1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

35 
13-variant 
1. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini 
anglab yetish insonlikning birinchi shartidir.
Berilgan gap tarkibida so‘zlarga qo‘shimcha qo'shilishi 
natijasida qanday fonetik o‘zgarishlar ro‘y bergan? 
A) tovush orttirilishi B) tovush orttirilishi va 
o‘zgarishi 
C) tovush tushishi 
D) tovush o‘zgarishi 
2. Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan 
gapni aniqlang. 
A) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil 
bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, 
qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. 
B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu 
burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali 
g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo'rqitolmas edi. 
C) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo'lishi ham 
mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng 
muhimi, qor ustiga qor yog‘ib, dashtda qolib ketishlari 
ehtimoldan xoli emas. 
D) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish 
tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular 
kutganday mudhish edi!
3. Qaysi gaplarda qatnashgan o‘zaro shakldosh 
qo'shimchalar urg‘u olish yoki olmasligiga 
ko‘ra farqlanmaydi?
1) Kechki taom payti tog‘da ko‘chki bo'lgani haqida 
xabar berildi; 2) Bu yigitcha o‘zini 
oqlashga tirnoqcha asos topolmadi; 3) Qat-qatgina 
qatlama, aqling bo'lsa, tashlama; 4) Qadrdon 
kundaligim, senga hech bir so‘z yozmaganimga ancha 
bo‘ldi, mana, bugun 
qalamdon ichida turgan qalamimga yana qo‘l uzatdim.
A) 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 4 
C) 2, 3
D) 1, 4 
4. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarning 
bog‘lovchisiz birikishi qaysi qatorda berilgan?
A) Yo‘lchi so‘zini bitirgach, Abdushukur iljaydi.
B) Dalani bir aylangan kishi ravshan ko‘radiki, 
ishimizda behad kamchiliklar bor.
C) Xalqlar bir-birlarining san’atini va madaniyatini 
qanchalik yaxshi bilsalar, ularning bir-birlariga 
hurmati shunchalik oshadi.
D) Bu yigitning yoshi o‘ttizlarga borib qolgan, 
qiyofasida qandaydir ulug'vorlik bor edi. 
5. Bo'lishsizlik shakli orqali tasdiq ma’nosini 
ifodalagan ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
qatnashgan gapni aniqlang. 
A) Tejamlilik pulni faqat yaxshilik keltiradigan 
ishlarga sarflash, ya’ni hech narsani isrof qilmaslikdir. 
B) Adolat hech kimga zarar keltirmaslik, adolatsizlik 
qilmaslik va zimmadagi ezgu ishlarni bajarmay 
qo‘ymaslikdir.
C) Oyqizning yuzlari qizarib ketdi, uyalganidan 
boshini quyi solib, indamay qoldi. 
D) Me’yor hech narsada haddan oshmaslik, 
adolatsizlik tufayli tug'iladigan alam tuyg‘usini imkoni 
boricha tiyishdir.
6. «O’qur bo‘lsang, o‘q ur nafsing ko‘ziga...», «Og‘ir 
jisming agar bo‘lsin desang sog‘, Sanoch og’zin san 
och, albatta, kamrog’...», “So‘zing tiklab ko‘ngil 
buzguncha, tik lab!” Ushbu «o'ynatib» ishlatilgan 
satrlar muallifi kim?
A) Lutfiy 
B) Atoiy 
C) AlisherNavoiy 
D) So‘fi Olloyor
7. Remarkalar qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? 
A) tire
B) ikki nuqta 
C) qo'shtirnoq
D) qavs 
8. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib 
ko'rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida qanday tinish 
belgisi ishlatiladi?
A) so'roq 
B) nuqtali vergul 
C) ikki nuqta
D) undov
9. Sodda gapning to‘liq sintaktik tahlilida quyida 
berilgan vazifalardan qaysilarini amalga oshirish 
kerak?
1) gapda so‘zlarning o‘zaro bog'lanishi bo'yicha tahlil; 
2) gap bo‘laklarini aniqlash; 3) gapda qaysi so‘z 
turkumiga oid so‘zlar borligini aniqlash; 4) gap 
qurilishi bo‘yicha tahlil; 5) gapda nechta tinish belgisi 
borligini aniqlash.
A) 2, 3, 4 
B) 1, 2, 3, 5 
C) 1, 2, 4, 5 
D) 
1, 2, 4 
10. Hozir savolingizgagina javob berishdan ko‘ra, 
avvalo, jamoamiz bilan birga vaziyatni yaxshilab 
o‘rganib chiqishni va tegishli xulosaga kelgandan 
so‘ng sizga xabar berishni ma’qul topdik. Ushbu gap 
haqidagi qaysi fikr xato?
A) gapda 3 ta turlangan fe’l mavjud. 
B) -gina (yuklama), ko‘ra (vazifadosh ko‘makchi), 
avvalo (modal so‘z), bilan (sof ko‘makchi), va 
(bog‘lovchi), so‘ng (vazifadosh ko‘makchi).
C) Harakatning to‘la yakunlanganini bildiradigan 
ko'makchi fe’l qatnashgan. 
D) yuklama so‘zga qo'shimcha ma’no yuklagan. 
11. Quyida berilgan ko'chirma gapli qo‘shma 
gaplarning qaysi birida tinish belgilarining qo‘llanish 
qoidasiga rioya qilinmagan?
A) «Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq 
solgaysiz, - dedi Bibixonim keliniga, - aytganlarini 
so'zsiz bajargaysiz».
B) Ertoyevning gapini eshitmagan Inobat birinchi unga 
yuzlanib: «Umarov uka, - dedi sekin, unisiyam kerak
bunisiyam kerak». 
C) Qaynonasi Bibixonim:
«Bu in’omning teran ma’nosi bor», - dedi sirg‘alarni 
kelinining qulog‘iga taqib qo‘yar ekan. 
D) Guli dedi: «G'azaldan bahr topmag‘an kim?»
12. Ega qaysi grammatik shakllarni qabul qilishi 


36 
mumkin? 
A) shaxs-son, kelishik 
B) egalik, ko‘plik 
C) egalik, kelishik, shaxs-son 
D) egalik, shaxs-
son 
13. Taqlidlar tuzilishiga ko‘ra necha xil? 
A) 3 xil
B) 4 xil 
C) turi yo‘q D) 2 xil
14. Paronimlik bilan bog‘liq xato mavjud gapni 
aniqlang. 
A) Mol-dunyoga hirs qo‘yma, ochko'z bo‘lma. 
B) Ezgu ishni ko‘z-ko‘z qilma, maxtanchog’ bo'lma. 
C) G'azapdan o‘zingni asra, chunki g‘azab tufayli 
inson o‘z ishlarini, ezgu maxsatlarini unitadi.
D) O’z ruxing bilan ziddiyatga tushmaslikning birdan 
bir yo‘li foydali mehnatdir. 
15. Adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos 
tuganmas manba vazifasini o‘tasa-da, ular adabiy til 
me’yorlaridan tashqaridadir. Ushbu ta’rif quyida 
berilgan qaysi so'zga xos?
A) xonaqoh B) g‘o‘ch 
C) yog‘iy
D) murshid
16. «Changitib» so‘zi tarkibida qanday ko‘makchi 
morfemalar ishtirok etgan? 
A) 1 ta so‘z yasovchi, 1 ta lug'aviy shakl yasovchi, 1 ta 
sintaktik shakl yasovchi morfema 
B) 1 ta so‘z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi morfema 
C) 2 ta so‘z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi morfema 
D) 1 ta so‘z yasovchi, 2 ta shakl yasovchi morfema 
17. Qaysi gapda tarkibida fe’lning vazifa shaklini hosil 
qiluvchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan 
nisbat qo‘shimchasi qatnashgan qo'shma fe’l mavjud?
A) Tuproq uyumidan sakrab o'tgan Alijon qaytarma 
etigiga yopishgan changni jahl bilan qoqdi.
B) Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarga kun sayin talab ortib bormoqda. 
C) Ko‘klam kelib, butun mavjudot qaytadan 
yasharmoqda. 
D) Shu bilan uzoqdagi tog’ oraliqlaridan boshlangan 
qorong‘ilik asta-sekin hamma yoqqa tarala boshladi.
18. Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi, 
Sa’va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi. 
Gapdagi uyushiq bo‘laklar haqidagi noto‘g‘ri hukmni 
aniqlang. 
A) Uyushiq aniqlanmishlar ega vazifasini bajargan. 
B) Gapda ega va aniqlovchi uyushgan. 
C) Uyushiq egalar faqat bir turkumga oid so‘zlar bilan 
ifodalangan. 
D) Kesimga bilvosita va bevosita tobelangan bo‘laklar 
uyushib kelgan. 
19. O’zbekiston Vatanim mening. Bunday ozod va 
obod mamlakatni bobolarimiz orzu qilishgan. 
O’zbekistonning jahondagi obro‘yi kundan kunga 
oshmoqda.
Ushbu parchadagi so‘zlar imloeida necha o'rinda 
fonetik o'zgarish bo'lgan? 
A) 3
В) 1
C) 2
D) 4 
20. Kishilik olmoshlari turlanganda qanday fonetik 
hodisa kuzatiladi? 
A) tovush almashishi B) fonetik o‘zgarish 
kuzatilmaydi 
C) tovush tushishi va orttirilishi 
D) tovush tushishi 
21. Ayol - go‘zallik, nafosat va muhabbat timsoli, ayol 
bilan bog‘liq bu tuyg'ular Sharqda asrlardan beri 
qadrlanib kelingan. Ushbu gapdagi tobe bog'lanishlar 
soni va ularning turlarini aniqlang.
A) 10 ta: 3 ta boshqaruv, 2 ta bitishuv, 5 ta moslashuv 
B) 9 ta: 2 ta boshqaruv, 3 ta bitishuv, 4 ta moslashuv 
C) 8 ta: 2 ta boshqaruv, 3 ta bitishuv, 3 ta moslashuv
D) 7 ta: 2 ta boshqaruv, 2 ta bitishuv, 3 ta moslashuv 
22. Faoliyat-jarayon oti to'ldiruvchi vazifasida 
kelmagan gapni belgilang. 
A) Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: 
duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik - 
hammasini eplaydi.
B) Ancha ovoragarchilik bilan bir mashina paxta olib 
qaytdik. 
C) Shomurod asli yilqichining bolasi, dehqonchilikni 
xushlamaydi. 
D) Bilim kishining ko'nglini yoritadi, unga ro‘shnolik 
beradi.
23. Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat 
qiladigan til vositasi deb nimaga aytiladi? 
A) grammatik shakl B) munosabat shakli 
C) sintaktik birlik 
D) ellepsiya
24. Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar 
qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha 
tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so'zda 
mujassamlashgan.
Berilgan gap tarkibidagi nechta so‘z tarkibida sonor 
tovushlar qatnashmagan? 
A) Bitta
B) Ikkita 
C) Uchta
D) To‘rtta 
25. «Keskir isfihonni boylab belingga,
Qo‘sh po‘pakli nayza ushlab qo‘lingga ... « ushbu 
parch a qaysi dostondan olinganini va tagiga chizilgan 
so‘zning ma’no ko‘chish turini aniqlang. 
A) «Ravshan» metonimiya 
B) «Kuntug‘mish» metafora 
C) «Alpomish» sinekdoxa 
D) “Rustamxon” vazifadoshlik 
26. Oshar eldin seni tutganda oting
Quyosh yang‘lig‘ jahonni tutti oting. Ushbu misralarda 
qo'llangan badiiy san’at turini toping. 
A) tashbeh, ruju 
B) mubolag‘a, tamsil 
C) tanosub, ishtiqoq D) tashbeh, tajnis
27. Qaysi javobda Chingiz Aytmatovning qissa janrida 
yozilgan asarlari ko‘rsatilgan? 
1) «Alvido, Gulsari»; 2) «Qiyomat»; 3) «Yuzma- 
yuz»; 4) «Tog‘lar qulaganda»; 5) «Birinchi 


37 
muallim».
A) 2, 3, 4, 5 В) 1, 3, 5 
C) 2, 3, 5
D) 1, 2, 4
28. U «or-nomus»ni biladigan va uni qo'riqlaydigan 
kishi. U o‘zining va oila a’zolarining ustiga chang 
qo‘ndirishni istamas, oilasi bilan hech qanday oilani 
tenglashtirmas edi.
Ushbu so‘zlar Oybekning «Qutlug’ qon» romanida 
qaysi qahramon haqida? 
A) Tantiboyvachcha B) Hakimboyvachcha 
C) Salimboyvachcha D) Mirzakarimboy
29. Cho‘ponlar qo'shxonasida Alpomish tush ko‘radi. 
Unda Payg‘ambar (a.s.) minib olgan duldulning 
jilovdori kim edi? 
A) Shohimardon pir B) Rajabxo‘ja eshon 
C) Bobo Qambar 
D) Alpomishning o‘zi
30. «Ot tepkisini ot ko‘taradur» iborasi qaysi asarda 
keltirilgan?
A) «Qutlug‘ qon» romanida
B) «Sohibqiron» dramasida 
C) «Ulug'bek xazinasi» romanida 
D) «Kecha va kunduz» romanida 
31. Bir dev bor ichimda, asti pinhon bo'lmas,
Boshini egmak oning oson bo‘lmas.
Ushbu misralar muallifi?
A) J.Rumiy B) N. Kubro C) Yassaviy D) A.Navoiy 
32. Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki yirik 
asari qaysi?
A) «To'maris»
B) «Shiroq» 
C) «Astrobod» 
D) «Iskandar va Spitamen» 
33. Abu Mansur as-Saolibiyning «Yatimat ad-dahr» 
asarida «Ikkita narsa bor, agar ko‘zlarim ular haqida 
qon to'kib yig‘laganda, ularga halokatdan xabar 
qilingan bo‘lardi va ular yashashi kerak bo‘lgan 
vaqtning o'ndan birini ham ko‘rmagan bo'lardilar», deb 
yozilgan. Bu parchada ko‘zda tutilgan ikki narsa nima?
A) ota va ona 
B) umrning o‘tib ketishi, o‘lim xabar keltirgan 
C) yoshlikning o‘tishi, do'stlardan judo bo‘lish 
D) yaqin do'stlaridan va sevgan yoridan judo bo‘lish 
34. Quyidagi topishmoqning javobini toping. 
Og'izdan chiqquncha meniki, og‘izdan chiqqani elniki. 
A) so‘z
B) ilm
C) gap D) til 
35. Asli shahrisabzlik bo‘lgan ijodkor «Xamsa»sining 
birinchi dostonini belgilang. 
A) «Maxzan ul-asror» 
B) «Matla’ ul-anvor» 
C) «Hayrat ul-abror»
D) «Tuhfat ul-ahror»
36. «Ikki o‘rim qora sochini boshiga chambarak qilib 
o‘rib, ustidan tang'ib olgan oppoq 
durrasi uning bug'doyrang kulcha yuziga shunday 
yarashib tushar ediki, asti qo'yaverasiz!» ushbu ta’rif 
qaysi adabiy qahramonga tegishli? 
A) Kumush B) Zebi 
C) Ra’no
D) Jamila



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling