1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

23-variant 
1. Berilgan gaplarning qaysilarida ajratilgan bo‘lak 
ishtirok etgan?
1) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha 
kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko‘rindi; 2) 
Zorqishloq ko‘chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt 
bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi; 3) Manzura 
dasturxon yozib mezbonni, ukasini, yana o‘n daqiqa 
kutdi; 4) Mana, hozir ham Akromning yolg‘iz unga, 
Sayyoraga, tanish bo‘lgan bo'lakcha bir samimiyat. 
to‘la xatini o‘qiyotganda tomog'iga bir nima kelib 
tiqildi.
A) 1, 3, 4
В) 1, 2, 3
С) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4
2. Quyida berilgan gapdagi ajratib ko'rsatilgan so‘z 
ma’nosi qaysi usulda ko‘chgan?
Tumanlik qo'ynida jimgina mudragan tonglar, ilk 
sovuq og‘ushida junjikkan seryulduz oqshomlar 
boshlandi.
A) metafora B) metonimiya 
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik 
3. Qaysi gaplarda bir turdagi ravishlar qatnashgan?
1) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho‘kiz uni to‘xtovsiz 
chaqirib kelyapti; 2) Bular piyoda asta-sekin o'rdaga 
bordilar; 3) Bu voqea xuddi kechagina bo'lgandek, 
ammo darrov uch yil o'tibdi; 4) Kun kech bo'ldi, ertaga 
erta bilan yo'lga chiqamiz.
A) 1, 3, 4
В) 1, 4
С) 1, 2, 3
D) 1, 2
4. Qaysi qatorda «qo'rqmoq» so'ziga ma’nodosh 
bo'lgan ibora qatnashgan gap berilgan? 
A) Unga yetib olganimda, vujudimni sevinch 
qoplagan, kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga 
yetgan edi. 
B) Issiqning va yog‘liq ovqatlarning damini kesish 
uchun hech kim piyoladan, choynakdan qo‘l uzmas 
edi. 
C) Ba’zan dovon oshishingga ko'zing yetmay, 
yuraging orqangga tortib ketadi. 
D) Zokir o‘z bo‘yniga olgan tashvishining naqadar 
qiyinligini endi sezdi. 
5. Qaysi so'zlarda ikki xil keng unli yonma-yon keladi? 
1) zo...magazin; 2) mu...llif; 3) ta...mil; 4) mu...vin; 5) 
ge...log; 6) d....ira; 7) sho...r; 8) ma...sh.
A) 3, 8
В) 1, 2, 5 
C) 2, 5, 8
D) 1, 3, 4
6. Tarkibida sof modal so‘z ishtirok etgan gapni 
toping. 
A) Ota-onam, avvalo, shu ishni boshlashdan ilgari men 
bilan maslahatlashishadi. 
B) Aftidan, G‘ulomjon bu g‘alvalarni ataylab 
boshlagan. 
C) Onajonim, balki bir kun Men ham shoir bo'larman. 
D) Men, shubhasiz, bu haqda do'stimga xabar 
beraman. 
7. Yetakchi qismi qo'shma fe’l bilan ifodalangan 
ko‘makchi fe’lli so‘z qo'shilmasi to‘ldiruvchi 


62 
vazifasida kelgan gapni aniqlang. 
A) Ikromjon shovullab turgan kimsasiz to'qay ichida 
ancha uzoqlab ketgan edi. 
B) U to‘qay ichiga kirib, tashqaridan qaragan kishining 
nazari tushmaydigan bo‘lgandan keyingina grelkani 
belidan oldi. 
C) Yigit juda katta gunoh qilib qo‘yganini bilib, 
boshini egib o‘tiraverdi. 
D) Eshik sharaqlab ochildi-yu, javob bera boshlagan 
talabaning gapi og‘zida qoldi. 
8. Uslubiy xoslangan so'zlar qaysi javobda qayd 
etilgan? 
A) uglerod, valentlik, gipoteza 
B) hormang.'boramiz, keltiring 
C) rost, kerak, ko‘cha 
D) mayli, mashina, aytilsin 
9. Qaysi javobda «chizg‘ich» va «yulg'ich» 
so'zlaridagi qo‘shimchalar to‘g‘ri izohlangan? 
A) ot va sifat yasovchi bo’lib, o'zaro ko‘p ma’noli 
B) ot va sifat yasovchi qo‘shimcha bo'lib, o'zaro 
shakldosh 
C) har ikkisi sifat yasovchi bo‘lib, o'zaro ko‘p ma’noli 
D) har ikkisi ot yasovchi bo‘lib, o'zaro ko‘p ma’noli 
10. Yasama so‘z bilan ifodalangan aniqlovchi egaga 
tobelangan gapni aniqlang. 
A) Qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan 
o‘n- o‘n beshta qovjiragan tugma sochilib yotganini 
ko‘rdi. 
B) Yomg'irdan keyin osmonda paydo bo‘ladigan 
kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib 
turganga o'xshaydi. 
C) Tilagimiz shuki, ilmli farzandlar bo'linglar. 
D) Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim 
urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat 
insonni yuksaklikka ko‘taradi.
11. Sintaksisga tegishli atamani toping. 
A) ko‘makchi
B) havola bo‘lak
C) asliy sifat
D) metateza
12. Shunisi quvonchliki, dunyoga o‘z ezgu-qadriyatlari 
bilan mashhur bo‘lgan xalqlar ichida biz Vatan deb 
e’zozlayotgan shu qadim yurtning, ajdodlarimizning 
ham o‘rni bor. Ayni paytda, o‘z qadriyatlarimizning 
umuminsoniy jihatlaridan faxrlanish bilan birga, o‘zga 
millatlarning betakror urf- odatlariga hurmat bilan 
qaraymiz. Qaysi fikr xato?
A) olmoshning bir tuH ega vazifasida kelgan 
B) bir so'zdan alifbodagi 17-harf orqali ham fe’l 
yasash mumkin 
C) uyushiq bo'laklarga qo'shimcha ma’no yuklangan 
D) gapda qo‘llangan ega (-lar) tarkibida tovush 
tushishi va ortishi kuzatiladi 
13. Tilning qaysi birliklari fikrni shakllantirishga 
xizmat qiladi? 
A) ohang, tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gaplar 
B) so‘z birikmalar va gaplar 
C) faqat gaplar
D) so‘zlar, qo'shimchalar va ularda mujassamlashgan 
ma’nolar 
14. Qaysi gapda garchi bir xil ma’noviy guruhga 
mansub bo‘lsa ham, uyushmagan hoi qo'llangan?
A) Navoiy g'azalni shavq bilan tovush chiqarib o'qidi. 
B) Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak 
kasalining tayyor davosi edi. 
C) Otam meni ham sevinch, ham hayrat bilan qarshi 
oldi. 
D) O, inson bunday paytda ojizligini nechog‘liq aniq 
sezadi. 
15. Qaysi gapda qaratqich kelishigi qo'shimchasi 
belgisiz qo‘llangan? 
A) «Boburnoma» personajlar* tavsifi, ularning shakl- 
shamoyilini ta’riflashdan boshlanadi. 
B) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini. 
C) Bir jahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo'ylarning, 
sigirlarning ma’rashi, ho‘kizlarning o'kirishi eshitildi.
D) Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona 
tinglab, Umidning hamma fikrlariga qo‘shilishini bosh 
qimirlatib bildirardi.
16. Qaysi ergashgan qo‘shma gapning bosh gap 
qismida o‘timli fe’l bilan ifodalangan qaratqich-
aniqlovchi mavjud? 
A) Mening ko‘nglim sezgan edi, shu sababli tushlikni 
chala- chulpa qilib, uy tomon yugurgan edim. 
B) Aytmagan so‘zni ayttirib bo'lmas, aytilgan so‘zni 
qaytarib bo'lmas. 
C) Aql va farosat quyoshga o'xshaydi, beparvolik 
tufayli tushishi mumkin bo‘lgan dogiarga o‘rin 
qoldirmaydi. 
D) Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, shuning uchun ham 
u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi.
17. Malika Mumtozmahal shohning ma’yusligini 
sezgach, uni xushnud etish uchun g‘azallar o‘qib, 
xayollarini ezgu ishlarga undashga harakat qildi. 
Ushbu gapdagi fe’llarni tuzilish jihatidan izohlang.
A) 3 ta sodda fe’l, 1 ta qo'shma fe’l 
B) 3 ta sodda fe’l, 2 ta qo'shma fe’l 
C) 4 ta sodda fe’l, 1 ta qo'shma fe’l
D) 2 ta sodda fe’l, 2 ta qo‘shma fe’l
18. «yubormoq», «tashlamoq», «qo'ymoq» ko‘makchi 
fe’llari tez va kutilmagan ish-harakatni ifodalaydi.
Shunday xususiyat qanday fe’llarda ham mavjud? 
A) takror fe’lda 
B) qo'shma, juft va takror fe’llarda 
C) qo'shma fe’lda 
D) juft fe’lda 
19. Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga 
xoslangani uchun qaysi uslubda deyarli qo‘llanmaydi?
A) ilmiy 
B) rasmiy 
C) badiiy
D) publitsistik


63 
20. Odamlar bo'ladiki, ular faqat o'zlarini o‘ylaydilar, 
lekin shunday odamlar borki, o‘z hayotlarini xalq 
xizmatiga bag'ishlaydilar. Ushbu aralash murakkab 
qo‘shma gap tarkibida ham ergash, ham bosh gap 
vazifasida kelgan gap(-lar) tarkibida so‘z 
birikmasining qaysi tur (-lar)i ishlatilgan? 
A) so‘z birikmasi qatnashmagan 
B) faqat bitishuv 
C) faqat boshqaruv 
D) moslashuv, boshqaruv
21. Neki mast aylasa va yoki sarxush, Neki 
bo‘shashtirsa yo qilsa behush Uzoq bo‘l ulardan, 
ixtiyor etma, Og‘zingga olmagin senda bo'lsa hush. 
Ushbu gapdagi olmoshlarning sintaktik vazifasini 
aniqlang.
A) faqat to‘ldiruvchi 
B) to‘ldiruvchi va ega 
C) ega va kesim 
D) ega, kesim va to‘ldiruvchi
22. Qaysi gapda faqat ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
berilgan? 
A) yaxshi bo'lmoq, parvarish qilmoq, o‘qib bermoq 
B) e’tiroz bildirmoq, charaqlab ketmoq, ravshan 
bo'lmoq 
C) yaraqlab ketmoq, oshib qolmoq, yig'ishtirib olmoq 
D) qadam tashlamoq, joy solmoq, olib kelmoq 
23. Rangi ham biroz oqarinqiragan, qoshlari yanada 
quyuq, qora ko‘rinar, peshonasiga tushib turgan 
qo‘ng‘ir sochlarining jingalagi biroz ko'kargan, lekin 
g'unchadek lablari o'ziga yarashgan, bejirim edi. 
Gapda ismlar soni... 
A) 13 ta
B) 14 ta 
C) 11 ta 
D) 12 ta 
24. Frazaviy urg‘u vositali to‘ldiruvchiga qaratilgan 
gap qaysi javobda berilgan? 
A) Kimga sovg‘a qilmoqchisiz? - dedim. - Onamga, 
tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilmoqchi edim. 
B) Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo 
qudratingdan, bu qanday odam? 
C) Nega uni otdami, aravadami eltib qo‘ymadi? 
D) Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? 
25. «Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol!» 
Ushbu misralar quyidagi qaysi asarga epigraf qilib 
olingan?
A) «Sohibqiron» 
B) «Yovvoyi yo‘rg‘a» 
C) «Nur va soyalar» D) «Ruhlar isyoni»
26. «Sohibqiron» dramasida qaysi qahramon ulkan 
zaminni shatranj taxtasiga qiyoslaydi? 
A) Sulton Boyazid 
B) Bibixonim 
C) Aloviddin
D) Amir Temur
27. Taxallus sifatida bog‘ nomini tanlagan shoirning 
asari nomini aniqlang. 
A) «Shohnoma» 
B) “Zafarnoma”
C) «Nafohot ul-uns» D) «Masnaviy» 
28. «Mustaqil yo‘li yo‘q katak ustida ...» Mirzo 
Kenjabekning «Yutqiziq» she’ridagi ushbu ta’rif qaysi 
dona haqida? 
A) ot
B) shoh 
C) piyoda
D) 
fil
29. «Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va 
qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ikki nav, ya’ni turkiy 
va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa- da, uning o‘tkir 
tab’i (ning moyilligi) forsiychadan ko‘ra turkiychaga 
ortiqroq edi». Alisher Navoiy haqidagi ushbu ta’rif 
kim tomonidan aytilgan?
A) Hakimshoh Qazviniy 
B) Rashidiy 
C) Xondamir
D) Abdurahmon Jomiy
30. «Yo vafo yo‘q turur bu olamda,
Yo kishi qilmadi jahonda ani.
Mendan o‘q ilmin o'rganib ketkan, 
Oqibat qildi ul nishona mani». Ushbu she’r Sayfi 
Saroyining «Gulistoni bit-turkiy» asaridagi qaysi 
hikoyat xulosasi sifatida keltiriladi?
A) Tuz haqini to‘lagan No‘shiravoni odil haqidagi 
hikoyat 
B) Sayohatga chiqqan ikki xurosoniy faqir haqidagi 
hikoyat 
C) Bir kurashchi pahlavon hamda uning oqibatsiz 
shogirdi haqidagi hikoyat 
D) O’g‘ri va tilanchi haqidagi hikoyat
31. Ulus ichinda turur o‘z begim qiyo ko'zluk,
Xayoli to‘qtamish andin ko'ngil saroyinda.
Lutfiy qalamiga mansub ushbu misralarda qanday 
san’at yetakchilik qiladi?
A) tajohil ul-orif 
B) iyhom 
C) tamsil 
D) husni ta’lil 
32. Shuhratning qaysi asarida arab qizining fransuz 
bosqinchilariga qarshi jasorati tasvirlangan? 
A) «Raymonda» balladasida 
B) «Mardlik afsonasi»da 
C) «Ona va farzand» balladasida 
D) «Jamila» balladasida 
33. Adabiy manbalarda keltirilgan «Xara tog‘i ustida, 
Xarati cho‘qqisida» yashovchi obraz kim?
A) Ko‘k tangri («Shajarayi turk») 
B) Suqroti hakim («Farhod va Shirin») 
C) Axura Mazda («Avesto») 
D) Mitra («Avesto») 
34. «Men gadoy bo'lsam ham xurjunimning ikki ko‘zi 
to‘ladir... Sendaqalarni necha yil boqishga 
yarayman...» gaplari «Kecha va kunduz» romanining 
qaysi qahramoniga tegishli? 
A) Eshon 
B) Akbarali mingboshi 
C) Razzoq so‘fi 
D) Miryoqub 
35. «Ikki do‘st turar ekan yelkama-yelka, Tog'larni 
ham oson aylaydi tilka...» Ushbu misralar muallifi 
kim?
A) Firdavsiy B) Abdulla Avloniy 
C) Sa’diy 
D) Sayfi Saroyi


64 
36. Ota-bolaning bor-yo‘q davlati bir parcha tomorqa, 
bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko'k, sut-qatiq 
sotib kun ko'rishadi Ushbu parcha qaysi asardan 
olingan? 
A) G‘afur G'ulom, «Mening o‘g‘rigina bolam» 
B) Nodar Dumbadze, «Hellados» hikoyasi
C) Xurshid Davron, «Vatan haqida yetti rivoyat» 
D) Abdulla Qahhor, «Bemor»

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling