G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari


Download 1.47 Mb.
bet98/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

O‘zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari. O‘zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo‘ladi: birinchisi, yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning xususiy mulki, ikkinchisi, ularning shirkat xo‘jaliklaridagi paylari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ xususiy mulk. YAkka va korporativ (ulushli) xususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo‘lgan huquqlari, dahlsizligi davlat tomonidan himoyalandi. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir»69. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning mas’uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda «mulkdor mulkiga o‘z xohishiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart»70, deb ta’kidlangan. Xususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi.

Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad olish maqsadida ma’lum sohada xo‘jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o‘z xohishlariga ko‘ra kirishini va undan chiqishini ham anglatadi.

Tovarning nuqsonlari bo‘yicha iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini kafolat muddati belgilangan tovarlar bo‘yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko‘riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o‘rni pul bilan qoplanadi. Iste’molchi huquqlarining himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta’minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining ro‘yobga chiqarilishini anglatadi. SHuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga iste’mol tovarlarini noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining ko‘rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o‘zlarida bor bo‘lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub’ektlari shaxsiy manfaatlarini ryobga chiqarishning chegarasini belgilaydi. Hech kimning iqtisodiy yakkahokimlik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. SHuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’molchi, xaridorlar manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi.

Erkin tadbirkorlik, raqobat va narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va davlatning roli cheklangan bo‘ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi. Buning uchun davlat iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning faoliyat, “o‘yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasining barqaror o‘sib borishini, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag‘allar o‘rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert to‘lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Davlat bozor mexanizmi to‘la-to‘kis bajara olmagan vazifalarni o‘z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot sub’ektlarining erkin faoliyatini ta’minlaydi. Hamda jamiyat uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.

Demak, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda mulkdor bo‘lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni demokratlashtirishga qaratilgandir.

Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va boshqa asarlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tishining nazariy asoslari, konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:

1) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining ta’rifi;

2) bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari;

3) iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling