Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama so‘z qatnashgan?
Download 48.14 Kb.
|
1.Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? 2. Vatanning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Ushbu gapda nechta otli birikma mavjud? 3. Berilgan birliklarning qaysilari ham so‘z birikmasi, ham turg‘un birikma sifatida qo‘llanishi mumkin? 4. Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning qaysi turini bog’lash uchun xizmat qiladi? 5. Ko‘makchili qurilmalar yordamida bog’langan qo‘shma gaplar tarkibida bosh gapning o‘rni qanday bo‘ladi? 6. Ovoz so‘zining ma’nodoshlaridan qaysi biri shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi? 7. Sen mangusan, baqosan, Men esam o‘tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men – lahzalik xotirot.. Nechta sodda gap bor? 8. Suhbatning oqibati shu bo‘ldiki, Qalandarov tumanga qaytdi. Qo‘shma gap turini toping 9. Ko‘k rang ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va chuqurlikni ifoda etadi. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifalarni bajargan? 10. Quyidagi gapda egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan so‘zlar nechta? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim. 11. Bulbul gulzorni izlar, boyo‘g’li esa hamisha vayronani ko‘zlardi. Berilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi? 12. She’riy parchada kesimlar qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalangan? Bulutlar haydar shamol Goh yog’ib o‘tar yomg’ir Barglar pokiza,zilol Goh quyosh to‘kadi nur. 13. Darhaqiqat, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumlariga mansub so‘zlar soni nechta? 14. Uning ilmoqdor, sho‘x so‘zlari dillarni to'lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab bo'lardi. Ushbu gap tarkibida nechta sodda yasama so‘z qatnashgan? 15.Fonetika nimani o'rgatadi? 16.Gap bo'laklari qanday turlarga bo'linadi? 17.Fonetika hodisalari haqida ma'lumot bering? 18.Tibbiy so'zida qanday tovush o'zgarish hodisa ro'y bergan? 19.Qaysi so'zning yopiq bo'g'ini unli va jarangsiz undoshdan tashkil topgan? Qadriyat, yoqimli, iztirob, fazilat. 20.Jahon tillarida o'qiyman. Ushbu gapda ma'no ko'chishining qaysi usulidan foydalanilgan. 21. Ng tovushi so'z o'rtasida kela oladimi? 22.Ravish yasovchi qo'shimchalarni ayting? 23.Tub ravishlarga misollar keltiring? 24.Sinekdoxaga misollar keltiring? 25.Modal so'zlar ishtirokida gaplar tuzing? 26.Modal so'z bilam undov so'zning farqi? 27.Yordamchi so'z turkumlari qanday? 28.Morfologiyani bo'limlarini tushuntiring? 29.Punktuasiya nimani o'rgatadi? 30.So'z birikmasini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi qanday nomlanadi? 31.Kesim haqida ma'lumot bering? 32.Ot kesim ishtirokida gap tuzing? 33.Ega va kesim orasida tirening qo'llanishi haqida ma'lumot bering? 34.Birinchi darajali bo'laklar haqida ma'lumot bering? 35. Oraliqdagi so'zlar nima uchun kerak? 36.Uyushiq va ajratilgan bo'laklar haqida ma'lumot bering? 37.Egali va egasiz gaplarning tarkibi haqida ma'lumot bering? 38.Barcha mustaqil so'zlar ishtirokida gap tuzing? 39.O’z vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Berilgan gapda nechta so’z birikmasi bor? 40.Ajratilgan bo’laklar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? 41.Qaysi gap bo’lagining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gapga ajratilishiga asos bo’ladi? 42.Bitta kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap tuzilishiga ko’ra qanday gap sanaladi? 43.Ammo, lekin, biroq bog’lovchilari voitasida qanday qo’shma gaplar hosil bo’ladi? 44.Shuni bilingki, yaxshi ishlov berilmagan yerdan yaxshi hosil unmaydi gapi tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani aniqlang? 45.O`pkadan chiqayotgan havo og`iz bo`shlig`ida hech qanday to`siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo`ladigan tovushlar qanday tovushlar deyiladi ? 46.Undalmalar boshqa bo’laklardan nima bilan ajratiladi? 47.Qanday so’zlar gap bo’lagi bo’la olmaydi? 48.To’ldiruvchi qanday so’roqlarga javob bo’ladi? 49.Egalik qo’shimchasini olgan ot o’zidan oldingi otning qaysi kelishik shaklida kelishini talab qiladi? 50.Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan bo’lak qaysi? 51.Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’lakdan oldin kelganda qanday tinish belgisi qo’yiladi? 52.Egalik qo’shimchasini olgan ot o’zidan oldingi otning qaysi kelishik shaklida kelishini talab qiladi? 53.Sodda yig’iq gap qaysi bo’laklardan iborat bo’ladi? 54. Kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap tuzilishiga ko’ra qanday gap sanaladi? 55.Milliy til haqida ma'lumot bering? 56.Adabiy til haqida ma'lumot bering? 57.Nutq uslublari turlari haqida ma'lumot bering? 58.Asos+asos=so'z haqida nima deya olasiz? 59.Kelishiklar haqida ma'lumot bering? 60.Qaratqich kelishigi ishtirokida murakkab gap tuzing? 61.Tobe bog’lanishli birikmalarda qanday so’z bosh so’z sanaladi? 62. Mustaqil so'z turkumi va yordamchi so'z turkumlari tilshunoslikning qaysi bo'limlarida o'rganiladi? 63.Unlilar tasnifini haqida ma'lumot bering? 64.Zidlov boglovchilari vazifasida qo’llanib zidlash, ketma-ketlik munosabatini bildiruvchi bog’lovchilar qaysi? 65.Jondan ortiq narsa yo’q … do’stlar uchun jonimiz fido . Ushbu gapga qanday bog’lovchi qo’yish maqsadga muvofiq? 66.Bo’lsa,esa bog’lovchilari yordamida qo’shma gap tuzing? 67.Jahl – dushman ,aql esa do’stdir. Bu gap qaysi bog’lanish qoidasiga mos emas? 68.Ham yuklama, ham bog’lovchi vazifasida keluvchi vosita yordamida gap tuzing. 69.Ham so’zi qaysi bog’lovchi tarkibiga kiradi? 70.Kesim ergash gapli qo’shma gap yozing. 71.Ega ergash gapli qo’shma gap yozing. 72.Hol ergash gapli qo’shma gap yozing. 73. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap yozing. 74.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap yozing. 75.Qaysi holatda qo’shma gap qismlarini yo… ,yo…, yoki… ,yoki… bog’lovchilari bog’lab keladi? 76.Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bo’lash bilan birga … Qoidani to’g’ri davom ettiring 77. Har kimning zari bo’lmasa-da hunari bo’lsin. Ushbu gap qanday bog’lanishga ega? 78.Sodda gaplarni bog'lashda qaysi bog'lovchi vositalar ham faol ishtirok etadi? 79.Og'ziga kelganni demoq nodon ishi... oldiga kelganni yemoq hayvon ishi. Nuqtalar o'rniga mos keluvchi bog'lovchini toping. 80.Hujrasiga qaytdi... o'y lay bosh ladi. Ushbu gapda tezlik ma'nosini yuzaga chiqarishda qaysi bog'lovchi ishtirok etadi? 81.Biriktiruv bog'lovchilari yordamida qo'shma gap tuzing. 82. -u, -yu, -da yuklamalarini qo'llab qo'shma gap hosil qiling. 83. Qaysi yuklamalar biriktiruv boglovchisini bajaradi? 84. Ergash, bosh gap qolipi asosida gap tuzing? 85. Bosh, ergash gap qolipi asosida gap tuzing? 86. Ergash gap qismlarini qanday boglovchilar bosh gapga boglaydi? 87.Komakchi qurilmalarni yozing? 88.Rais ko'pchilikni yig'olsa, ishimiz osonlashadi. Bu gap qanday vosita orqali bog'langan? 89.Yurakda orzum qat-qat, ko'nglim etadi parvoz. Ushbu gap qanday bog'lanishga ega? 90.Adab kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi... u mehr kattalar ko'nglida abadiy qoladl. Nuqtalar o'rniga mos bog'lovchi qaysi bog'lash turiga mansub? 91.Nutqiy uslub turlari qaysilar? 92.Badiiy uslubda qo’llangan shevaga oid unsurlar nima maqsadga xizmat qiladi? 93.Grammatika nimani o’rgatadi? 94.Uslubiyat deganda nimani tushunasiz? 95.Nutqni to’g’ri va ta’sirli tuzishda qaysi uslub yetakchilik qiladi? 96.O’zbek tilida nechta nutq uslubi mavjid ? 97.-lar’’ ko’plik qo’shimchasini olgan ,,bobomlar, akamlar, oyimlar’’ so’zlari qanday ma’noni ifodalaydi? 98.Yo biron daydi o‘q tegishi, yo birortasi tanib qolishi mumkin edi. Bеrilgаn ushbu gаp qanday gap? 99.Qisimlari ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar qo’shma gaplarning qaysi turiga kiradi? 100.Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub? 101.Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega so’zlarni toping. Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi. 102.Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang. 103.Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi? 104.Sozlarning bir-biriga boglanishi, gap va uning turlarini orgatadigan tilshunoslik bolimi... 105.Dadasi: Qani, oglim, qarashib yubor, gul ekamiz, dedi. Ushbu gapdagi qaysi soz undalma hisoblanadi? 106.Soz turkumlaridan qaysi biri atash manosiga ega? 107.Otlarga qoshilib, ularni ozidan keyin kelgan boshqa sozlarga tobelashtirib boglab keladigan qoshimchalar 108.Qaysi qatordagi sozlarga egalik qoshimchalari qoshilganda tovush ozgarishi yuz beradi? 109.-ar qoshimchasi orqali qaysi zamon manosi ifodalanishi mumkin? 110.Tovushlar opkadan chiqayotgan havoning ogiz boshligida tosiqqa uchrashi yoki uchramasligiga kora qanday turlarga bolinadi? 111.Qaysi tovush bilan tugagan sozlarga jonalish kelishigi qoshimchasi qoshilganda ozak va qoshimcha qanday aytilishidan qati nazar ozgarmaydi? 112.Tildagi barcha so'zlarning qanday ma'nolarni bildirishini or'ganuvchi lug'at 113.So'z birikmalari nechta so'zdan tashkil topadi? 114.Orfoepiya haqida ma'lumot bering? 115.Asos va qo'shimchalar imlosi haqida ma'lumot bering. 116.O'timli va o'timsiz fe'lga misollar keltiring 117.Zamon qo'shimchalari turlariga misollar keltiring 118.Yozuv tamoyillari fonetik va morfologik jihatidan o'xshash tomonlari 119.Talaffuz me'yorlariga misollar keltiring. 120.Bilim baxt keltirar. Ushbu gap tarkibida nechta til tovushi mavjud? 121.Xayrli ishning kechi yoq. Ushbu gap tarkibida nechta til oldi undoshi mavjud? 122.Buloq, qishloq sozlariga qanday qoshimcha qoshilganda. ozak-negiz tarkibidagi jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi? 123.Qaysi tovush bilan tugagan sozlarga jonalish kelishigi qoshimchasi qoshilganda ozak va qoshimcha qanday aytilishidan qati nazar ozgarmaydi? 124.Sozlarning nutq jarayoniga bogliq bolmagan atash manosi 125.So'zlarning morfem tarkibi qanday izohlanadi. 126.Otlarning lug'aviy va munosabat shakllari qanday yasaladi? 127.Fe'l va uning uslubiy xususiyatlar haqida nimalarni bilasiz? 128. Nisbat shakllari uslubiyati haqida nimalarni bilasiz? 129.O'timli va o'timsiz fe'llarga misollar ayting? 130.Sifat va uning uslubiyati haqida 131.Kelishik qo'shimchalari va uning uslubiyati haqida nimalarni bilasiz? 132.Olmosh va uning ma'no turlari haqida nimalarni bilasiz? 133.Fe'lning bo'lishli shakllari 134.Fe'lning bo'lishsiz shakllariga misollar keltiring. 135.Undov so'zlar uslubiyati haqida nimalarni bilasiz? 136.Taqlid so'zlar uslubiyati haqida nimalarni bilasiz? 137.Modal so'zlar uslubiyati haqida nimalarni bilasiz? 138.Ko'makchilar, ularning uslubiyati haqida nimalatni bilasiz? 139 Fe'lning vazifa turlarini tushuntiring. 140.Iboralar uslubiyati haqida qanday ma'lumotga egasiz? 141.Qo'shimchalarning ma'ni vazifasiga ko'ra turlarini bilasizmi? 142.Ish qog'ozlariga nimalar kiradi? 143.Tilning ifoda imkoniyatlari haqida qanday ma'lumotga egasiz? 144.So'z birikmasining boshqa til birliklaridan farqi? 145. Mustaqil va yordamchi soʻzlar orasidagi farqlari qanday? 146. Shirinlik soʻzida nechta morfema bor? 147.Fe'lning vazifa shakllari qaysilar? 148.Qaysi soʻz turkumlari yasalmaydi? 149.Sifat yasovchi qoʻshimchalardan 5ta yozing. 150. Oʻrin joy otlari yasovchi qoʻshimchalariga misollar keltiring. 151. Ravishlarning qanday turlari mavjud? 152. Lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar qaysilar? 153.Aniqlovchi, to'ldiruvchi hol ishtirokida gap tuzing. 154. -lar qoʻshimchasi dadamlar soʻzida qanday maʼno tashiyapti? 155.Tovush oʻzgarishi hodisalari haqida nimani bilasiz? 156.Koʻnglim soʻzida qanday tovush oʻzgarishi hodisasi mavjud? 157.Tilning ifoda imkoniyatlariga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? 158.Gapda birinchi bo'lib tobe gap keladimi yoki hokim gap? 159.Sifatlar necha turga boʻlinadi? 160.Sifatdagi orttirma darajaga misol keltiring? 161. -lar qoʻshimchasi dadamlar soʻzida qanday maʼno tashiyapti? 162.Tabiat qanday gozal. Ushbu gap tarkibida jarangsiz juftiga ega bolgan nechta jarangli undosh mavjud? 163.Faoliyat jarayon otlariga misollar yozing. 164. Olmoshlarning tuzilishiga koʻra turlarini yozing 165. Qanday soʻzlar yasama soʻz deyiladi? 166.Edi , ekan, emish emas to‘liqsiz fe’llari fe’l so‘z turkumidan keyin kelsa(harakat nomi bundan mustasno), ular bog‘lama hisoblanadimi? 168. Gap urgʻusini toping. Oyposhsha xolaning oʻgʻli armiyadan yakshanba kuni ertalab qaytdi. 169. Kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat. Ushbu so‘zlar qanday birlik? 170. Otlarga qo‘shilib ularni o‘zidan keyingi so‘zga tobelantiruvchi qo‘shimchalar … 171. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, yer yuzida taxminan nechta til mavjud? 172.31. 1. Kachal polvon spektakli. 2. Cho‘lpon nomidagi kinoteatr. 3. Xamsa asari. 4. Navoiy shahri. 5. Mustaqillik kuni. 6. Bahor qahvaxonasi. 7. Navoiy romani. 8. Navoiy asarlari. 9. Nido dostoni. 10. Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi. Ushbu birliklarning qaysilarida qo‘shtirnoq ishlatilishi kerak? 173. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi? 174.Suvlar... tikilsam, ko‘zim yoshlanur, jarlar... egilsam, aylanur boshim. Qaysi kelishik shakli tushib qolgan? 175.O‘zbek tilida nechta kelishik mavjud? 176.Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar deyiladi? 177. Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar deyiladi? 178.Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak hamda undalma vazifasida kela oladigan so‘z turkumi qaysi? 179.Fe’l qabul qila oladigan xususiy qo‘shimchalarni sanang. 180. Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol. Ushbu gapda nechta o‘rinda tovush ortgan? 181. Oyijon, chindan ham, shishaning ichida jin bormi? Ushbu gapdagi ot so‘z turkumiga oid so‘z qanday bo‘lak vazifasida kelgan? 182. Fe’l qabul qila oladigan xususiy qo‘shimchalarni sanang. 183. Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita. Ushbu gapda son qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 184.Fe’lda nechta zamon mavjud? 185. O‘rtog‘ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o‘rindasan? Gapda olmosh qaysi so‘zning o‘rnida kelgan? 186.Opam sizga uzgan olmalaridan to‘rttadan berdi. Ushbu gapda son qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 187. Qanday hollarda tartib son qo‘shimchalari o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatiladi? 188. Qanday hollarda tartib son qo‘shimchalari o‘rnida chiziqcha (defis) ishlatiladi? 189. Uyushiq bo‘laklar tarkibini qanday bog‘lovchi vositalar bog‘lashi mumkin? 190. Osmonda yulduzlar kul bosgan cho‘g‘dek miltillaydi. Ushbu gapdagi aniqlovchini toping. 191. Qaratqich aniqlovchi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? 192. Qaratqich kelishigidagi so‘z bilan tushum kelishigidagi so‘zning farqi nima? 193.Sanalayotgan bo‘laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so‘z qanday nomlanadi? 194.Aniqlovchi ma’nosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 195.58. Kishilik olmoshlariga qanday qo‘shimchalar qo‘shilsa, tovush tushishi kuzatiladi? 196.Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxida o‘ttiz yaproq, yaprog‘ining bir yog‘i qora, bir yog‘i oq. Ushbu gapda son qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 197.Son kesim vazifasida kelgan gapga misol keltiring. 198.ot+aniqlovchi+to'ldiruvchi+fe'l+kesim =gap tuzing 199.Tushum kelishigidagi so‘z nimaga bog‘lanadi? 200. Hokim bo‘lakdan anglashilgan narsaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildiradigan bo‘lak ... 201.Jo'nalish kelishigi ishtorokida 5 ta gap tuzing. 202. Chiqish kelishigi kesim ishtirokida gap tuzing. 203.Olmosh ishtirokida miqdor daraja, sifat ishtirokida gap tuzing. 204.Olmosh qanday savolarga javob bo'ladi. 205. Kichraytirish shakli qanday ahamiyatga ega. 206. Asosi ot+fe'ldan tashkil topgan so'zni toping. 207. Fe'l+ot+sifat+ot+ko'makchi+modal+fe'l=gap tuzing. 208.Gaplarning sodda va qo'shma gaplarga ajratilishi qaysi jihatdan olinadi? 209.So'zlarni bir-biriga togri boglash va gap tuzish qoidalarini orgatuvchi til bolimi qanday nomlanadi? 210.O'zbek tilining dunyo tillari tizimidagi o'rni, sizningcha, nima bilan belgilanadi? 211.Do'stlik hech qachon joningizga tegmaydi. Ushbu gapda nechta so'z birikmasi bor? 212.Sodda gapni qo'shma gapdan ajratuvchi muhim belgini toping. 213.Kechga tomon qaytaman deb, uch kundan so'ng kirib keldi. Ushbu gap qanday bog'langan? 214.Olimlar bilan o'tirsang, foyda olasan. Gol yonida o'tirsang, uning hidi dimoqqa urib qoladi. Ushbu qo'shma gaplar qanday bog'lanishga ega? 215. makchili birikma bilan bog'langan gap tuzing. 216. Faqat ohang yordamida bog'langan gap yozing. 217.Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi. Ushbu sodda gapni qo'shma gapga aylantiring. 218. Chunki, agar bog'lovchilari vositasida bog'langan qo'shma gap tuzing. 219. ...g'amgin ko'rinar, ...endi ochilgan g'uncha misoli yashnab ketadi. Nuqtalar o'rniga mos keluvchi bog'lovchini qo'yib qo'shma gap hosil qiling. 220.Egasi yashiringan gapga misol yozing? 221. Hol ishtirok etgan gap yozing? 222 Sodda yoyiq gap yozing? 223.To'ldiruvchi ishtirokida gap tuzing? 224. Egasi yashiringan gapga misol yozing? 225. Sinonim va omonim ishtirokida gap tuzing. 226.Antonim va omonim ishtirokida gap tuzing. 227.Binolar o'z vaqtida qurilishi kerak. Qandag gap? 228.Har bir gapni o'ylab gapir tokibundan afsuslanib yurma. Ushbu gapda qanday bog'lovchi qatnashgan? 229.Och-yalang'och yashayotganlarni men hech qachon unutolmayman. Gapda nechta bitishuvli fe'lli soʻz birikmasi bor? 230.Jahonda nimaiki oq bolsa, unga ona suti timsol. Ushbu gapda nechta so'z birikmasi mavjud? 231. Hojiyevning uzun gapidan chiqqan qisqa xulosa shu bo'ldi: bugungi avlod oʻz ajdodlariga munosib voris bo'lmoqda. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qoʻllanish sababi qaysi javobda toʻgʻri izohlangan? 232."Besh bolali yigitcha" kelmadimi? Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi sodir bo'lgan? 233.Osmon yum-yum yig'ladi. Ushbu gapda qanday ma'no ko'chishi sodir bo'lgan? 234. Borganmish so'zida qanday tovush o'zgarish hodisa ro'y bergan. 235.Ayrilaman so'zida qanday tovush o'zgarish hodisa ro'y bergan? 236.Aytavermoq so'zida qanday tovush o'zgarilish hodisasi ro'y bergan? 237.Harflarning ma'lum tartibda joylashuviga nima deyiladi? 239.Yashil bo'yoq bilan bo'yalgan , ust tomoni qayrilgan o'ymakor panjarali , katta va og'ir darvozaga yetganda yitining yuragi bir oz o'ynab ketdi. Gapda Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zlar nechta? 240.Kutubxona, kutubhona qaysi so'z to'g'ri yozilgan? 241.Lablar ishtirokiga ko'ra unlilar necha turga bo'linadi? 242.Lablanmagan unlilar nechta? 243.Jo'nalish kelishigi ishtirokida gap tuzing 244.Qanday so'zlar juft so'zlar deyiladi? 245.Bu gaping yomon bo'lmadi. Ushbu gapning qaysi o'rniga tinish belgisini qo'yish orqali ma'noni o'zgartirish mumkin? 246.Gullar chiroyli stolni bezab turibdi. Ushbu gapning qaysi o'rniga tinish belgisini qo'yish orqali ma'noni o'zgartirish mumkin? 247.Darak gapning oxiriga qanday tinish belgi qo'yiladi? 248.Qanday gaplar ritorik so'roq gaplar deyiladi? 249.Shart mayli shaklini keltiring? 250.Ot kesim qanday so'roqlarga javob bo'ladi? 251.Duo olgan omondir qarg'ish olgan yomondir. Ushbu gapda kesimning qaysi so'z turkumi bilan ifodalanishiga ko'ra qaysi turi ishtirok etgan? 252. Qishda yangi yilni kutamiz .Ushbu gapda holni toping. 253.Osmonda yulduzlar kul bosgandek miltillaydi. Ushbu gapdagi aniqlovchini toping. 254.Qanday holatda uyushiq bo'lak umumlashtiruvchi so'z orasida ikki nuqta qo'llaydi. 255.Xush kelibsizlar qo'noqlar poyqadamingizga hasanot !!! Ushbu gapdagi undalmani toping. 256.Kirish so'zlar boshqa bo'laklardan qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? 257.Ohang yordamida bog'langan qo'shma gaplar bir-biri bilan qanday tinish belgilari bilan ifodalanadi. 258. Qanday holatlarda qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida vergul yoki tire ishlatiladi. 259.Ot gapda qaysi bo'lak vazifasida kelishi mumkin? 260.Egalik qo'shimchasi qo'shilganda qanday tovushlar tushib qoladi? 261.Narsa buyumlar orasidagi belgi o'zaro taqqoslanmasa qanday daraja hosil bo'ladi? 262.Sonlar nechta turga bo'linadi? 263.Kishilik olmoshlariga qanday qo'shimchalar qo'shilsa tovush tushishi kuzatiladi. 264.Yordamchi so'zlarning necha xil shakli bor. 265. Hayvon inson va narsalarning tovushi holatiga taqlid so'zlar qanday ataladi? 266.Yozma nutqning harflar tizmini o'rganadigan bo'lim qanday ataladi? 267.Og'zaki nutqning hech qanday bo'limlarga bo'linmaydigan shakli qanday ataladi? 268.Qaysi xususiyatiga ko'ra til tovushlari turlarga bo'linadi? 269.O'zbek xalqi qadimda qaysi yozuvdanfoydalangan? 270.To'g'ri talaffuz me'yorlarini o'rgatuvchi bo'lim qanday nomlanadi? 271.Qaysi so'zlarda e unlisi to'liq talaffuz qilinadi? 272.Qanday undoshlar qo'sh undosh deyiladi? 273.Tutuq belgisi qachon cho'ziqroq talaffuz uchun xizmat qiladi? 274.Bo'g'inlar qaysi xususiyatiga ko'ra ochiq va yopiq bo'g'inlarga ajratiladi? 275.Ma'nodosh so'zlar qanday holatlarda ishlatiladi? 276.Baqirmoq so'zi shivirlamoq, gapirmoq so'ziga nisabatan qaysi xususiyatga ko'ra farqlanadi? 277.Ishning ko'zini bilishini qarang-a Ushbu gapdagi ko'chma ma'nodagi so'z qaysi? 278.Urg'u va uning turlari haqida yozing 279.Shakldosh va ma'nodosh so'zlar uslubiyati haqida yozing. 280. Badiiy uslub haqida yozing. 281.Ilmiy uslub haqida yozing 282.Og'zki so'zlashuv uslubi haqida yozing 283.Rasmiy so'zlashuv uslubi haqida yozing. 284.Publisistik uslub haqida yozing. 285.Sodda va murakkab gaplar haqida yozing. 286. Ishning ko'zini bilishini qarang-a. Ushbu gapdagi ma'nodagi so'z qaysi? 287.Tovush o'zgarishiga misollar yozing. 288. Ish qog'ozlariga nimalar kiradi. 289.Publisistik uslub bilan badiiy uslubni farqlari. 290. Til va nutqni farqlari 291.Hujjatning turlari haqida yozing. 292.O'zbek adabiy tilining taraqqiyoti uchun nimalarni amalga oshirish kerak? 293. Bo'g'in va uning turlari haqida yozing 294.Unli va undoshlarning talaffuzi haqida yozing. 295.O'zbek tilining tovushlar tizimi haqida yozing. 296.O'zbek tilining o'tmishi bugungi kuni haqida matn yarating. 297.So'zlarning shakl va ma'no jihatidan turlarini yozing 298.Telekanallarda beriladigan boshlovchilar shevada gaplashadigan ko'rsatuvlar haqida yozing. 299.Shaxsiy hujjat turlari haqida yozing. 300.Ariza yozilish shaklini yozing. Download 48.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling