1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

43 
16-variant 
1. O‘z va ko‘chma ma’nolarga ega bo'lgan so‘z ... 
deyiladi. 
A) mustaqil so'zlar B) atamalar 
C) ko‘p ma’noli so‘zlar 
D) bir ma’noli so'zlar
2. Remarkalar qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? 
A) tire
B) ikki nuqta 
C) qo‘shtirnoq 
D) qavs 
3. Berilgan gapdagi fe’llar tarkibida lug‘aviy shakl 
yasovchi qo'shimchalar necha o'rinda qo‘llangan? Bu 
yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy 
taomlar, qulay shart- sharoitlar va yuqori darajada 
ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga so‘zsiz manzur 
bo‘lishiga ishonchingiz komil bo'lsin. 
A) 5 B) 6 
C) 7 
D) 4 
4. Berilgan til birliklaridan nechtasi asos morfema 
holatida ham, so‘z va shakl yasash holatida ham kela 
oladi?
1) (-) don; 2) (-) xon; 3) (-) soz; 4) (-) xona; 5) (-) in; 
6) (-) lab; 7) (-) ov. 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta
5. Bosh harflarning ishlatilishida xatoga yo‘l 
qo‘yilgan qatorni toping. 
A) Toshkent traktor zavodi 
B) Toshkent Davlat yuridik instituti
6. Qaysi qatordagi ko‘chirma gapli qo'shma gapning 
ko‘chirma gap qismi ega ergash gapli ergashgan 
qo‘shma gapdan iborat? 
A) Suqrot aytadi: «Takabburlik va zulm - ulug'likning 
ofati, muloyimlik va tavoze esa insonning ziynatidir». 
B) Odil sud dedi: «Bu savollardan ma’lum bo'ldiki, 
aybnoma uydirma emas». 
C) Sofdil vazirlardan biri: 
«Ey podshohi olam, har kim g‘azabini ichiga yutsa, u 
gunohkorning gunohidan o‘tadi deyapti».
D) Donolar deydi: «Bilingki, jim turib salomat 
bo'lish, gapirib malomatga qolishdan afzal». 
7. Qaysi gapda yasama ravish bor? 
A) Shu payt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab 
kulib yubordi. 
B) Ertaga o‘rtoqlarimga toza maqtanadigan bo‘ldim-
da. 
C) Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z 
loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapirib 
keldi, aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo 
tushunmasdi.
D) Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o‘g‘lini qabul 
qilib olganiga bir hafta bo‘lgan bo‘lsa, ham uni 
darrov tergovga chaqirmadi. 
8. Bo‘lib o'tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat 
haqida oddiy axborot berish qanday matnga xos? 
A) tavsifiy matn 
B) ma’lumotnoma matni 
C) ijodiy matn 
D) insho matni
9. Quyida berilgan so'zlarning qaysilarida -li, -kor 
qo'shimchalarini sinonim sifatida qo‘llash mumkin? 
1) go‘sht; 2) gunoh; 3) yurak; 4) kuch; 5) jafo.
A) 3, 5
В) 1, 3
C) 2, 5
D) 2, 4
10. «g‘o‘nan» bu – ? 
A) 2 yoshli tuya 
B) qari urg'ochi ot 
C) 2 yoshli ot
D) 3 yoshli ot
11. Siz o‘z millatingizning ko‘z qarog'larisiz (1) 
ammo unutmang (2) tanbal (3) daqqi (4) bezori kishi 
ma’naviy nogiron (5) degan so‘z.
Berilgan gapda qaysi o‘rinlarda vergul ishlatilishi 
kerak? 
A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 2, 3, 4, 5 
С) 1, 3, 4
D) 1, 2, 3, 4
12. Qaysi qatorda tub sifat berilgan? 
A) Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, 
rangpar kishi. 
B) Do‘mbirachi qadimgi qozoq hayotidan dostonlar 
kuylamoqda. 
C) Xuddi birov ular shoxiga bir satil qizil bo'yoqni 
sepib tashlaganday. 
D) Suv shishadek tiniq. 
13. Berilgan sinonimik qatordagi qaysi so‘z hatto 
o'simliklar qabul qiladigan ovqat ma’nosini ham 
bildiradi?
A) xo‘rak
B) yemish 
C) oziq 
D) tomoq
14. She’r yozdi. Mazkur gapning kesimi majhul 
nisbatdagi fe’lga aylantirilganda gapda qanday 
grammatik o'zgarishlar kuzatiladi? 
1) zamon ma’nosi o‘zgaradi; 2) to‘ldiruvchi egaga 
aylanadi; 3) o'timli fe’l o‘timsiz fe’lga aylanadi; 4) 
so‘zlovchining fe’ldan anglashilgan harakatga 
munosabati o‘zgaradi. 
A) 1, 2, 3
B) 2, 4
C) 2, 3
D) 1, 4
15. Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda 
ko‘chirma gap tarkibidagi qaysi bo'laklik ekanlik kabi 
shakllarni olib, o‘z vazifasini o'zgartiradi? 
A) ega
B) to'ldiruvchi 
C) kesim 
D) aniqlovchi 
16. Quyidagilardan qaysilari publitsistik uslubning 
yozma shakliga mansub?
1) ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh 
maqolalar; 2) felyetonlar; 3) pamfletlar; 4) 
murojaatnomalar; 5) ilmiy xulosalar; 6) 
deklaratsiyalar; 7) chaqiriqlar.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
B) 1, 2, 3, 4, 6, 7 
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4 
17. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida ko'chma 
ma’noli so'zning hosil bo'lishi qaysi gapda uchraydi?
A) Nafasi tomog'iga tiqilib, gapirishi qiyinlashdi. 
B) O’sha qonxo‘rlar meni oidirib ketisha qolsa 
bo'lmas ekanmi? 
C) Labing tegsa, hasad qilgum Gilos birlan uzumdan 
ham. 
D) Qator-qator o‘tqazilgan yosh va nimjon nihollar 


44 
endigina yaproq chiqargan edilar. 
18. Poyingda shu jannat tufroq Istiqlol,
Boshingda bulutsiz samo hurlikdir.
Beshigingda chaqnab yotar istiqbol.
Mustaqillik tili, dili birlikdir. She’riy parchada ismlar 
guruhiga kiruvchi yasama so'zlar necha xil so‘z 
turkumiga oid?
A) 3 B) 2 
C) 4 
D) 1
19. Hokim bo‘lmasam ham,
Men aytay sizga.
Uzoq yashamoqqa
Bor bitta yorliq.
Mingga kirmasak ham,
Kirardik yuzga, 
Dunyoda bo‘lmasa dilozorlik. Ushbu she’riy parcha 
kesimlik ma’nosi bilan shakllangan nechta gapdan 
tashkil topgan?
A) 6 ta
B) 7 ta
C) 5 ta
D) 4 ta
20. Hozir savolingizgagina javob berishdan ko‘ra, 
avvalo, jamoamiz bilan birga vaziyatni yaxshilab 
o‘rganib chiqishni va tegishli xulosaga kelgandan 
so‘ng sizga xabar berishni ma’qul topdik. Ushbu gap 
haqidagi qaysi fikr xato?
A) gapda 3 ta turlangan fe’l mavjud. 
B) -gina (yuklama), ko‘ra (vazifadosh ko‘makchi), 
avvalo (modal so‘z), bilan (sof ko‘makchi), va 
(bog‘lovchi), so‘ng (vazifadosh ko‘makchi).
C) Harakatning to‘la yakunlanganini bildiradigan 
ko'makchi fe’l qatnashgan. 
D) yuklama so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklagan.
21. Gaplaringizdan juda shodman, lekin mana bu 
cho‘pon hamma gapdan, hatto mendan, mening 
hayotimdan ham xabardor bo‘lgan Qo‘ychibor aka 
kim bo‘ldi? 
Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’no turlari 
ishtirok etmagan? 
A) O’zlik, bo‘lishsizlik, gumon 
B) Ko‘rsatish, kishilik, belgilash 
C) O’zlik, so‘roq, bo'lishsizlik
D) Kishilik, gumon, so‘roq
22. So‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar 
shakldosh holda qo'llanmagan javobni belgilang.
A) Bilimdon – qalamdon 
B) Kelinchak – erinchak 
C) Qizcha – erkakcha 
D) Barnoxon – kitobxon
23. Moslashuv usuli bilan hosil bo'lgan birikmalar 
berilgan qatorni toping. 
A) Choy quti, yoshlar jamg'armasi, paxta hisobi 
B) Gullar oralab, mamlakat Prezidenti, dil so‘zlari 
C) Farovonlik haqida kitob, yerni o'lchash, ogohlikka 
da’vat 
D) Go‘zal hissiyot, ishlashiga kafolat, ta’til kunlari
24. Qaysi gaplarda sof ko‘makchi qatnashgan?
1) Gap orasida menga qarata: «Sen o‘lgur menga 
bugundan boshlab ikki tomonlamaf- yaqin bo‘lib 
qolding», - deb yubordi; 2) Palataga kirib borganim 
sari meni vahima bosardi; 3) Kasbim sharofati bilan 
baribir qaysi jumlangiz yolg‘on ekanini gapingiz 
ohangidan bilib olaman; 4) Ona urug'im haqida 
boshqa narsani bilmayman, bilganim shuki, onamlar 
siz kabi bo‘lishni xush ko'radilar.
A) 2, 3, 4
B) 2, 3
С) 1, 2, 3
D) 1, 3, 4
25. «Bemor» hikoyasi qahramoni Abdug'aniboy 
nimalar bilan savdo qilar edi? 
A) Chigit po‘choq va kunjara 
B) Paxta va chigit 
C) Savat va bo‘yra
D) Kunjara va kepak
26. «Oltin zanglamas» romanida kim Sodiqqa « ... 
o‘zingizni qiynab nima qilasiz, siz kuch bergan to'nka 
endi ko‘karmaydi», - deb aytadi?
A) Pushkaryov 
B) Mavjuda 
C) Chuxanov
D) Saydullayev
27. «Kambag'alman desang, ko‘chib boq» maqoli 
qaysi asarda kimning tilidan keltirilgan? 
A) «Zulmat ichra nur» asarida Muhammadali 
B) «Zulmat ichra nur» asarida G‘iyosiddin
C) «Kecha va kunduz» romanida Enaxon
D) «Mening o‘g‘rigina bolam» Qorabuvi
28. «Sohibqiron» dramasida kimning otasi Amir 
Temurga sarboz bo'lib, Dehli jangida shahid ketgan 
edi?
A) yasovul Qosimbekning B) Barlos Bahodirning 
C) Aloviddinning 
D) Buqalamunning
29. «Sovuq shamol yemagan» iborasi qaysi 
qahramonga nisbatan qo'llangan?
A) Kuntug'mishga 
B) Zulxumorga 
C) Hasanxonga 
D) Ravshanga 
30. O’sha gapni eshitib, tun uxlagim kelmadi, kunduz 
o'tirgim kelmadi. 
Ushbu jumla qaysi bitigda qayta-qayta qo‘llanilgan? 
A) «Bilga xoqon» bitigida B) «To'nyuquq» bitigida 
C) «Irq bitigi»da 
D) «Kultegin» bitigida
31. Qaysi asarda xonga nisbatan tangrining soyasi 
deya ta’rif keltirib o'tilgan? 
A) «Saddi Iskandariy» dostonida 
B) «Shajarayi turk» asarida 
C) «Shayboniynoma» asarida 
D) «Zarbulmasal» asarida
32. Izlab, qidirib, topib o‘qiladigan asar ...
A) «Boburnoma» 
B) «Abadiyat qonuni» 
C) «O’tkan kunlar» D) «Navoiy»
33. «Tug'ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!» 
Ushbu misralar quyidagi qaysi asarga epigraf qilib 
olingan?
A) «Sohibqiron» 
B) «Yovvoyi yo‘rg‘a» 
C) «Nur va soyalar» D) «Ruhlar isyoni»
34. T. Sulaymonning »Iltijo» she’rida sahro so‘zi 
nimaning obrazi? 
A) vatangado kimsalarning B) mehrsizlikning 
C) xasis kishilarning
D) yovuzlikning


45 
35. «Men tug‘ilgan qishloqning kunbotarida qadim 
Turkiston shahri, janubida O’tror, Boybaliq 
xarobalari va Yassi, Suyri qal’alaridan qolgan 
kultepalar, undan nari Sirdaryo... 1910-yili bug'doy 
o‘rog‘ida shu qishloqda tug‘ilibman. Otam – dehqon 
va chorvador, ona tomonidan bobom mulla, 
maktabdor».
Ushbu fikrlar qaysi ijodkor tarjimayi holiga tegishli?
A) Odil Yoqubov 
B) Mirtemir 
C) Pirimqul Qodirov D) Maqsud Shayxzoda
36. Rudakiy o‘z asarida nimani besh-olti kunlik aziz 
mehmon deya ta’kidlaydi?
A) yoshlikni
B) mansabni 
C) go‘zallikni
D) qarilikni

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling