34
4-BOB. O`LCHASHL XATOLARI NAZARIYASI HAQIDA UMUMIY
MA`LUMOTLAR
4.1.O`lchash turlari va xatoliklari
Geodezik ishlar o’lchashlardan iborat bo`lib, bevosita va bilvosita
o’lchashlarga bo’linadi.
Bevosita o’lchashda o’lchov birligi hisoblanuvchi asbob o’lchanayotgan
obyektga
taqqoslanadi, Masalan: joyida masofani po’lat lenta bilan,
burchakni
teodolit bilan o’lchash, qog’ozda esa masofani chizg’ich bilan, burchakni transporter
bilan o’lchash bevosita o’lchash bo’lib hisoblanadi.
Bilvosita o’lchashda obyekt bevosita o’lchanmasdan, uning kattaligi boshqa
o’lchash natijalaridan foydalanib aniqlanadi. Masalan: borib bo’lmaydigan masofani
aniqlash uchun uchburchakning bir tomoni va ikkita gorizontal burchaklari
o’lchanadi.So’ngra masofa bilvosita o’lchash natijalaridan
foydalanib sinuslar
teoremasiga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Geodezik o’lchashlarni teng aniqlikda yoki teng emas aniqlikda bajarish
mumkin. Bir xil malakali ishchilarning bir xil sharoitda, bir xildagi aniq asbob bilan
teng marta o’lchashi teng aniqlikda o’lchash bo’ladi. Bu shartdan birontasi o’zgarsa,
teng emas aniqlikda o’lchash bo’ladi.
O’lchash natijalaridan foydalanishdan oldin
obyektning qanchalik aniq
o’lchanganligini bilish kerak. O’lchash aniqligiga baho berish uchun o’lchash
paytidagi xatoga nima sabab bo’lishini bilish kerak. Bu masalalar bilan o’lchash
xatosi nazariyasi shug’ullanadi. O’lchash xatolari kelib chiqish sabablariga ko’ra
qo’pol, sistematik va tasodifiy xatoliklarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: