1 Rustamjon O‘rinov
Download 1,17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
17-variant
1. Yo‘lchining mag'rur boshi bukilgan // ko‘zlarida chuqur hasrat // qor bosgan dalada qadamlarini katta- katta tashlab tanho ketdi. // belgisi o‘rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi? A) vergul, vergul B) ikki nuqta, vergul C) vergul, nuqtali vergul D) vergul, ikki nuqta 2. Qaysi javobda yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar to‘g‘ri ko'rsatilgan? 1) mustaqil so'zlarni va gaplarni tobe munosabatda bog’lash; 2) mustaqil so‘zlar va gaplarni teng munosabatda bog‘lash; 3) mustaqil so'zlarga qo'shimcha ma’no yuklash; 4) so‘zlarga yangi ma’no berish; 5) gaplarga qo‘shimcha ma’no yuklash. A) 1, 2, 3, 5 В) 1, 3, 4, 5 С) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 3. Voy-bo‘ deb yubordi u Yerimiz muncha chiroyli Globussning o'zginasiya (N. Fozilov) Berilgan gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini tiklang. A) undov, tire, nuqta, tire, undov, undov B) undov, tire, nuqta, tire, undov, nuqta C) vergul, tire, undov, tire, undov, nuqta D) vergul, tire, nuqta, tire, undov, undov 4. Qaysi gapda fikrni xulosalash ma’nosini ifodalovchi sof modal so‘z qatnashgan? A) Albatta, biz musobaqada yaxshi natijalarni qo‘lga kiritamiz. B) Xullas, qora kunga asrab qo‘ygan bug‘doyimiz harrv, jo‘xori ham ko‘p edi. C) Avvalo, xaloyiq va har tarafdan kelgan kishilar to‘da bo‘lishib, maslahat qildilar. D) Haqiqatan ham, kun issig‘i yo‘lovchilarni holdan toydirdi. 5. Olmoshning to‘rt ma’noviy guruhiga mansub so‘zlar qatnashgan javobni belgilang. A) Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O’rab oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. B) Qanchadan qancha ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar siz-u bizga nasib etdi. C) Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchig'landing, ammo kelib- kelib bu kun seni o‘shanga berdilar. D) Birovning do‘stlar-u xorijlari bor, Mening hech kimim yo‘q, - o'zingdan boshqa. 6. Qaysi qatorda ko‘chirma gapi aniqlovchi ergashgan qo‘shma gap bo‘lgan ko'chirma gapli qo‘shma gap berilgan? A) Javob berdilar: «Ul shunday olovki, o‘z yoquvchisini kuydiradi». B) Xalqimiz deydi: «Kimki bo‘lsa dilozor, undan el- yurt bezor». 46 C) «Odami ersang, demagil odami, Oni kim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami», - deydi A. Navoiy. D) Yurtboshimiz dedi: «Shuni unutmangki, vatanning istiqboli sizning qo'lingizda». 7. Qaysi qatordagi qo‘shma gapda voqea-hodisalarning bir-biridan uzilmaganligi munosabati ifodalangan? A) Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. B) Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi. C) Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi. D) Ro‘zimatning rangi o'zgardi va ko‘zlarida hamisha o‘ynab turadigan tabassum ifodasi to‘satdan yiqildi. 8. Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) o‘shanday, shunaqa B) har xil, shunchaki C) o'zboshimcha, o‘zbilarmon D) manmanlik, o'zboshimcha 9. Qaysi so‘z birikmasidagi tobe so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi? A) kechki taom B) yigitcha ishlamoq C) oppoq gul D) yangi kelgan 10. Shoshilish zo‘riqishga olib keladi. Qadamingni o'rinsiz tezlashtirsang, qoqilib yiqilishing mumkin. Qo‘l harakatingga zo‘r bersang, uni bunga urishtirib yuborishing, tilingni shoshiltirsang, nokerak gapni aytib qo‘yishing, aqlingni shoshiltirsang, xom xulosalarga kelib qolishing mumkin. Ushbu matn qaysi nutq uslubiga xos? A) so‘zlashuv B) ilmiy C) publitsistik D) badiiy 11. Ko'pincha so‘z oxiridagi g‘ tovushi o‘rnida v aytilishi qaysi lahjada so'zlashuvchilar nutqiga xos? A) o‘g‘uz lahjasida so‘zlashuvchilarga B) shahar shevalarida so‘zlashuvchilarga C) qarluq lahjasida so‘zlashuvchilarga D) qipchoq lahjasida so'zlashuvchilarga 12. Qaysi gapda qaratqichi ko'makchi fe’lli so‘z qo'shilmasi bilan ifodalangan moslashuvli so‘z birikmasi mavjud? A) Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. B) U soydan o‘tolmay qolganlarning hammasini birma- bir qo‘lidan ushlab o‘tkazib qo‘ydi. C) Tushga yaqin dadam bizga oyim pishirib bergan ovqatni keltirib berdi. D) Suv qahr bilan urilsa-da, lekin uning gavdasini qimirlata olmas edi. 13. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go'zal. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar tarkibidagi unlilar haqida noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) yuqori tor lablanmagan unlilar soni 2 ta B) 1 ta lablanmagan unli ko'makchi morfemada qo‘llangan C) ikki xil lablanmagan unli qatnashgan D) yuqori tor lablanmagan unlilar soni 3 ta 14. Shovqinlilar guruhiga kiruvchi sirg'aluvchi undoshlar soni nechta? A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta 15. Qaysi gapda son nol ko‘rsatkichga ega kelishik shaklidagi so‘zga tobelangan? A) Globusda bo‘lgan har kichik nuqta, Millionlab qondoshga vatan, albatta. B) Chor Rossiyaga dastlab Mongoliyadan 1633-yilda dori sifatida yuborilgan. C) Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra, O‘ninchi yillarning sargardonligi. D) Ikki soatlar eshakda yurib, tog'dan tog‘ga o‘tib andak toliqqan edim. 16. Qaysi qatordagi birikmalar to‘g‘ri yozilgan? A) «Kachal polvon» spektakli, Cho‘lpon nomidagi kinoteatr, «Nido» dostoni B) Xamsa asari, .Navoiy shahri, Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi C) «Mustaqillik» kuni, «Bahor» qahvaxonasi, Jasorat monumenti D) «Navoiy» romani, «Navoiy» asarlari, Samarqand shahri 17. Quyidagi qaysi so'zlarda nuqtalar o'rnida bo‘g‘iz undoshi yoziladi? 1) ja...d; 2) da...lsiz; 3) a...loq; 4) mu...okama; 5) ...ushyorlik; 6) a...oli. A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3 18. Sodda gapning to'liq sintaktik tahlilida quyida berilgan vazifalardan qaysilarini amalga oshirish kerak? 1) gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi bo‘yicha tahlil; 2) gap bo‘laklarini aniqlash; 3) gapda qaysi so‘z turkumiga oid so'zlar borligini aniqlash; 4) gap qurilishi bo‘yicha tahlil; 5) gapda nechta tinish belgisi borligini aniqlash. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4 19. Olmosh haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping. A) kishilik olmoshi o‘rnida qo‘llangan o‘zlik olmoshi faqat shaxsni ko‘rsatadi. B) «mening o‘zim», »u o‘zi» kabilarda ko‘proq kishilik olmoshiga ta’kid ma’no yuklanadi C) so‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin keladi. D) «biz» olmoshi birlik ma’noda kamtarlik ma’nosini bildiradi. 20. Asos qismda ifodalangan narsaning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo‘shimcha qatnashgan birliklar qaysi qatorda berilgan? A) kunduz kunlari, deraza oynasi B) Saidiyning hujrasi, yomg‘ir tomchilari C) o‘qish kitobi, Mustaqillik bayrami D) Orol dengizi, kitob varag‘i 21. Buyruq-xitob undovlari ishtirok etgan gapni 47 toping. A) – Dod! - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi. B) Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay. C) Bola samolyotini ko‘tarib «guv-v-v-v» deb hovlining u boshidan bu boshiga yugura berdi. D) Qur-ey! Qur-ey! Jimgina quloq soldi. «Ва» degan javob yo‘q. 22. «Binobarin» so‘zi qaysi so‘z turkumiga oid so‘z hisoblanadi? A) modal so‘z B) ravish C) ko‘makchi D) yuklama 23. Qaysi javobda shevaga xos so‘zlar berilgan? A) kelopti, borvotti, aytovuz B) oliynasab, mujgon, go‘ja C) ushbu, kitob, daftar D) bu yoqqa, ana u erdu 24. Bosh harflarning ishlatilishida xatoga yo‘l qo‘yilgan qatorni toping. A) Toshkent traktor zavodi B) Toshkent Davlat yuridik institute C) Sog'liqni saqlash vazirligi D) Vazirlar Mahkamasi 25. «Bu xoksor va parishonro‘zg‘or kamina bolalikdan to qarilikka qadar ko‘hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, fitna qo‘zg‘ovchi dunyo buqalamunligidan – ko‘p vaqt va uzoq muddat har xil xayol va taraddudlar bilan daydib yurdim...» Ushbu misralar Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan? A) «Hayrat ul-abror» B) «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» C) «Sab’ayi sayyor» D) «Mahbub ul-qulub» 26. «Ochil dasturxon» ertagi qaysi turkum ertaklariga mansub? A) hayvonlar haqidagi ertaklar B) hajviy ertaklar C) sehrli ertaklar D) hayotiy-maishiy ertaklar 27. «Balo sel ofatiga yo‘l ochaman, deb qo‘li bilan uning ko'zini ochdi. Bebosh firoq uning boshini silab, «bu bosh ustiga tosh yog‘diraman» dedi. Dard ham uning og'zini yuvib, «bu yerdan oh o‘tlarini falakka o‘rlataman» dedi. Ishq esa «bundan boshqa pok manzil yo‘q», deya uning ko'ngliga moyil bo‘ldi». Ushbu parchada qaysi adabiy qahramon haqidagi baytlarning nasriy bayoni berilgan? A) Farhod B) Qays C) Layli D) Shirin 28. «Ilgimdan kelganicha zulm tig‘in usliotib (sindirib) mazlum jarohatig‘a intiqom marhamini (qasos malhamini) qo‘ydim. Va ilgimdin kelmaganni ul Hazrat (Husayn Boyqaro) arzig‘a yetkurdim». Ushbu satrlar Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan? A) «Munshaot» B) «Vaqfiya» C) «Majolis un-nafois» D) «Nasoyim ul- muhabbat» 29. O’zi yashab turgan kunlarni ortiga quyosh berkingan bulutga, davlatni suv yuzidagi pufakchaga o'xshatgan shoir kim? A) Muqimiy B) Furqat C) Zavqiy D) Turdi 30. «Zulmat ichra nur» qissasida qaysi qahramon «... xushchaqchaq, gapdon yigit bo‘lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o‘z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi», deb ta’riflangan? A) Muhammad Ali (Alisherning kichik tog‘asi) B) G'iyosiddin (Alisherning otasi) C) Mirsayid (Alisherning katta tog'asi) D) Sharafiddin Ali Yazdiy (Alisherning maktabdoshi) 31. O’tka yoqqil sarvni ul qaddi ra’no bo'lmasa, Yelga bergil gulni ul ruxsori zebo bo'lmasa, Sarv birla gul tamoshosig'a maylim yo‘q turur, Bog’ aro ul sarvi gulruhdin tamosho bo‘lmasa! Ushbu g‘azal kimning qalamiga mansub? A) Husayn Boyqaro B) So'fizoda C) Cho‘lpon D) Alisher Navoiy 32. Berilgan maqollardan qaysi biri «O’rxun-Enasoy yodgorliklari»da aks etmagan? A) Osh totig‘i tuz B) Yupqa yig‘in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson emish C) Yupqa qalin bo'lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish D) G‘am o‘z uyingda 33. «Bu xonadonning g'alati udumlari bor ekan: tong otgandan kun botguncha qimirlagan jon borki, bekor turmaydi. Bobom saharlab eshak minib dalaga chiqib ketadi. Oyim molga qaraydi, non yopadi, kir yuvadi, cho‘nqayib o‘tirib, hovlidagi piyozlarni o‘toq qiladi, qulupnay pushtalarini chopadi, tert qoradi. Ikki hafta ichida ko‘p narsalarni bilib oldim. Bu xonadonda hech nima bekor ketmas ekan». Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan? A) Odil Yoqubov «Muzqaymoq» B) Said Ahmad «Ufq» C) O’tkir Hoshimov «Ikki eshik orasi» D) Xudoyberdi To‘xtaboyev «Sariq devni minib» 34. ... baxt qushining qo‘shig‘idan ko‘nglimning tub- tubigacha to'lqinlanib ketdim. Shundan buyon men har yili bahor bilan moviy qushimni - baxt qushimni kutadigan bo'ldim. Ushbu parcha kimning tarjimayi holidan keltirilgan? A) Ernest Seton-Tompson B) Hans Kristian Andersen C) Mirtemir D) Ozod Sharafiddinov 35. A. Oripovning «Bahor» she’rida oh tortib tizilgan turnalar nimaga o‘xshatilgan? A) kamzuldagi billur tugmaga B) gumbaz qo‘ynini yoritgan nurga C) oyday yarimta ko'ngilga 48 D) shoirning dilrabo baytlariga 36. Tushlarida akasi jasadini topib, otasining yonida qabr qazigan lirik qahramonni yaratgan ijodkorni belgilang. A) Usmon Azim B) Zulfiya C) Shuhrat D) Oydin Hojiyeva Download 1,17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling