1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

26-variant 
1. Onalar oyog‘i ostidadir Ravzayi jannat-u jinon 
bog‘i, Ravza bog‘i visoli istar ersang, Bo‘l onaning 
oyog'in tuprog'i. Ushbu gapda sintaktik shakl yasovchi 
qo'shimcha qo'shilishi natijasida so'zning asosida 
o'zgarish bo‘lgan so‘zlar soni nechta? 
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta 
2. Undov so'zlarning qo‘llanish darajasi qaysi uslubda 
cheklangan? 
1) so'zlashuv; 2) badiiy; 3) publitsistik; 4) rasmiy; 5) 
ilmiy. 
A) 3, 4, 5 
В) 1, 2, 3, 5 C) 4, 5
D) 1, 3, 4 
3. Qaysi gapda son ega vazifasida kelgan? 
A) Bolalar davrani ikki aylandi, qo‘l berib 
ko‘rishishdi. 
B) Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi. 
C) Birinchi badiiy asarim - «To‘rt maktub» hikoyasi 
edi. 
D) To‘tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o‘z qishlog'i 
Kafqonga olib ketdi. 
4. – Domlasining javob bergani aniqmi? 
– Aniq. 
– Endi uyga qaytar ekanmi? 
– Ha. 
– Qachon qaytar ekan? 
– Ertaga. 
Berilgan to‘liqsiz gaplarda qaysi gap bo'laklari 
tushirilgan? 
A) aniqlovchi, to'ldiruvchi, payt holi, o‘rin holi, kesim 
B) aniqlovchi, ega, payt holi, o‘rin holi, kesim 
C) ega, payt holi, o‘rin holi, kesim 
D) aniqlovchi, ega, kesim 
5. Qaysi gapda kesimni aniqlab kelgan ajratilgan 
aniqlovchi mavjud? 
A) Zavodlarda yigitlar - ilg‘or - Po'lat quyib hayot 
quradi. 
B) Endi odamlar - otliq, piyoda, yosh, qari – 
Ketayotirlar maydon sari. 
C) Bulutchalar - oppoq va yengil – 
Pag‘a-pag‘a suzar osmonda. 
D) So‘zi e’tiborli, ahdi vafoli, ajoyib bir xalqsan - 
Topilmas tengi.
6. Qaysi qatordagi son otlashmagan? 
A) Bir tup kessang, o‘n tup ek. 
B) Yetti o‘lchab, bir kes. 
C) Biri ichkariga kirib ketdi, ikkinchisi ko'chada kutib 
turdi. 
D) Ikki soatlar eshakda yurib, tog‘dan tog'ga o‘tib 
andak toliqqan edim. 
7. Berilgan qaysi so‘zlar tarkibida ikkita qo'shimcha 
mavjud? 
1) o‘chirg‘ich; 2) o'lchagich; 3) to‘plam; 4) tirikchilik; 
5) terlamoq; 6) shodlanmoq; 7) tasdiqlanmoq; 8) 
bunday. 


71 
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6 
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
8. San’atga baxsh umrning so‘ngsiz mo‘jizasi bor,
U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi.
Inson umri sarhadli, qo'shiq umri poyindor,
Navosiz yuraklardan oimas navo qoladi.
Ushbu gapda nechta ko'makchi morfema mavjud va 
ulardan nechtasi so‘z yasovchi va shakl yasovchi o‘i 
tasida omonimlik hosil qiladi?
A) 15 ta ko'makchi morfema mavjud va 6 tasi omonim 
B) 17 ta ko'makchi morfema mavjud va 5 tasi omonim 
C) 17 ta ko'makchi morfema mavjud va 4 tasi omonim 
D) 19 ta ko'makchi morfema mavjud va 9 tasi omonim
9. Ruboiyni ichida o'qidi// yuzini tabassum qopladi. 
Ushbu bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasiga 
qanday tinish belgisi qo'yiladi? 
A) tire B) ikki nuqta C) vergul 
D) nuqtali vergul
10. Qaysi gapda metonimiya va sinekdoxa usulida 
ma’no ko'chishi kuzatiladi? 
A) Qaro ko'zim, kel-u mardumlig' emdi fan qilg'il... 
B) Cho'loqning bundan xabari bormi? 
C) Kechagi futbol musobaqasida O'zbekiston 
birinchilikni oldi. 
D) Auditoriya birlashishi uchun unga bir bosh kerak 
edi.
11. Undalmalar qaysi. uslublarda qo'llanganda, badiiy 
va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-
ekspressivlik bo'yog'iga ega bo‘ladi? 
A) so'zlashuv 
B) badiiy va publitsistik, ilmiy 
C) rasmiy, badiiy va publitsistik 
D) so‘zlashuv badiiy va publitsistik 
12. Ko'ngildan ko'ra yoqa kir kunlar edi. Yarimta 
nonga hani shodlanardik. Berilgan gaplar tarkibida 
qaysi turkumlariga oid so‘zlar mavjud? 
A) ot, ko'makchi, sifat, fe’l 
B) ot, ko'makchi, sifat, fe’l, son 
C) ot, ko'makchi, sifat, fe’l, yuklama 
D) ot, ko'makchi, sifat, fe’l, yuklama, son
13. Berilgan gaplardagi yasama fe’llar qaysi so'z 
turkumlaridan hosil bo'lgan?
tuzlamoq, dodlamoq, yangilainoq, tezlamoq, 
voyvoylamoq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to'g'rilamoq, 
sekinlamoq, qishlamoq.
A) otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, taqlid 
so'zdan 2 ta 
B) otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, undov 
so'zdan 2 ta 
C) otdan 2 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 3 ta, undov 
so'zdan 2 ta 
D) otdan 3 ta, sifatdan 2 ta, ’•avishdan 2 ta, undov 
so'zdan 3 ta 
14. O'qishlar har xil bo'ladi: birov ermak uchun, birov 
hordiq chiqarish uchun, birov
o'qiyotgai kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, birov 
bo'lak mashg'ulot bo'lmaganidan vaqt o'tkazish uchun, 
birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga 
qiziqib o'qiydi. 
Ushbu gap... 
A) ergashgan qo'shma gap 
B) bog'langan qo'shma gap 
C) aralash murakkab qo'shma gap 
D) bog'lovchisiz qo'shma gap
15. ganj va ganch paronim so'zlari tarkibidagi 
fonemalar qaysi jihatiga ko'ra farqlanadi? 
A) usuliga ko'ra 
B) o'rniga ko'ra 
C) ovozning ishtirokiga ko'ra D) farqlanmaydi 
16. Qaysi gap tarkibida munosabat shakli bilan 
omonim bo'la oladigan sifat yasovchi qo'shimcha 
qatnashgan?
A) Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko'nglim siniq, bo'yim 
bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. 
B) Ko'rar ko'zim ko'rmayotganday, bilar aqlim 
bilmayotganday bo'ldi, jonim azobda qoldi. 
C) Kechki sayrdan qaytgan bolalar tezda uxlab 
qoldilar. 
D) Salimjon korxona xodimlarining e’tiborsizliklari 
tufayli yuzaga kelgan qator jiddiy muammolar haqida 
gapirdi.
17. Hech kimdan kam emassan, kam bo'lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo'lib kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog'lagaysan?
Aytgil, do'stim. Nima qildik Vatan uchun? 
Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga 
ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan? 
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak 
gap; 5) qo‘shma gap. 
A) 1, 2, 3
В) 1, 2, 5
C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5
18. Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so‘z qaysi 
gapda mavjud? 
A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘- dag‘ qaltiray boshladi. 
B) Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk 
ko'tarishga yaramas edi. 
C) Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
D) Namiqqan shuvoqlar oldin to'xtab yaxshi yonmasa 
ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri 
gurullab ketdi.
19. Nodirjon jahli chiqib, qo'lini siltab eshikni yopib 
olishi bilan hech nimani anglamay qolgan Abdulla 
ajablanib so‘radi: «Unga nima bunchalik ta’sir qildi, 
shaharga borib keldimi o‘zi?» Ushbu gapda nechta 
ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?
A) 3 ta
B) 4 ta
С) 1 ta
D) 2 ta
20. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini 
ko‘paytirish, kengaytirish ma’nosini ifodalovchi 
tilimizda yangi paydo bo'lgan so‘zni toping.
A) strategiya
B) diversifikatsiya


72 
C) investitsiya
D) modernizatsiya
21. Bolalik-hayotning asil pallasi, undan ko'proq 
bahramand bo‘lishga intiling, chunki asaldan keyin 
turli achchiqliklarga duch kelasiz. Berilgan gap 
haqidagi qaysi fikrlar to‘g‘ri?
1) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap; 2) 
uslubiy jihatdan xato qo'llangan so‘z mavjud; 3) ergash 
gap tarkibida 2 ta to‘ldiruvchili, 1 ta aniqlovchili 
birikma mavjud; 4) ko‘chma ma’noda ishlatilgan palla 
so'zining lug‘aviy ma’nosi: teng ikkiga bo‘lingan 
qismlardan biri; 5) 2 ta yasama, 1 ta tub fe’l mavjud; 
6) sodda fe’l tarkibidagi qo‘shimchalar shakldoshlik 
xususiyatiga ega; 7) gapda 1 ta ravish qatnashgan.
A) 1, 2, 5, 6 B) 3, 4, 5, 6 
C) 3, 4, 7 
D) 2, 5, 6, 
7
22. Yazifadosh modal so‘zlar qaysi qatorda berilgan? 
A) balki, chamasi, shubhasiz
B) attang, albatta, balki 
C) afsuski, taxminan, attang 
D) chamasi, darhaqiqat, avvalo 
23. Bobur Mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr 
yana Ulug‘bek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga 
qaytsa, hamma viloyatlar hamjihat-u obod bo‘lsa. 
Ushbu gap ...
A) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap 
B) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gap 
C) aralash murakkab qo'shma gap 
D) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap 
24. Quyidagi gapda sifat yasovchi qo'shimcha necha 
o‘rinda ishtirok etgan? Bekning bilimli, zakovatli, 
mulohazakor bo'lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzli bo'lish 
- bekning yaxshi fazilatlaridan biri. 
A) 4 B) 6 
C) 3 D) 5 
25. Qaysi qatorda «Muntaxab ul-lug‘at» asarining 
muallifi berilgan? 
A) Alisher Navoiy 
B) Fitrat 
C) Mahmud Qoshg‘ariy 
D) Muhammad 
Xoksor
26. «Xalq ertak va afsonalari asosida yaratilavermaydi. 
Bu voqealarni shoirning o‘zi o‘ylab topishi, ya’ni hali 
xalq og‘zaki ijodi yoki yozma adabiyotda ma’lum 
bo'lmagan mutlaqo yangi asar yaratishi ham mumkin. 
Bu janr ba’zan she’riy ertaklar deb ham ataladi». 
Ushbu xususiyat qaysi janrga tegishli? 
A) ertak 
B) doston 
C) ertak-doston 
D) 
afsona 
27. Bisotidagi narsalarni pullab bir dollar jamg‘argan 
va doktor Rossning «Kanada qushlari» kitobini sotib 
olgan bo'lajak yozuvchi nomini toping.
A) Haynrix Hayne 
B) Nodar Dumbadze 
C) Ernest Seton-Tompson 
D) Musa Jalil 
28. Yoshlarga «chug‘urchuqlar» deb murojaat 
qiluvchi, shang‘illab butun hovlini boshiga 
ko‘taradigan qahramon kim?
A) Sarsonboy ota, «Qiyomat qarz». 
B) Hoji buvi, «Dunyoning ishlari». 
C) Fayzi dasturxonchi, «Do‘nan». 
D) Zebi xola, «Dunyoning ishlari». 
29. Maxmur haqida ma’lumot keltirilgan javobni 
toping. 
A) O’zi tug‘ilib o‘sgan qishloq haqida hajviy she’ri 
mavjud. 
B) Ayollar qismatiga bag‘ishlangan «Qarolar 
falsafasi» asarining muallifi. 
C) Xorazmning sug'orilish tarixiga oid «Arnalar» 
degan risola bitgan. 
D) Birinchi bosmaxona uning nomi bilan bog‘liq. 
30. 1) Pahlavon Mahmud masnaviylari bilan 
mashhurdir; 2) Pahlavon Mahmud «Pahlavon» unvoni 
bilan mashhur bo‘lishiga sabab jismoniy jihatdan 
baquvvatligi, sharqona kurashning katta vakili 
bo'lganidir; 3) Mahmudning pahlavonligi Eron va 
Hindistonda ham mashhur bo‘lgan; 4) Pahlavon 
Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga 
o'rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy 
naqsh sifatida tushirilgan; 5) Pahlavon Mahmudning 
ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir 
(Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom 
Shomuhamedov, To‘xtasin Jalolov, Jamol Kamol, 
Vasfiy, Matnazar Adbulhakim, Ergash Ochilovlar 
tarjima qilishgan. Ushbu hukmlardan qaysilari 
noto‘g‘ri? 
A) 2, 4 В) 1, 3, 5 
С) 1, 5
D) 1 
31. A. Navoiy «Mahbub ul- qulub» asarida nimaga 
nisbatan «Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi, 
achchiq-chuchukdan ko'ngilni ogohlantiruvchi» deya 
ta’rif beradi? 
A) so‘z 
B) hilm 
C) saxovat 
D) safar
32. XII-XIII asrlarda yaratilgan asarlarni aniqlang. 
1) «Devoni hikmat»; 2) «Devonu lug'otit turk»; 3) 
«Qissasi Rabg‘uziy»; 4) «Muhabbatnoma»; 5) 
«Qutadg'u bilig»; 6) «Hibatul haqoyiq»; 7) 
«Me’rojnoma»; 8) «Yusuf va Zulayho»; 9) 
«O’g‘uznoma»; 10) «Muqaddimat-ul adab».
A) 4, 7, 8, 9, 10 
B) 1, 2, 3, 4, 8 
C) 6, 7, 8, 9, 10 
D) 1, 2, 5, 6, 10
33. Usmon Nosirning «Nil va Rim» she’rida tilga 
olingan Ro, Azirisa, Tifon qanday nomlar? 
A) qadimgi Rim adabiyoti qahramonlarining nomi 
B) qadimgi yunon lashkarboshilarining nomi 
C) qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi 
D) quldorlik davri Misr hukmdorlarining nomi
34. «Alpomish» dostonida biylar to‘ydan izza 
bo‘lgach, chupronga qancha tilla tashlab 
chiqib ketadi?
A) 80 tilla 
B) 70 tilla 
C) 60 tilla 
D) 90 tilla
35. Navoiy kimni she’riyatda to‘g‘ri, oddiy ifoda 


73 
yo'sinidan foydalangani uchun «turkona 
aytur edi» deb ta’riflaydi?
A) Sakkokiyni
B) Lutfiyni 
C) Gadoiyni
D) Atoiyni
36. «Ravshan» dostonida Qoraxonning taqdiri nima 
bo‘ladi? 
A) o‘ldiriladi
B) o'zini o‘zi o‘ldiradi 
C) qochib ketadi 
D) taslim bo‘ladi

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling