G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Topografik kartalarning kartografik proyeksiyasi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
5.4. Topografik kartalarning kartografik proyeksiyasi
Topografik kartalar turli muhandislik va mudofaa ishlarida qo’llaniladigan bo’lganligidan ulardan foydalanish oson va olinadigan natijalar aniq bo’lishi shart. Bu esa yer yuzining sferikligi natijasida ro’y beradigan xatoning juda kichik bo’lishini talab etadi. Shuning uchun topografik kartalar tuzishda ma’lum kartografik proyeksiya tanlanishi zarur. 48 Yer yuzining yassi deb qabul qilinadigan qismini qog’ozda tasvirlaganda ro’y beradigan xato juda kichik bo’lishi sababli uni e’tiborga olmasa ham bo’ladi. Shunga ko’ra katta territoriyalarning kartalarini tuzishda yer ellipsoidi yuzasi ma’lum kattalikdagi trapetsiyaga bo’lingan deb faraz qilinadi. (5.1a-rasm ). Yirik masshtabli topografik kartalar tuzishda bu trapetsiyaning har birini tekislik deb qabul qilish mumkin. Har bit trapetsiyani tekislikka yoyganda ro’y beradigan xato juda kichik bo’lganligidan uni e’tiborga olmasa ham bo’ladi. Bir necha trapetsiyani yoyganda ular orasida ochiq joylar qoladi(5.1b-rasm), bu ochiq joyni to’rtta, hatto, to’qqizta trapetsiyaga teng tarqatish yo’li bilan yo’qotish mumkin. Lekin ko’p trapetsiyani bir-biriga tutashtirganda hosil bo’ladihan ochiq joylar kartalar tuzish va ulardan foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilikni bartaraf qilish maqsadida 1930-yildan boshlab MDH da 1:10000- 1:500000 masshtabli topografik kartalar tuzishda Gaussning teng burchakli ko’ndalang silindrik proyeksiyasi qo’llanila boshlandi. Bu proyeksiya meridian bo’yicha cho’zilgan territoriyalarni tasvirlashda juda qulaydir. Gauss proyeksiyasini qo’llanishda Yer ellipsoidi Grinvich meridianidan boshlab 6 o li 60 ta meridional zonaga bo’linadi. So’ngra har bir zona alohida-alohida tekislikda tasvirlanadi. Demak, Gauss proyeksiyasida “ko’p qirrali proyeksiya” ,“ko’p zonalar” bilan almashtiriladi. Har bir meridianal zonaning yahlit tasvirini hosil etish uchun Yer ellipsoidi ko’ndalang silindr ichiga joylashtiriladi va har bir zonaning meridian va parallel chiziqlari silindrning ichki yuziga proyeksiyalanadi. Bunda burchaklarning o’zgarmasligi shart qilib qo’yiladi. Shuning uchun Gauss proyeksiyasida tuzilgan kartalarda tasvirlangan burchaklar qiymatiga teng bo’ladi. har bir zona proyeksilangan silindrni ma’lum yasovchi bo’yicha kesib tekislikka yoyganda har bir zonaning o’q meridiani va ekvator bo’lagida masshtab o’zgarmaydi, lekin o’q Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling