1 Rustamjon O‘rinov


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana19.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1625281
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
DTM-2017 ona tili va adabiyot

27 
10-variant 
1. Qaysi gapda imloviy xatolik uchramaydi? 
A) Xayoliga kelgan fikrlarni aytishga hayiqdi. 
B) Keyingi yillarda ilm-fan, sport, ijod, san’at va 
boshqa sohalarda erishilgan olamshumul 
yutuqlarimizni esga oling. 
C) Barcha ilmlarni mukammal egallab olishning iloji 
yo‘q, shuning uchun ham eng kerakli, hayotda 
asqatadigan, e’tiqodga xizmat qiladigan ilmlarni 
o‘rganish kerak. 
D) Mafkuramizning yagona milliy mafkura ekanligi, 
bu maqomning O’zbekistonda istiqomat qilayotgan va 
shu yurtning fuqarosi sanalgan boshqa millat vakillari 
2. «Aybimni bilolmasdim. Hasratimni eng yaqin 
do‘stimga aytardim. Do‘stim bilan tanaffus paytlari 
to‘rt tiyinlik studentlik somsasini bo‘lishib yerdik. 
Do'stim onamni «oyi» deb atardi. Oyim ham uni 
«beshinchi o‘g‘lim», derdi. Shunday qilib, hamma 
sirlarimni shu do‘stimga aytardim ...» Ushbu 
parchadagi tovush o‘zgarishlar sonini aniqlang. 
A) 4
B) 6
C) 8
D) 10 
3. Qaysi qatorda so‘zga qo‘shib yoziladigan 
yuklamalar berilgan? 
A) -mi, -a(-ya), -oq(-yoq), -ov(-yov), -gina(-kina, -
qina) 
B) -oq(-yoq), -ov(-yov), -gina(-kina. -qina), -ey(yey) 
C) -mi, -oq(-yoq), -ov(-yov), -gina(-kina, -qina) 
D) -mi, -chi. -ku. -oq(-yoq), -ov(-vov), -gina.(-kina, -
qina) 
4. Odob kishilar tarafi... qilinishi mumkin bo‘lgan 
hurmatsizlik, ehtiyotsizlik eshigi... berkitadi va odam... 
hazil-mazax..., kamsitish... saqlaydi. Ushbu gapda 
qo'llanilishi kerak bo'lgan kelishik qo‘shimchalarining 
turi va sonini toping. 
A) 3 ta chiqish, 2 ta tushum 
B) 2 ta chiqish, 1 ta qaratqich, 2 ta tushum 
C) 3 ta chiqish, 1 ta tushum, 1 ta qaratqich
D) 2 ta chiqish, 3 ta tushum 
5. Tarkibga ajralmaydigan, boshqa so'zlar bilan 
kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan, 
dialogik va ba’zan monologik nutqga xos bo'lgan bir 
so‘zdan iborat gaplar qanday gaplar hisoblanadi? 
A) atov gap 
B) to‘liqsiz gap 
C) so‘z-gap
D) shaxsi noma’lum gap
6. Daraja ko‘rsatkichini olmagan sifat qaysi gapda 
berilgan? 
A) Chakalakzor qorong'ulikda vahimali va sirli 
ko‘rinadi. 
B) Hammayoq top-toza. 
C) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa 
ajabmas. 
D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko‘ngilchan, 
zahmatkash ayol. 
7. Jamlovchi son qatnashgan gapni toping. 
A) Kecha tog‘ang berib ketgan zog‘oradan ikkitasini 
olib qo'yganman, birgalashib choy ichamiz. 
B) Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib 
gulladi. 
C) Ikkovining orasida hech qanday sir yotinaydi. 
D) Og‘zini yumganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki 
kulib oldi u. 
8. Quyidagi berilgan so‘zlarda bir va bir necha so‘z 
turkumi doirasida omonimlik hosil qiladigan so‘zlar 
berilgan qatorni aniqlang.
1) tur; 2) chang; 3) havo; 4) band; 5) qir; 6) burun; 7) 
bo‘z.
A) 1, 2, 4, 5, 7
B) 1, 3, 4, 5, 6 
C) 1, 3, 4, 5, 7
D) 1, 2, 5, 6 
9. Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan, 
Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan, Qachon 
belni mahkam tortib bog‘lagaysan? Aytgil, do'stim. 
Nima qildik Vatan uchun? 
Ushbu she’riy parchada gapning ifoda maqsadiga 
ko‘ra qaysi turlari ishtirok etgan? 
1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak 
gap; 5) qo'shma gap.
A) 1, 2, 3
В) 1, 2, 5
С) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5 
10. “g‘o‘nan” bu- 
A) 2 yoshli tuya 
B) qari urg'ochi ot 
C) 2 yoshli ot
D) 3 yoshli ot
11. Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari 
vakillari bilan rasmiy nuqtai nazar bildirish yoki 
muayyan masaladagi xulosalarni qisqacha bayon etish 
maqsadidagi uchrashuvi ma’nosini anglatuvhi 
o‘zlashma so‘zning birinchi tovushiga berilgan to‘g‘ri 
ta’rifni toping.
A) lab, potlovchi, jarangli undosh 
B) til oldi, portlovchi, jarangli undosh 
C) til orqa, lablangan, quyi keng unli 
D) til oldi, lablanmagan, yuqori tor unli 
12. Berilgan so'zlarning qaysi birida urg‘u birinchi 
bo‘g‘inga tushadi? 
1) barcha; 2) texnika; 3) direksiya; 4) kimdir; 5) kitob. 
A) 1, 2, 3
В) 1, 2, 4
C) 2, 3, 4
D) 1, 3, 5
13. Shaxs otlari berilgan qatorni toping. 
A) quruvchi, chopiq, director 
B) samovarchi, g‘azalxon, aravasoz 
C) kampir, zargarlik, amma 
D) Anvar, Lola, Otabek 
14. Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi, 
Sa’va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi.
Gapdagi uyushiq bo'laklar haqidagi noto‘g‘ri hukrnni 
aniqlang. 
A) Uyushiq aniqlanmishlar ega vazifasini bajargan. 
B) Gapda ega va aniqlovchi uyushgan. 
C) Uyushiq egalar faqat bir turkumga oid so‘zlar bilan 


28 
ifodalangan. 
D) Kesimga bilvosita va bevosita tobelangan bo'laklar 
uyushib kelgan. 
15. Berilgan qaysi gaplarda 2 ta affiksatsiya usulida 
yasalgan sifat bor? 
1) Osmon tip-tiniq, oyning kumushsimon tumanli 
nuriga cho‘mgan yulduzlari siyrak edi; 2) Ayniqsa, 
Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan 
tanishish uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki. 
beradi; 3) Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, 
gunohkor esa g‘am va qayg‘u ostidadir; 4) Do‘stsiz 
odamning mevasiz daraxtdan farqi yo‘q.
A) 1, 2, 3
В) 1, 3, 4 
С) 1, 2, 4
D) 1, 2, 3, 
4
16. Berilgan gapda olmoshlar necha o'rinda qaratqich 
aniqlovchi vazifasini bajargan? Yo‘q, men uni 
yozganim yo‘q. Uni siz yozgansiz. Men uni 
qog‘ozlarga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men 
uni dunyodagi hamma onalar o'qishini xohlayman. 
Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi, shundoq 
bo‘lsayam, ularning hammasi sizga o‘xshashini 
xohlayman. 
A) 4
B) 5 
C) 2 
D) 3 
17. Qaysi gapda daraja-miqdor holi ishtirok etgan? 
A) U o‘qish uchun shaharga keldi. 
B) Oybek bir ming to'qqiz yuz beshinchi yilda 
tug‘ilgan. 
C) Qushlar duv-duv uchishdi. 
D) Shu yo’ldan xiyla yurish kerak edi. 
18. Yunonistonlik faylasuf Arastu o‘g‘lini chaqirib shu 
so‘zlarni aytadi: - Bolajonim, o‘z umrimni ilm-u 
hikmatning sirlarini o‘rganish uchun sarf qildim. Ilm-u 
hikmat nuri bilan juda ko‘p tugunlarni yechdim, ammo 
o‘limga chora topolmadim. Keltirilgan parchada 
yordamchi so‘z turkumlariga oid birliklar necha 
o'rinda qo'llangan? 
A) 4
B) 5 
C) 6 
D) 3 
19. 1) Sizning qilayotgan ishingiz yomg‘irga 
o'xshaydi// har bir tomchisi don undiradi; 2) Saida 
bunga juda suyundi// demak, hisobot yuzasidan 
bo‘ladigan muzokara qizg‘in tus oladi; 3) Bora-bora 
ularning ham ko'zi ochiladi// past-balandni ajratib 
olishadi; 4) Kimki mehnatning zo‘rini qidiribdi// 
odamning sarasi ana shu; 5) Chol aqlli odam// unga 
o‘rgatish ham mumkin, undan o‘rganish ham mumkin; 
6) Qirq to‘rt so'mdan yigirma yetti so‘mni olib 
tashladik// o‘n yetti so‘m qoldi.
Yuqorida berilgan gaplarda qanday tinish belgilari 
ishlatiladi?
A) ikki nuqta - 1, 2, 3, 5, tire - 4, 6 
B) ikki nuqta - 1, 2, 3, tire - 4, 6, vergul - 5 
C) ikki nuqta - 1, 2, 5, tire - 4, 6, vergul - 3 
D) ikki nuqta - 1, 3, 6, tire - 2, 4, vergul - 5 
20. Yaxshilik qilish qo‘lingdan kelmasa, yomonlik 
ham qilma. Bu hech qachon yodingdan chiqmasin. 
Mazkur gapdagi bu olmosh qaysi birlik o‘rnida 
almashinib kelgan? 
A) yomonlik so‘zi o‘rnida 
B) oldingi butun gap o‘rnida 
C) yaxshilik va yomonlik so‘zlari o'rnida 
D) yaxshilik so‘zi o‘rnida 
21. O’rinsiz uyalib, maqsadni ro‘yobga chiqara 
olmaslik - noshudlikdir.
Gapdagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar sonini aniqlang. 
A) 5 ta: -in, -siz, -maslik, no-, -lik 
B) 4 ta: -in, -siz, -lik 
C) 3 ta: -siz, no-, -lik 
D) 2 ta: -siz, -lik
22. Rasmiy uslubda qo'llanadigan fe’llar berilgan 
qatorni belgilang. 
A) Ming‘irlamoq, g'azablanmoq, xushnud bo‘lmoq
B) Ozod etilmoq, qaror qabul qilmoq, tasdiqladi 
C) Izhor qildi, g‘imirlamoq, nishonladi 
D) Inkor qilmoq, jilvalanmoq, mahliyo etmoq 
23. Qaysi gapda ko'makchi mavjud emas? 
A) Badia bilan Mas’uma beka arava tagiga kirib 
yashirindi. 
B) Otni soy bo'yiga bog‘ladi-da, o‘zi yuqoriga chiqib 
ketdi. 
C) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 
D) Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la bezamoq 
chog‘idir umr daftarin. 
24. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va munosabat 
shakli sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan 
qo‘shimchalarni ko'rsating.
1) -sa; 2) -i; 3) -k; 4) -miz; 5) -ik; 6) -ay; 7) -y.
A) 1, 2, 3, 6, 7
B) 2, 4, 7 
C) 1, 3, 5, 7 
D) 1, 2, 3, 5, 6
25. Qaysi she’riy san’at turning nomi arabcha so‘z 
bo'lib, «qarz olish» ma’nosida keladi? 
A) ta’did 
B) iyhom 
C) tasdir 
D) istiora
26. «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasida Jo aynan o‘zining 
eng ajoyib, yaxshi otini undan ayrilishi mumkinligini 
bilib turib, Yovvoyi mustangni tutishga egarlaganining 
asl sababi nima? 
1) Montgomer chol va’da qilgan pulga bunday otdan 
uchtasini olish mumkin bo‘lgani uchun; 2) U yovvoyi 
yo‘rg‘ani tutib, undan zurriyod olishining oldida bu 
otni yo'qotishi hech narsa emas edi; 3) sinchilar uning 
otini kasal deb gumon qilganlari uchun; 4) uning oti 
«lokoga mubtalo bo‘lgan mol» deb taxmin qilingani 
uchun.
A) 1, 2, 3 
B) 1, 2, 3, 4 
C) 1, 2
D) 3, 4 
27. «Xo-..хо...хо... eng so‘ng, o‘lim ... o‘lim 
janjalimizni bitirdi. Butun janjallarni o‘lim bitiradir!» 
so'zlari «Abulfayzxon» dramasidagi qaysi qahramon 
nutqiga xos? 


29 
A) Xon 
B) Rahimbiy 
C) Nodirshoh
D) Ulfat 
28. O’ka yoqqil sarvni ul qaddi ra’no bo'lmasa, Yelga 
bergil gulni ul ruxsori zebo bo‘lmasa, Sarv birla gul 
tamoshosig‘a maylim yo‘q turur, Bog‘ aro ul sarvi 
gulruhdin tamosho bo'lmasa! 
Ushbu g'azal kimning qalamiga mansub? 
A) Husayn Boyqaro B) So‘fizoda 
C) Cho'lpon
D) Alisher Navoiy 
29. Yerdagi ayolga oshiq bo'lgani uchun xudo 
g'azabiga uchragan farishta qaysi asarda keltirilgan? 
A) Atoiy g'azallarida
B) «Latofatnoma»da 
C) Lutfiy g'azallarida 
D) «Muhabbatnoma»da 
30. Qaysi mumtoz janrga mansub asarlarning umumiy 
ma’nosi asar sarlavhasida ko'rsatib qo'yiladi?
A) qit’a 
B) g‘azal 
C) muxammas
D) tuyuq
31. «Al-usul al-ashara» («0‘n usul») asarining muallifi 
kim? 
A) Sa’diy Sheroziy
B) Najmiddin Kubro 
C) Abdurahmon Jomiy 
D) Jaloliddin 
Rumiy
32. «Ilgimdin kelganicha zulm tig‘in ushotib, mazlum 
jarohatiga intiqom malhamini qo‘ydim. Va ilgindin 
kelmaganni ul hazrat arziga yetkurdim». Ushbu parcha 
Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?
A) «Vaqfiya»
B) «Munshaot» 
C) «Nasoyim ul-muhabbat»
D) «Majolis un-nafois»
33. Qaysi ijodkor masnaviy shaklida yozilgan 
«Doshhovli» tasviri» asari muallifidir? 
A) Ogahiy 
B) Munis 
C) Komil Xorazmiy
D) Muhammad Rahimxon Feruz
34. Xo‘qand bog‘da yetilg‘on jiyda xurmodin laziz
Mag‘zi Kashmirdin kelturg'on lafz halvodin laziz, 
Istravshan sohibiysi bor uzumlar shohidur, Mirhusayni 
donasi ham yadi Laylodin laziz, - deya Vatanining har 
bir yerini, har bir fazilatini ko‘klarga ko‘tarib 
maqtagan ijodkor kim? 
A) Dilshodi Barno 
B) Anbar Otin 
C) Bobur 
D) Zavqiy
35. Ballada janriga oid bo'lmagan asarni toping.
A) «Ikki vasiqa» (G‘afur G‘ulom) 
B) «Uch qiz afsonasi» (Shuhrat) 
C) «Qullar kemasi» (Haynrix Hayne) 
D) «Muqanna» (Hamid Olimjon)
36. Turkiy tilda yaratilgan har bir asarga alohida mehr 
va e’tibor bilan munosabatda bo'lgan A.Navoiy va 
Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Qutadg'u bilig» 
asari haqida hech qanday ma’lumot bermaganligiga 
nima sabab bo'lgan?
A) asarning faqat uch nusxasigina saqlanib qolganligi. 
B) bu asarning ko‘p yillar keng jamoatchilikdan sir 
tutilganligi. 
C) Movarounnahr va Xuroson hududida XVI-XVII 
asrlarga qadar bu asarning nusxalari mavjud emasligi.
D) ijtimoiy aloqalarning u darajada rivojlanmaganligi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling