1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
27-variant
1. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatorini belgilang. A) quyosh, ko‘k, havo B) mo‘min, havo, vujud C) xo‘roz, olov, farzand D) mayin, olov, farzand 2. Qaysi gapdagi barcha so'zlarning asosi omonim xarakterga ega? A) Boshingga qilich kelsa ham, rost so‘zla. B) Birovga ishonib yashamang zinhor. C) Do'stim uloqda yutdi. D) Karam qil, buncha kuydirma meni. 3. Men o‘zimdan oldin o‘tganlarning xizmatlarini mamnuniyat bilan uqib oldim va ularning nuqsqnlarini tuzatishga tirishdim. Ushbu gap haqida bildirilgan noto‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) olmoshning 3 ta turi qo‘llangan; 2) aniqlovchiga nisbatan hokim vositali toidiruvchiga nisbatan tobe qism vazifasini bajaruvchi so‘z 2 o‘rinda qo'llangan; 3) aniqlovchiga nisbatan hokim vositali to'ldiruvchiga nisbatan tobe qism vazifasini bajaruvchi so‘z 1 o'rinda qo‘llangan; 4) 2 ta sof yordamchi so‘z turkumiga oid birlik qo‘llangan; 5) 6 ta so‘z turkumiga oid birlik qo‘llangan; 6) 2 o'rinda she’riyatda omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimchalar bilan kelgan so‘zlar tobe -hokim munosabatiga kirishgan. A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 5 4. Qaysi qatordagi ko'chirma gapli qo'shma gapning ko‘chirma gap qismi ega ergash gapli ergashgan qo'shma gapdan iborat? A) Suqrot aytadi: «Takabburlik va zulm - ulug'likning ofati, muloyimlik va tavoze esa insonning ziynatidir». B) Odil sud dedi: «Bu savollardan ma’lum bo‘ldiki, aybnoma uydirma emas». C) Sofdil vazirlardan biri: «Ey podshohi olam, har kim g‘azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o‘tadi deyapti». D) Donolar deydi: «Bilingki, jim turib salomat bo‘lish, gapirib malomatga qolishdan afzal». 5. Keltirilgan atamalardan tilshunoslikning sintaksis bo'limiga tegishli bo‘lganini aniqlang. A) ajratilgan bo‘lak, nomustaqil kesim, erkin birikma B) teng bog‘lanish, erkin birikma, munosabat shakllari C) turg‘un birikma, bog‘lama, vergul D) undalma, modal so‘z, kiritma 6. Tarkibida so‘z yasovchi qo'shimchasi bo‘lmagan faoliyat- jarayon oti qaysi qatorda berilgan? A) Dadam kunduzi g‘o‘zani chopiq qilib charchagan ekan, sira uyg‘onmadi. B) Ta’tilda o‘qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo‘ldi. 74 C) Shofyorlik kursini bitirib, konda ishlay boshladim. D) Otaqo‘zi bo‘lajak kuyovining bachkana qiliqlariga ichida bir g‘ijinib qo‘ydi. 7. Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut. Ushbu maqolda keltirilgan mustaqil kesimli gap tarkibidagi ma’no farqlovchi fonemaga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan? A) til oldi, yuqori tor, lablanmagan B) til oldi, quyi keng, lablanmagan C) til orqa, yuqori tor, lablangan D) til orqa, o‘rta keng, lablangan 8. Boyaqish enam sirpanib, necha yerda yiqildi, harsillab, nafasi bo‘g‘ilib, axir yetib bordi. Fe’l nisbatlari turi va sonini aniqlang. A) 2 ta aniq, 2 ta o‘zlik, 1 ta majhul B) 3 ta aniq, 2 ta o‘zlik C) 3 ta aniq, 1 ta o'zlik, 1 ta majhul D) 4 ta aniq, 1 ta o'zlik 9. Navoiy asarlari lug'atidan keltirilgan «bosh uchurmak» fe’liga ma’nodosh bo‘la oladigan javobni belgilang. A) bosh olib chiqmoq B) bosh tortmoq C) bosh ura kirishmoq D) bosh tushirmoq 10. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro bir umumiy ma’noga ega emas? A) gavdali, barvasta, norg'ul B) adolat, haqqoniylik, to‘g‘rilik C) tanti, erka, bema’ni D) gangimoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq 11. Bir qo‘li bilan yo'lbarsning hiqildog‘idan ushladi-yu, o‘ziga yetkazmasdan zarb bilan shamshirini sanchdi. Tarkibida uchta ko‘makchi morfemasi bor boigan so‘z (-lar) ning gapdagi vazifasini aniqlang. A) to'ldiruvchi B) to‘ldiruvchi, hol C) kesim, hol D) hol 12. Qaysi gapda so‘zlar tarkibidagi kelishik qo'shimchalarini almashtirib yozib bo'lmaydi? A) Quyosh erir yurak taftim (-ga, -da, -dan) B) Shaxsiy hayotingiz (-ga, -da) muvaffaqiyat tilayman C) Kamon otish (-ni, -ga) o'rgandim D) Berilgan barcha misollarda kelishik qo'shimchalarini almashtirib yozish mumkin 13. Istiqlol yillari... o'zbek tili... qo'llanish doirasi kengaygani, u... ilmiy asos... rivojlantirish... qaratilgan tadqiqotlar, tilimiz... xususiyatlari... bag‘ishlangan kitoblar... chop etilayotgani jamiyat tafakkuri... yuksaltirmoqda. Ushbu gapda nuqtalar o'rnida qaratqich kelishigi qo‘shimchasi necha marta qo‘llangan? A) 4 В) 3 C) 5 D) 2 14. Qaysi qatorda kesimlari qo'shma fel bilan ifodrdangan murakkab fe’l kesimli bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan? A) Adolat va haqqoniyatni o‘zingga rahbar qilib ol, hech kimga zarar yetkazma. B) Har vaqt mo‘tadil holda ish yurit, haddan ortiqchalikdan saqlan. C) Odami ersang, demagil odami, Oni kim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. D) Men o'zimdan oldin o‘tganlarning xizmatlarini mamnuniyat bilan uqib oldim va ularning nuqsonlarini tuzatishga tirishdim. 15. Fe’lning kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi quyidagi qo'shimchalar haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri? 1) -ar; 2) -jak; 3) -gay; 4) –ur A) 1, 2, 3 - uslubiy betaraf, 4 - uslubiy xoslangan B) 1, 2 - uslubiy betaraf, 3,4 - uslubiy xoslangan C) 1 - uslubiy betaraf, 2, 3, 4- uslubiy xoslangan D) 1, 4 - uslubiy betaraf, 2-3 - uslubiy xoslangan 16. To’liqsiz gap berilgan qatorni toping. A) Bugun biz bilan qolasiz-a? - Ha. B) Novvoyga non aziz, tegirmonchiga – un. C) Marhamat, kiring. D) Go‘zallik ilm-u ma’rifatda. 17. Bitta tirnog‘i ortiq itlarni shunaqa atashadi. Necha o'rinda tovush o‘z jarishi hodisasi yuzaga kel/janini aniqlang. A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 18. Qo'shma fe’llar ismlarga quyidagi qaysi fe’lni qo'shishdan hosil bo’lmaydi? A) bo‘l B) kel C) qil D) et 19. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning yasalish asoslari bir xil so‘z turkumiga oid? A) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda ko‘kargan archalar yo‘g‘on va bo'ydor bo‘ladi. B) Yunonistonlik ovchilarning gaplariga qaraganda, hozirgi qushla r o‘z ajdodlaridan ko‘ra ancha iqlli va sezgirroq ekan. C) Bolaligimni uchqur xayollar, osmoniy orzular, sirdosh dugonalar bilan o'tkazganman. D) Inson g‘alabalardan shodlansa, omadsizlik va qiyinchiliklardan tushkunlikka beriladi. 20. Hoy o‘g‘lim, bu yoqqa kel, tezroq! Berilgan gapda ega qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? A) undov so‘z B) ega ifodalanmagan C) olmosh D) ot 21. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama so‘z qatnashgan qaysi gap tarkibida kelishik qo‘shimchasi bilan almashadigan sof ko'makchi qatnashgan? A) Qo‘pol tabiatli odam safarga chiqib ketganidan keyin olim odam kun bo‘yi toqatsizlanib yig'ladi. B) O’zligini anglamagan, manqurtlik tomon ketayotgan odamlar ishtirokida yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi. 75 C) Mehnatsevarligi uchun el-u yurtda obro‘-e’tibor topdi. D) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi. 22. Yasama holat ravishdoshli birikma... A) yaqinlashgach aynimoq B) egallagani qaytmoq C) qarsillab urilmoq D) yiqilgancha ho'ngramoq 23. Yasama so‘z qatnashmagan gapni aniqlang. A) Yaxshi o'qigani uchun mukofotlandi. B) U uyalganidan qizarib ketdi. C) Bolalar o'ynab kelgani ko'chaga chiqib ketishdi. D) O’tirganlar otning dupur- dupurini baralla eshitishdi. 24. Chiziqcha bilan yozish haqidagi quyidagi qoidalardan qaysi biri xato? A) So‘zning-ta, ba-yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi. B) Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha qo‘yilmaydi. C) Yetakchi va ko'makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi. D) Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar chiziqchasiz yoziladi. 25. «Ko‘nglingdagi ko'rkam o‘y og‘zingdan chiqqach xiralanadi» so‘zlari qaysi asardan olingan? A) Alisher Navoiy, «Mahbub ul-qulub». B) Abay, “Nasihatlar”. C) Ahmad Yugnakiy, «Hibatul-haqoyiq». D) Saolibiy, «Yatimat ad-dahr». 26. Yaxshilikka yomonlik qilgan kishining xudoning qahriga yo‘liqishi Ezopning qaysi masalida uchraydi? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Ustiga tuz yuklangan eshak» C) «Kiyik bilan tokzor» D) «Bo‘ri bilan laylak» 27. Quyida berilganlardan Asqad Muxtorning qissalarini aniqlang. 1) “Po‘lat quyuvchi”; 2) «Daryolar tutashgan joyda»; 3) «Samandar»; 4) «Buxoroning jin ko‘chalari»; 5) «Davr mening taqdirimda». A) 2, 3, 5 В) 1, 4, 5 С) 1, 3, 4 D) 2, 4 28. ... Bu ko'zlar unga hayot va istiqlol va’da qilardi, bu ko'zlar umid va ishonch baxsh etardi. Bu ko'zlarda odamiylik va haqiqat yonardi. Bu kimning ko'zlari? A) Salimxon B) Maryamxon C) Pushkaryov D) Oysuluv 29. «Inson o‘lmas o‘ldirmasa g‘am, Makon qil mas qaro turbatni. Ko'rsa agar tirigida ham O’lganida topgan hurmatni ...» Yuqoridagi misralar qaysi shoir qalamiga mansub? A) Omon Matjon B) Erkin Vohidov C) Muhammad Yusuf D) Xurshid Davron 30. «Kuntug'mish» dostonining qaysi xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud? A) Saidmurod Panoh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Umir baxshi shoir, Berdi baxshi B) Bekmurod Jo‘raboy o ! g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bo‘ron shoir C) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom Shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li D) Egamberdi OUamurod o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 31. Tushlarida akasi jasadini topib, otasining yonida qabr qazigan lirik qahramonni yaratgan ijodkorni belgilang. A) Usmon Azim B) Zulfiya C) Shuhrat D) Oydin Hojiyeva 32. «Baxt tongotari» nomli to'plam muallifini aniqlang. A) Hamid Olimjon B) Turob To‘la C) Asqad Muxtor D) Zulfiya 33. Ezopning «Burgut, zag‘cha va cho‘pon>> masaliga tegishli xulosa qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) «Behuda chiranish belni chiqaradi». B) «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil». C) «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma». D) «Yangi do‘stni ko‘rganda eskisini unutma». 34. Navoiyning qaysi g‘azalida qofiyaga olingan so‘zlardan faqat bittasi o‘zbekcha, qolganlari arabiy, forsiy so‘zlar sanaladi? A) «Bo‘ldum sanga» radifli g‘azalida B) «Qilg‘il» radifli g‘azalida C) «Во’l» radifli g‘azalida D) «Kelmadi» radifli g'azalida 35. Avaz O’tar devoni qanday ataladi? A) «Saodatul-iqbol». B) «Ta’viz ul-oshiqin». C) «Munis ul-ushshoq». D) «Fidoyi xalqim». 36. 1) soqiy; 2) raqib; 3) ag‘yor; 4) rind. Ushbu berilgan lirik timsollardan qaysi biri lirik qahramon darajasiga ko‘tarila olmaydi? A) 3, 4 B) 4 С) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling