42
Yer yuzining kattaligi 20×20 kvadrat kilometrdan oshmaydigan qismining
sathiy yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasini yassi deb qabul qilish mumkin.
Bunda Yerning sferikligi natijasida ro’y beradigan
burchak va maydon xatoligi
geodezik o’lchash vaqtida yo’l qo’yiladigan xatodan katta bo’lmaydi.
Yer yuzining biror kichikroq bo’lagini qog’ozda tasvirlashda Yerning
sferikligi e’tiborga olinmasdan, joydagi tafsilotlarning
konturlari yassi deb qabul
qilingan sathiy yuzaga proyeksiyalanadi. So’ngra joyning bu gorizontal proyeksiyasi
qog’ozda ma’lum darajada kichraytirilib tasvirlanadi. Joyning bunday tasviri plan
deb ataladi. Plan-Yer yuzining yassi deb qabul qilingan bo’lagining tekis sathiy
yuzaga tushurilgan gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi kichraytirilgan
tasviridir. Yer yuzidagi tafsilotlarning plandagi qiyofasi joydagi qiyofasiga o’xshab
tasvirlanadi, ya’ni planning barcha qismida masshtab bir xil bo’ladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: