1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

24-variant 
1. Vodil qishlog‘ining choyxonasi yo‘l boshidagi 
ikkita katta keksa chinor soyasida joylashgan. O‘tgan 
yili qishloq jamoasi choyxonani ta’mirlashdi, obod 
qilishdi. Bir burchakda katta stol atrofida yoshlar 
o‘tirib gazeta, jurnal va kitob o‘qishadi, bir burchakda 
radiodan so‘nggi xabar eshitishadi.
Berilgan gaplardagi nechta fe’lda birgalik nisbat 
qo‘shimchasi yasama fe’lga qo‘shilgan? 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta 
2. Qaysi gapda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan? 
A) Dard xurujidan xoli bo'lganida, Mahmudning 
ko‘ziga qaraboq noxushlik yuz berganini anglarmidi... 
B) Xayoliga kelgan fikrlarni aytishga hayiqdi. 
C) Har bir narsani tejash, bugungini ertaga zaxiraga 
qo'yish - yaxshi fazilat. 
D) Oqilona narx-navo tayin qilinsa, paxta bilan 
pillaning o‘ziyoq jumhuriyatni bemalol boqa oladi.
3. Tarmoq lug‘atlarga kiruvchi lug‘atlarni aniqlang. 
A) qomusiy lug‘atlar, lingvistik lug'atlar 
B) kasb-hunarga doir lug'atlar, atamalar lug'ati 
C) Navoiy asarlari lug‘ati, imlo lug‘ati 
D) lug'atlarning bunday turi mavjud emas. 
4. Egasiz gaplarning turi to‘g‘ri sanalgan qatorni 
toping. 
A) shaxsi noma’lum, shaxsi ma’lum, atov gap 
B) shaxsi ma’lum, shaxsi umumlashgan, atov gap 
C) shaxsi noma’lum, atov gap, so‘z-gap 
D) shaxsi umumlashgan, shaxsi noma’lum, so‘z-gap 
5. Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan 
omonim bo'la oladigan fe’l yasovchi qo'shimcha 
ishtirok etgan?
A) U kishining yoshlari ancha ulg‘aygan bo‘lsa ham, 
lekin hali juda tetiklar. 
B) Xadicha qishloqda bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida 
gapirayotganida, birdan eshik taqilladi. 
C) Mutal hanuz eshikda garangsirab o‘tirgan cholning 
yonidan o‘tib, tashqariga chiqdi. 
D) Shoshmaslik kerak yerda shoshilmadim, shoshilarli 
ishlarni kechiktirmadim. 
6. Asos qismda ifodalangan narsaning uch shaxsdan 
biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimcha qatnashgan 
birliklar qaysi qatorda berilgan? 
A) kunduz kunlari, deraza oynasi 
B) Saidiyning hujrasi, yomg'ir tomchilari 
C) o‘qish kitobi, Mustaqillik bayrami 
D) Orol dengizi, kitob varag'i
7. Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu 
harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi 
munosabatning ifodalanishiga ko‘ra farqlanuvchi 
fe’llar berilgan javobni belgilang. 
A) o‘rtoqlashdi, xo'rsindi, yalindi 
B) uchirdi, ko‘rsatsa, qaytardi 
C) kiyindi, o‘ksinding, ko'rindim 


65 
D) bezandi, tasvirlandi, yo'qotdi 
8. Sariq rang ozodlikka va kuch-quvvatga intilish, 
saxovat, ochiqlik, faollik, shuningdek, hayotga 
umidvorlik ramzidir. Ushbu gapda yasalish asosi 
yasama sifatga mansub bo‘lgan otlar sonini aniqlang. 
A) 1 B) 3 
C) 4 
D) 2 
9. Quyidagi berilgan qo'shimchalardan qaysilari ham 
fonetik, ham morfologik yozuv asosida yoziladi?
1) jo'nalish kelishigi qo‘shimchasi; 2) o‘rin-payt 
kelishigi qo‘shimchasi; 3) orttirma nisbat 
qo‘shimchasi; 4) ayrim fe’l yasovchi qo‘shimchalar; 5) 
jamlovchi son yasovchi qo'shimchalar; 6) egalik 
qo'shimchalari. 
A) 1, 4, 5 
B) 1, 2, 3, 6 
C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4
10. Qaysi javobdagi juftlik o‘zaro ma’nodosh bo‘la 
olmaydi? 
A) ko‘lanka-soya 
B) norg'ul-gavdali 
C) kalovlanmoq-talmovsiramoq 
D) tanti-erka 
11. Qaysi gapda -lar qo‘shimchasi sof ko'plikni 
bildirgan?
A) Bu hayot chashmasi qoshiga bizlar kabi juda ko‘p 
kishilar keldilar, tiriklik nash’asiga g‘arq bo'lib, 
o‘ltirdilar, so‘ng bir-bir abadiy yo'qlik sari ketdilar. 
B) Boburning yoniga Hofiz Ko'ykiylar tashrif 
buyurdilar. 
C) U ko‘p vaqtini ko'zdan yiroq, xilvat va toqi ravoqda 
tanho o'tkazar, ahyon-ahyon, hushi kelgan 
chogiaridagina Yusufiyni chaqirib chog‘ir buyurar edi. 
D) Meni Sohibqiron «Yetti iqlimning shamsi anvari», 
«Shahanshohi olam» deb ko‘klarga ko'taradilar, deya 
hasratli tovush bilan so‘zlardi Bobur.
12. Sog‘lom va zehnli bo‘lib ulg'aygan bola hayotda 
qiynalmaydi. Berilgan gap tarkibidagi tovush 
o'zgarishi bo‘lgan so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni 
bajargan?
1) ega; 2) hol; 3) to'ldiruvchi; 4) kesim; 5) aniqlovchi.
A) 1, 5
B) 3, 4, 5 
C) 2, 4
D) 4, 5 
13. Vohada islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotini 
mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.
Ushbu gapda jarangli va jarangsiz til undoshlaridan 
iborat sodda yasama so‘zlar soni nechta? 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 1 ta
14. Alisher Navoiyning ummon qadar bepoyon 
ijodidan hamma o‘z iste’dodiga yarasha bahramand 
bo‘lishi mumkin. Ushbu gap haqida to‘g‘ri fikrni 
aniqlang.
A) 2 ta sof ko‘makchi ishtirok etgan 
B) kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan ot kesimli 
sodda gap 
C) kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan fe’l kesimli 
sodda gap 
D) egasi ma’lum sodda gap 
15. Qaysi javobda ayiruv bog’lovchili bog'langan 
qo'shma gap berilgan? 
A) Yigirmadan ortiq sarbozlar shay turar, go‘yo 
xizmat qilayotgandek harakat qilar edilar. 
B) Goh u keladi, goh men xabar olaman. 
C) Ammo tili bilan dilimizga nish urdi. 
D) Jaloliddin faqat bahodir shahzoda emas, qalbi 
olijanobliklarga to‘la inson. 
16. Tarkibida ergashtiruvchi bog‘lovchi qo‘llangan 
murakkab qo'shma gap berilgan javobni aniqlang.
A) Bu holda mazkur so'zlar adabiy ilmlarni anglatadi, 
ya’ni til va adabiyot bilan bog‘liq ilmlarni izohlaydi.
B) Til o‘z vazifasini bajarmasa, qo‘l ishga tushadi, 
ya’ni insoniy munosabat o'rnini hayvoniy xatti-harakat 
egallaydi. 
C) Tilning bilish borasidagi harakati oddiy bilim bilan 
cheklanmaydi, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oddiy 
martabasini ham o‘z ichiga oladi. 
D) O’sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va 
tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi 
dars sifatida o‘tilmasdi.
17. Berilgan gaplardagi olmoshlar yozilishida qanday 
fonetik o'zgarishlar sodir bo'lgan? 
1) Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko‘z qorachig'iday 
asraylik, o'rtoq! 2) Mening ikki onam bor, ikkisi ham 
mehribon.(Uyg‘un) 3) Shundaylar bo‘lmasa agar 
dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi 
ayol.(Abdulla Oripov) 4) Otasi seni ko‘rmadi, chog'i. 
5) Sen qancha kitob olgan bo'lsang, men ham 
o‘shancha miqdorda olib keldim.
A) 1, 2, 4 - tovush tushishi, 3, 5 - tovush ortishi
B) 1, 3, 4 - tovush tushishi, 2, 5 - tovush ortishi
C) 1, 2, 5 - tovush tushishi, 3, 4 - tovush ortishi 
D) 1, 2, 3 - tovush tushishi, 4, 5 - tovush ortishi 
18. Uslubiy betaraf yuklamalar berilgan qatorni toping.
A) -mi,-chi,-ku,-oq-(-yoq) 
B) na...na, -gina, ham 
C) -a(-ya),- chi,-ku, faqat 
D) -mi,-chi,-da,-dir,-u (-
yu) 
19. Berilgan qaysi gapda gap bo‘laklari bilan 
grammatik aloqaga kirishmaydigan bo‘lak ishtirok 
etgan?
A) Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o‘g‘linikida bir 
oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari 
huzuriga ketayotgan ekan. 
B) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha 
kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko‘rindi. 
C) Zarqishloq ko‘chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt 
bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 
D) Mana, hamma narsani tayyorlab ham qo'ydik, 
ammo o‘zlaridan hanuz darak yo‘q. 
20. Sifat so‘z turkumi otlashmasa, qaysi gap bo‘lagi 
vazifalarini bajaradi? 
A) sifatlovchi aniqlovchi, ot-kesim, ravish holi 
B) sifatlovchi aniqlovchi, ravish holi, qaratqich 
aniqlovchi 


66 
C) faqat sifatlovchi aniqlovchi 
D) sifatlovchi aniqlovchi, ot-kesim, to‘ldiruvchi 
21. Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Qush 
goh pastlab, goh ko'tarilib uchadi. 
A) o‘zlik va majhul nisbatdagi fe’llar qatnashgan 
B) ayiruv bog‘lovchisi uyushiq kesimlarni bog'lab 
kelgan 
C) uyushiq hol qatnashgan 
D) uyushiq kesim ishtirok etgan 
22. Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir ma’yus va g‘amgin sazo,
Qo‘yningda bir quchoq oq va nafis gul,
Lekin ruhing to‘la motam va azo. Ushbu she’riy 
parcha haqida berilgan nechta javob to‘g‘ri? 
1) gapda 5 ta kesim, 4 ta ega qatnashgan; 2) asosi 
shakldoshlik xususiyatiga ega 6 ta so‘z qatnashgan; 3) 
bir so‘zning ma’nodoshi kukunsimon mahsulot nomi 
bilan shakldosh bo‘la oladi; 4) gapning markazi 
hisoblangan bo'laklardan biri tovush o‘zgarishiga 
uchragan; 5) uyushiq bo'laklarning yopiq bo‘g‘ini 
tarkibida 5 o‘rinda jarangli,6 o'rinda jarangsiz undosh 
qatnashgan. 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta 
23. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog'lagaysan?
Aytgil, do‘stim. Nima qildik Vatan uchun?
Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga 
ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan?
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; .4) istak 
gap; 5) qo‘shma gap. 
A) 1, 2, 3 
B) 1, 2, 5 
C) 1, 2, 3, 5 
D) 1, 2, 4, 5
24. Quyidagi gapda otli so‘z birikmalarining soni 
nechta? Muzaffarning lo'ppi yuzidagi tushkunlik 
alomati xushnud tabassum bilan almashdi.
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 6 ta
D) 7 ta 
25. «Men ketgan so‘ng uydan chiqib o'tirma, 
Do‘st yig‘latib, dushmanimni kuydirma» so‘zlari qaysi 
doston qahramonga tegishli? 
A) Sultonxon, «Rustamxon» B) Hasanxon, «Ravshan» 
C) Boybo'ri, «Alpomish» D) Kuntug‘mish, 
«Kuntug‘mish» 
26. Tug‘ilishidan avval «...o‘g‘il bo'lsa qo‘lqanot 
bo'lsin, qiz bo‘lsa do‘st bo‘lsin»deb niyat qilingan xalq 
dostoni qahramonlari nomi qaysi bandda berilgan? 
A) Tohir va Zuhra 
B) Xolbeka va Xolmo‘min 
C) Ravshan va Zulxumor 
D) Oshiq G‘arib va Shohsanam 
27. G'azallarda uning portreti berilmaydi, 
kechinmalari, holati ham deyarli ifodalanmaydi. 
Bu qaysi timsol? 
A) oshiq
B) ma’shuqa C) raqib 
D) may 
28. « ... Farhod shahzodalikdin ishq gadosi bo‘lishni 
afzal bilib, o‘z ma’shuqasining orzusini ro'yobga 
chiqarmoq uchun sangi xoroni kesib, daryo to‘sib, 
sahroni obod etish uchun mehnat va mashaqqatg‘a 
giriftor bo'ldi ...» Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) Z.M. Bobur, «Boburnoma» 
B) Alisher Navoiy, «Farhod va Shirin» 
C) Anbar Otin, «Risoiayi falsafayi siyohon» 
D) Gulxaniy, «Zarbulmasal» 
29. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» 
.Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari haqida 
bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) ikkisi ham masnaviy yo‘li bilan bitilgan 
B) ikkisi ham faulun-faulun- faulun-faul vaznida 
bitilgan 
C) ikkisi ham aruzning ramali musaddasi mahzuf (yoki 
maqsur) vaznida bitilgan 
D) ikkisi ham shohlar haqidagi asar bo‘lib,birinchisi 
«Shohnomayi turkiy» nomi bilan ham mashhur 
didaktik doston 
30. Bag'ir: forsiy - siyna, arabchada - adr ... Ushbu 
parcha kimning qaysi she’ridan olingan? 
A) Yo‘ldosh Eshbek «Ona duosi» 
B) Halima Ahmedova «O’g‘limga darsliklar» 
C) G‘afur G‘ulom «Alisher» 
D) Zebo Mirzo «Vatan»
31. Ba’zisi do‘st,kelar qoshimga,
Ba’zilari dushmandan battar,- Misralar muallifini 
aniqlang. 
A) Sh. Rahmon 
B) H. Hayne 
C) A.S. Pushkin 
D) A. Oripov
32. «Sening o‘rningga it boqsak bo'lmasmidi. 
Yelkamda ko'tarib katta qilganman. Og'irimni yengil 
qilarsan deb o'ylagan edim. Oq sut bergan onangni 
go‘rga qo‘yishga yaramading! Yurt ishiga yaramagan 
bola, qay ishga yaraydi!» so'zlari kimga tegishli? 
A) Sharofat xola «Chinor» B) Zebi xola «Ufq» 
C) Ikromjon «Ufq»
D) Ochil buva «Chinor»
33. «Sharq adabiyotining vallamatlaridan biri, butun 
Osiyoni aql-idroki bilan tebratgan» deb ta’riflangan 
ijodkor kim?
A) Otoyi 
B) Xo‘ja Ahmad Yassaviy 
C) Amir Temur 
D) Imom Buxoriy
34. «... baland bo‘yli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan, 
ko‘r ko‘zi yumuq, ichiga cho'kkan, qora, cho'tir odam 
edi», deb ta’riflangan qahramon kim?
A) Ikromjon, «Ufq»
B) Bektemir aka, «Chinor» 
C) Bahromov, “To‘qqizinchi palata”
D) Nizomjon, «Ufq»
35. Yerdagi ayolga oshiq bo‘lgani uchun xudo 
g'azabiga uchragan kim? 


67 
A) Sulaymon B) Xorut 
C) Zikriyo 
D) Yusuf 
36. Qaysi asarda kuzak shamolining vahimasi aks 
ettirilgan? 
A) «Bahor qaytmaydi» qissasida 
B) «Dahshat» hikoyasida 
C) «Me’mor» romanida 
D) «Mehrobdan chayon» romanida

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling