1 Rustamjon O‘rinov
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
DTM-2017 ona tili va adabiyot
10
4-variant 1. Qaysi qatorda vazifadoshlik usulida ma’nosi ko'chgan so‘z qatnashgan? A) Unga qilinayotgan zulmlar suyak-suyagidan o‘tib keta boshladi. B) Yigit katta bo‘lib, aqli kirib qoldi. C) Bir boshga bir o‘lim. D) Dasturxonga turli mevalar: novvot, qand-qurs, shokoladlar qo‘yilgan edi. 2. Berilgan gaplarning qaysilarida ajratilgan bo‘lak ishtirok etgan? 1) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning, ayol va erkaklarning, qorasi ko'rindi; 2) Zorqishloq ko'chalarida, adir va qirlarida, serdaraxt bog‘larida ko'klam namoyishi kezadi; 3) Manzura dasturxon yozib mezbonni, ukasini, yana o‘n daqiqa kutdi; 4) Mana, hozir ham Akromning yolg'iz unga, Sayyoraga, tanish bo'lgan bo‘lakcha bir samimiyat to‘la xatini o'qiyotganda tomog‘iga bir nima kelib tiqildi. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4 3. Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibi o'zaro qarama-qarshi ma’noli juft so‘z bo'lgan qaralmish ishtirok etgan? A) Insonning fe’l-atvoriga qarab, unga baho beriladi. B) Kishining husni-jamoli bo‘lmasa ham, so‘zlari shirin bo'lsa, unday odam elni o‘ziga qaratib oladi. C) Наr nechuk, shu narsaga iqrormanki, muhabbat savdosining katta-kichigi bo'lmas. D) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonib, goh bo‘lasan ziq. 4. Qaysi javobda quyida keltirilgan gapda ishtirok etgan fe’l nisbatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Paxta va zig'ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, yaxshi quritmay dazmollanadi. 1) aniq nisbat; 2) majhul nisbat; 3) o‘zlik nisbat; 4) orttirma nisbat; 5) birgalik nisbat. A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5 5. Quyoshning so‘nggi nurida oppoq bulutlarga qadalgan tog'larning cho‘qqisi qilich kabi yarqiramoqda. Qaysi javob (-lar)da turlanmagan so'zning morfologik tahklida xatolik uchraydi? 1) so‘nggi – sifat, paytga munosabat bildiruvchi sifat, nisbiy sifat, oddiy darajada, sodda yasama sifat (yasovchi qo'shimcha: -gi, asosi: ravish); 2) oppoq – sifat, rang-tus bildiruvchi sifat, asliy sifat, orttirma darajada, tub sifat; 3) bulutlarga – ot, turdosh ot, o‘rin- joy oti, sodda tub, aniq ot, tarkibida ko‘plik qo'shimchasi (-lar) bor, -lar- lug‘aviy shakl yasovchi qo'shimcha; jo‘nalish kelishigi (-ga) shakli bor, -ga- munosabat shaklini hosil qiluvchi qo'shimcha; 4) qadalgan – fe’l, holat fe’li, sifatdosh, -gan o‘tgan zamon sifatdoshi, majhul nisbatda(-l), o‘timsiz fe’l, bo‘lishli shaklda; 5) qilich – ot, turdosh ot, narsa- buyum oti, sodda tub, aniq ot, bosh kelishik va birlik shaklida; 6) kabi – sof ko'makchi, o'xshatish ma’nosini ifodalaydi, bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo‘shiladi; 7) yarqiramoqda – fe’l, holat fe’li, o‘timli fe’l, sodda yasama fe’l (yarq + ira asosi: taqlid so‘z), munosabat shakliga ega: -moqda – hozirgi zamon va III shaxs birlik shaklida. A) 4, 5, 7 B) 3, 4, 6 C) 4, 7 D) 1, 2, 5, 6 6. Baxtni har kim o'zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni to‘q, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. O’zi uchun, qorni uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning bor- yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo‘q. Komil inson esa hammaning joni. Ushbu matnda nechta olmosh bor? A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 7. Kim tez va chaqqon harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo'ladi. Ushbu gap qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? A) ega ergash gapli ergashgan qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli ergashgan qo‘shma gap C) hol ergash gapli ergashgan qo‘shma gap D) kesim ergash gapli ergashgan qo'shma gap 8. Ayol – go‘zallik, nafosat va muhabbat timsoli, ayol bilan bog‘liq bu tuyg'ular Sharqda asrlardan beri qadrlanib kelingan. Ushbu gapda nechta ot so‘z turkumiga oid birlik qatnashgan? A) 7 ta B) 6 ta C) 9 ta D) 8 ta 9. Bu – sen uchun katta sinovdir. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog‘lama bor B) shart, munosabati ifodalangani uchun C) ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangani uchun D) izohlash munosabati ifodalangani uchun 10. Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada Iste’dodim so'nganidan qilar karomat. Berilgan she’riy parchada chiqish kelishigi qo‘shimchasi qaysi vositalar bilan ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin? 1) tushum kelishigi qo'shimchasi; 2) haqida ko'makchisi; 3) o‘rin- payt kelishigi qo‘shimchasi; 4) kabi ko‘makchisi. A) 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 4 D) 1, 2 11. Fe’l shakli yordamida bogiangan qo‘shma gapni toping. A) Haqiqiy olim o'zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. 11 B) Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. C) Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko‘nglida abadiy qoladi. D) Fikr ravshan bo‘lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo'ladi. 12. 1) Anvar ham muloyimgina kulimsirab olgach ... yana qalamini qoralab qog‘oz ustiga bir-ikki kalima yozdi; 2) Bu bilan men Zokir ota bilan Ro‘zimatni qoralab, o‘zimni oqlamoqchi emasman; 3) Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi. Gaplarda qo‘llangan qoralamoq so‘zi haqidagi to‘g‘ri hukmni belgilang. A) birinchi va ikkinchi gapda bir so‘zning turli ma’nolari qo'llangan B) ikkinchi va uchinchi gapda shakldosh so'zlar qo‘llangan C) uchala gapda bir so'zning turli ma’nolari qo‘llangan D) uchala gapda shakldosh so‘zlar qo‘llangan 13. Berilgan gaplarning qaysilarida nuqtalar o'rnida 2 o‘rinda qaratqich, 1 o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llanadi? 1) Mamlakat... kichik bir qismi bo'lgan oila... tinchligi... asraylik; 2) Qirq yil umri... sarf qilib, yulduzlar siri..., koinot siri... o‘rgandi-yu, zamin siriga, insonlar hayotiga kelganda g‘aflatda qoldi; 3) Yo'lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay hayron bo'lib turar ekan, dehqon... ayanchli tovushi eshitildi; 4) Ko‘p til... bilmoqlik., foydasi katta, u inson... katta boyligi hisoblanadi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 14. Har bir farzand ona nasihatlarini jon qulog‘i bilan oshitishi, to‘g‘ri yo'lga targ‘ib i(tsa, qarshilik qilmasligi, ota yoki onadan birortasi ish buyurganda shu buyurilgan ishda xatolik borligini bilsa ham yuragini tor qilib, qattiq gapirmasligi, kulib turib, bu ishda xatolik borligini yumshoqlik bilan isbot qilib, ularni ko'ndirishi lozim. Qaysi hukm xato? A) orttirma nisbat shaklidagi so‘z murakkab fe’l kesim vazifasida kelgan. B) fe’lning vazifa shakli ishtirok etgan sodda yasama so‘z tarkibida 4 ta morfema bor. C) 1 ta ko'makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ishtirok etgan. D) sifatdosh shaklidagi fe’l gapda hol vazifasida kelgan. 15. Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin Bolalarim yurar oyoq uchida. (M. Yusuf) Ushbu satrda ma’no ko'chishining qaysi ko‘rinishi bor? A) sinekdoxa B) vazifadoshlik C) metafora D) metonimiya 16. Omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan so'zlar ko'rsatilgan javobni belgilang. 1) qovoq; 2) shamol; 3) qalin; 4) kishan; 5) shoh; 6) qoqi. A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 6 17. Fe’lning qaysi vazifa shakllari tarkibidagi egalik qo'shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi? 1) sof fe’l; 2) sifatdosh; 3) ravishdosh; 4) harakat nomi. A) 1, 2 B) 4 C) 2, 4 D) 1, 3 18. Qaysi qatordagi son otlashmagan? A) Bir tup kessang, o‘n tup ek. B) Yetti o‘lchab, bir kes. C) Biri ichkariga kirib ketdi, ikkinchisi ko‘chada kutib turdi. D) Ikki soatlar eshakda yurib, tog'dan tog‘ga o‘tib andak toliqqan edim. 19. Qaysi gapda besh o‘rinda vergul tushirilgan? A) Inson millat xalq biron narsaga erishmagan bo'lsa yo o‘zi go‘l yo o‘zi tanbal yo uyquda tutilgan. B) Xirmon sayli qovun sayli^gul bayrami Navro‘z shodiyonalari she’rsiz bahribayt va o‘lanlarsiz o‘tmaganini yaxshi bilasiz. C) Har bir odam o‘zining oqil obro‘-e’tiborli iste’dodli sadoqatli do'stlari bilan faxrlanadi ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. D) Bu qissadan hissa shuki tuban ehtiroslar qanchalik zo‘r bo'lmasin aql-idrok albatta yenggusidir. 20. U jahli chiqqanidan ukasiga achchiq gapirdi. Mazkur gapdagi yasama sifat tarkibida qanday fonetik hodisa yuz bergan? A) yasama sifat berilmagan B) tovush almashishi C) tovush ikkilantirilishi D) tovush tushishi 21. Qaysi javobdagi juftlik o'zaro ma’nodosh bo‘la olmaydi? A) ko‘lanka-soya B) norg'ul-gavdali C) kalovlanmoq-talmovsiramoq D) tanti-erka 22. Qaysi sirg'aluvchi jarangsiz undosh tovushning jarangli jufti yo‘q? A) l B) h С) у D) g‘ 23. Ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda ko‘chirma gap tarkibidagi qaysi bo'laklik ekanlik kabi shakllarni olib, o‘z vazifasini o'zgartiradi? A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) aniqlovclii 24. Qaysi gap tarkibida faqat asosdan anglashilgan harakatning tarzini bildiruvchi ko‘makchi fe’l qatnashgan? A) Majlis cho‘zilib ketsa ham, men uni ko‘chada kutib turaverdim. B) Ota asarni tugatib bo‘lib, bir voqea haqida o‘ylab boshladi. C) Men sen otgan to'pni ushlab olib, boshqa qo‘limdagi koptokni tushirib yubormasdan yura olaman. D) U she’rni yodlay boshladi, biroq xayolida bu qizni unutib ham qo'ymasdi. 25. «Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra» maqoli quyidagi 12 asarlardan qaysi birida keltirilgan? A) «Shum bola» B) «Sariq devni minib» C) «Gulliverning sayohatlari» D) «Hech qayoqqa olib bormaydigan yo‘l» 26. Alisher Navoiy qaysi qahramonini «Yuzidin bargi gul xijil erdi, Qaddidin sarv munfail erdi», deya ta’riflaydi? A) Suhayl B) Dilorom C) Mehr D) Bahrom 27. Hans Kristian Andersen ertaklarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni belgilang. A) Usmon Nosir B) Xayriddin Saloh C) Usmon Qo'chqor D) Mamarasul Boboyev 28. ... Jurnal sahifalarida muqaddas Qur’oni karimning ma’no tarjimasi tarixda birinchi marta o‘zbek tilida bosildi. Ushbu satrlar kimning tarjimayi holidan olingan? A) Tohir Malik B) Erkin Vohidov C) Abdulla Oripov D) O’tkir Hoshimov 29. «Otello» tragediyasida ro‘y bergan fojia oqibatlari xabarini Venetsiyaga yetkazishni kim o‘z bo'yniga oladi? A) Montano B) Gratsiona C) Lodoviko D) Brabansio 30. «Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut» kabi satrlarda hayotiy asosi chuqur bo‘lgan tashbehlar qo‘llagan shoir kim edi? A) Abdulla Oripov B) Mirtemir C) Zulfiya D) Asqad Muxtor 31. Adabiy janrlardan qaysi birining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri his-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko‘pligi bilan asoslanadi? A) oq she’r B) she’riy roman C) mansura D) sarbast 32. M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug'bek» tragediyasi qanday she’riy shaklda yozilgan? A) erkin she’rda B) nasriy she’rda C) barmoq vaznida D) oq she’rda 33. 14 misraning har biri «Qaysi...» so’zi bilan boshlanuvchi, ya’ni alliteratsiya san’ati yetakchilik qiluvchi g‘azal muallifi kim? A) Maxmur B) Munis C) Amiriy D) Xorazmiy 34. Qaysi asarlar bir xil janrda yozilgan? A) M. Shayxzoda, «Toshkentnoma», Olimjon, «Muqanna» B) A. Muxtor, «To‘qqizinchi palata», Shuhrat, «Oltin zanglamas» C) A. Qahhor, «Asror bobo», Mirtemir, «Surat» D) E. A’zamov, «Ko‘k eshik», N. Norqobilov «Olim o‘g‘li» 35. Qaysi asar qahramonining onasi erining o‘limidan so‘ng farzandini yarim ko‘ngil bilan o‘stirgan, lekin kelinining qo‘lidan bir piyola choy icholmay vafot etgan? A) «Qochoq» (S. Ahmad) B) «Onajon» (A. Oripov) C) «Bahor qaytmaydi» (O’. Hoshimov) D) «Ruh bilan suhbat» (S. Zunnunova) 36. Gurkiboy va Mohiboyni kim «soyasi yerga tushmagan xonzoda» deya ta’riflaydi? A) Kuntug‘mush B) Xolmo'min C) cho'pon D) Olim sayyod |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling