindi; 2) qirildi, sog‘ildi; 3) qirildi, 
bilindi; 4) sog‘ildi, chirindi. 
A) 2, 3
B) 3, 4
С) 1, 4
D) 1, 2, 3
19. Berilgan misollardan emotsional-ekspressiv 
bo‘yoqdor so‘zni toping. 
A) jamol
B) bashar C) boyaqish D) mullajiring
20. Turkiy tillarga oid dastlabki yodgorliklar qaysi 
asrlarga tegishli? 
A) VIII-IX
B) X-XI 
C) V-VI D) VI—VII
21. Masturaning sevgisi chidami hijron dog‘lari uning 
o‘ziday pok chiroyli samimiy ehtimol shuning 
uchundir Mashrab vafosizlik to‘g‘risidagi kitoblarni 
o‘qisa yo erkaklar og‘zidan xotin-qizlar haqida shaloq 
gaplar eshitsa esiga hamisha Mastura tushadi-yu butun 
vujudi isyon ko‘taradi bunday gaplarning birontasiga 
ishonmaydi.
Berilgan ushbu mikromatn tarkibida nechta vergul 
tinish belgisi qo‘llaniladi? 
A) 9 ta
B) 8 ta
C) 10 ta 
D) 11 ta 
22. Sinonim so‘zlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) Ozod, erkin, mustaqil 
B) Soqchi, poyloqchi, qo‘riqlash 
C) Istamoq, xohish, tilak 
D) Yorug’, dang'illama, keng 
23. Qaysi gapdagi barcha fonetik o'zgarishlar faqat 
munosabat shaklini yasovchi qo'shimchalar ta’sirida 
ro‘y bergan?
A) Shunisi borki, yarador oyog‘i ko‘proq lat yegan 
bo‘lsa kerak, u qop ko'targanda qiynalib yurdi. 
B) Shunday bo‘lmog‘iga barcha asoslar bor edi, 
chunki ular bir qishloqda o‘sib ulg'aygan edilar, 
bunisining asrori unisiga ayon edi.
C) Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari 
kengaygandi, katta ko'zlari dumaloq shakl olgan edi.
D) Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, sening 
ziyoratingga keldim, sultonim.
24. U akasi bilan suvsiz cho‘lga suv chiqardi. Ushbu 
gapdagi munosabat shakli bilan omonim bo‘la 
oladigan morfema(lar) haqida berilgan qaysi fikr 
to‘g‘ri emas? 
A) gapning grammatik asosi tarkibida qatnashishi 
kuzatilmaydi 
B) hokim qismga bitishuv usulida bog'langan so‘z 
tarkibida qatnashishi kuzatiladi 
C) bunday morfemaga ega bo‘lgan so‘z gapda faqat bir 
o'rinda qatnashgan 
D) o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantirgan
25. Navoiy kimni she’riyatda to‘g‘ri, oddiy ifoda 
yo‘sinidan foydalangani uchun «turkona aytur edi» 
deb ta’riflaydi?
A) Sakkokiyni
B) Lutfiyni 
C) Gadoiyni
D) Atoiyni
26. «Odamga quvvat beradigan umid, uning boshini 
toshdan qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy 
hayot manzarasidir» - deya ta’riflangan asar qaysi?
A) «O’tkan kunlar» B) »O’tmishdan ertaklar»
C) «Ufq» 
D) «Mehrobdan chayon»
27. Qaysi ijodkorga o‘z g‘azalida yori tomonidan 
«ko‘zi to‘ymas gado» degan ta’rif berilgan? 
A) Lutfiy 
B) Gadoiy 
C) Sakkokiy
D) Atoiy
28. Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» fojiasida xon 
butun janjalni nima bitiradi deydi? 
A) sulh
B) jang 
C) o‘lim 
D) g‘alaba
29. «Yo vafo yo‘q turur bu olamda,
Yo kishi qilmadi jahonda ani.
Mendan o‘q ilmin o‘rganib ketkan,
Oqibat qildi ul nishona mani». Ushbu she’r Sayfi 
Saroyining «Gulistoni bit-turkiy» asaridagi qaysi 
hikoyat xulosasi sifatida keltiriladi? 
A) Tuz haqini to‘lagan No'shiravoni odil haqidagi 
hikoyat 
B) Sayohatga chiqqan ikki xurosoniy faqir haqidagi 
hikoyat 
C) Bir kurashchi pahlavon hamda uning oqibatsiz 
shogirdi haqidagi hikoyat 
D) O’g’ri va tilanchi haqidagi hikoyat
30. Asarda ovi baroridan kelgan qoplonga qiyoslangan 
qahramon qaysi? 
A) Suhrob 
B) Jobir C) Sherxon D) Poshshaxon 
31. Hajviy yo‘nalishda bitilgan romanlarni aniqlang.
A) «O’n ikki stub, «Yovuz niyatli kishi», «Yelvizak» 
B) «Chiqdi», «Tanobchilar», «Qiyshiq oyna» 
C) «Yovuz niyatli kishilar», «Chiqdi», «Qiyshiq oyna» 


40 
D) «O’n ikki stul», «Oltin buzoqcha», «Yelvizak»
32. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan? 
Men suyumli edim, sen meni suyumliroq qilding. 
Go‘zal edim, sen meni go‘zalroq qilding. 
Dilbar edim, sen meni dilbarroq qilding. 
Baland poygohli edim, sen meni yana ham baland 
poygohli qilding. 
A) «Yatimat ud-dahr» 
B) «Bilga xoqon» 
C) «Avesto»
D) «Kultegin»
33. Navoiyshunoslar «begona bayt» tushunchasiga 
bergan ta’riflari qaysi javobda to‘g‘ri saralangan?
1) Abduqodir Hayitmetov; 2) Y. Is’hoqov; 3) 
Najmiddin Komilov; 4) Porso Shamsiyev.
a) «lirik chekinish»; b) «begona yoki qistirma baytlar»; 
c) «gardish»; d) «bozgasht» («qaytish»). 
A) 1-b; 2-a; 3-c, d 
B) 1-a; 2-b; 3-c, d 
C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d D) 1-b; 2-a; 3-d; 4-d
34. «...birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda 
beg'oyat va birining latif g'azaliyoti intishori Iroq va 
Xurosonda benihoyatdur». Navoiyning ushbu ta’rifi 
qaysi ijodkorlar haqida? 
A) Sakkokiy va Lutfiy 
B) Sakkokiy va 
Gadoiy 
C) Atoiy va Lutfiy 
D) Atoiy va Xorazmiy
35. «Qiblanoma» so‘zining ma'nosi qaysi qatorda 
to‘g‘ri berilgan?
A) yulduzlar jadvali B) namoz vaqti jadvali 
C) kompas 
D) teleskop
36. Ballada janriga oid bo'lmagan asarni toping.
A) «Ikki vasiqa» (G'afur G‘ulom) 
B) «Uch qiz afsonasi» (Shuhrat) 
C) «Qullar kemasi» (Haynrix Hayne) 
D) «Muqanna» (Hamid Olimjon)

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling