G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


-BOB.TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN.PLAN VA KARTA


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

5-BOB.TOPOGRAFIK KARTA VA PLAN.PLAN VA KARTA
HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 
5.1. Karta va plan 
Yer yuzidagi barcha geografik obyektlarning konturlari shartli qabul qilingan 
ellipsoid yoki shar sirtiga proyeksiyalanib ma’lum darajada kichraytirilsa, yer 
yuzining matematik modeli, ya’ni globus hosil bo’ladi. Globus yer sharining sferik 
yuzadagi tasviri hisoblanadi. 
Yer yuzining globusdagi tasviri quyidagi geometrik hususiyatlarga ega: 
1) yer yuzidagi barcha masofalar globusda bir xilda kichraytirilib tasvirlanadi, ya’ni 
globus masshtab o’zgarmasligi hususiyatiga ega, demak, masshtab globusning 
hamma qismida bir xil bo’linadi; 
2) yer sharidagi barcha burchaklar globusda o’zgartirilmasdan tasvirlanadi, ya’ni 
globusdagi biror burchak qiymati yer sharidagi shu burchakning qiymatiga teng 
bo’ladi; boshqacha qilib aytganda, yer sharidagi har qanday obyektning qiyofasi 
uning globusdagi qiyofasiga o’xshaydi. Globusda barcha meridianlar parallellarni 
to’g’ri burchak bo’yicha kesib o’tadi. Bu hususiyatga teng burchaklilik deyiladi; 
3) globusda tasvirlangan har qanday obyektning maydoni uning yer sharidagi 
maydoniga teng bo’ladi.
Demak, geografik obyektlarning qiyofasi, o’rni, katta kichikligi qabul 
qilingan masshtab bo’yicha globusda 
geometrik jihatdan to’g’ri tasvirlanadi. 
Lekin globus qanchalik katta bo’lmasin, 
unda yer yuzidagi barcha tavsilotlarni aniq 
va mukammal tasvirlash qiyin. Shuning 
uchun yer yuzini mukammal o’rganishda 
turli 
muhandislik 
inshootlarining 
loyihalarini tuzishda va ularni qurishda 
globusdan foydalanib bo’lmaydi; bu 
maqsadda yer yuzining qog’ozdagi tasviridan, ya’ni plani yoki kartasidan 
foydalaniladi. Lekin yer yuzini kartada tasvirlashda ma’lum xatolar ro’y beradi. 
 
5.1-rasm.Globusni meridianlar 
bo’yicha yoyilmasi 


41 
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Globus meridianlar bo’yicha kesib, yoyib 
yuborilsa, uning yaxlit tasviri hosil bo’lmaydi. Orada ochiq joylar qoladi. (5.1-rasm) 
shunga ko’ra yerning sferik yuzasini tekislikda yaxlit tasvirlashda yer yuzidagi bir 
xil uzunlikdagi chiziqlar va bir xil kattalikdagi maydonlar qog’ozga bir xilda 
kichrayib tushmaydi hamda qog’ozda tasvirlangan burchaklar yer yuzidagi shu 
burchaklarga teng bo’lmaydi. Yer va uning ayrim katta qismining kartadagi tasvirida 
burchak va maydon xatolari ro’y beradi. Shunga ko’ra Yer yuzini va uning ayrim 
katta qismini kartada tasvirlashda Yerning sferikligini e’tiborga olish lozim. Buning 
uchun yer yuzidagi geografik obyektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar 
sirtiga tushuriladi, ya’ni Yer sirtining gorizontal proyeksiyasi hosil qilinadi, bu 
proyeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushuriladi, bunda dastlab, 
meridian va parallel to’ri, ya’ni kartografik to’r chiziladi. So’ngra kartografik to’r 
ma’lum darajada kichraytirilgan geografik obyektlar bilan to’ldiriladi.Demak, karta 
bu -yer yuzining ellipsoid sirtidagi gorizontal proyeksiyasining qog’ozdagi 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling