G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
-BOB.TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN.PLAN VA KARTA
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
5-BOB.TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN.PLAN VA KARTA
HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 5.1. Karta va plan Yer yuzidagi barcha geografik obyektlarning konturlari shartli qabul qilingan ellipsoid yoki shar sirtiga proyeksiyalanib ma’lum darajada kichraytirilsa, yer yuzining matematik modeli, ya’ni globus hosil bo’ladi. Globus yer sharining sferik yuzadagi tasviri hisoblanadi. Yer yuzining globusdagi tasviri quyidagi geometrik hususiyatlarga ega: 1) yer yuzidagi barcha masofalar globusda bir xilda kichraytirilib tasvirlanadi, ya’ni globus masshtab o’zgarmasligi hususiyatiga ega, demak, masshtab globusning hamma qismida bir xil bo’linadi; 2) yer sharidagi barcha burchaklar globusda o’zgartirilmasdan tasvirlanadi, ya’ni globusdagi biror burchak qiymati yer sharidagi shu burchakning qiymatiga teng bo’ladi; boshqacha qilib aytganda, yer sharidagi har qanday obyektning qiyofasi uning globusdagi qiyofasiga o’xshaydi. Globusda barcha meridianlar parallellarni to’g’ri burchak bo’yicha kesib o’tadi. Bu hususiyatga teng burchaklilik deyiladi; 3) globusda tasvirlangan har qanday obyektning maydoni uning yer sharidagi maydoniga teng bo’ladi. Demak, geografik obyektlarning qiyofasi, o’rni, katta kichikligi qabul qilingan masshtab bo’yicha globusda geometrik jihatdan to’g’ri tasvirlanadi. Lekin globus qanchalik katta bo’lmasin, unda yer yuzidagi barcha tavsilotlarni aniq va mukammal tasvirlash qiyin. Shuning uchun yer yuzini mukammal o’rganishda turli muhandislik inshootlarining loyihalarini tuzishda va ularni qurishda globusdan foydalanib bo’lmaydi; bu maqsadda yer yuzining qog’ozdagi tasviridan, ya’ni plani yoki kartasidan foydalaniladi. Lekin yer yuzini kartada tasvirlashda ma’lum xatolar ro’y beradi. 5.1-rasm.Globusni meridianlar bo’yicha yoyilmasi 41 Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Globus meridianlar bo’yicha kesib, yoyib yuborilsa, uning yaxlit tasviri hosil bo’lmaydi. Orada ochiq joylar qoladi. (5.1-rasm) shunga ko’ra yerning sferik yuzasini tekislikda yaxlit tasvirlashda yer yuzidagi bir xil uzunlikdagi chiziqlar va bir xil kattalikdagi maydonlar qog’ozga bir xilda kichrayib tushmaydi hamda qog’ozda tasvirlangan burchaklar yer yuzidagi shu burchaklarga teng bo’lmaydi. Yer va uning ayrim katta qismining kartadagi tasvirida burchak va maydon xatolari ro’y beradi. Shunga ko’ra Yer yuzini va uning ayrim katta qismini kartada tasvirlashda Yerning sferikligini e’tiborga olish lozim. Buning uchun yer yuzidagi geografik obyektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar sirtiga tushuriladi, ya’ni Yer sirtining gorizontal proyeksiyasi hosil qilinadi, bu proyeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushuriladi, bunda dastlab, meridian va parallel to’ri, ya’ni kartografik to’r chiziladi. So’ngra kartografik to’r ma’lum darajada kichraytirilgan geografik obyektlar bilan to’ldiriladi.Demak, karta bu -yer yuzining ellipsoid sirtidagi gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling