G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
4.3. Chekli xato.Nisbiy xato 
Chekli xato.Tasodifiy xatolar belgilangan miqdordan oshmasligi shart.Bu 
miqdor xatoning chegarasi yoki chekli xato deyiladi. Ehtimollik nazariyasiga ko’ra, 
normal sharoitda obyektni 1000 marta o’lchaganda 3 martasidagina tasodifiy xato 
qiymati yo’l qo’yiladigan o’rtacha kvadratik xato qiymatidan oshishi mumkin. 
Shunga ko’ra o’rtacha kvadratik xatoning o’lchangan qiymati chekli xato deb qabul 
qilinadi. 

chek
= ±3m (4.7) 
bunda- m o’rtacha kvadratik xato. 
Hozirgi kunda o’lchash natijalariga katta talab qo’yilishi munosabati bilan 
chekli xato qilib o’rtacha kvadratik xatoni ikkilangan miqdori qabul qilinadi. 

chek
= ±2m (4.8) 
Agar o’lchashda ro’y bergan tasodifiy xato yo’l qo’yiladigan eng chekka 
miqdorga teng yoki undan kichik bo’lsa- o’lchash qoniqarli hisoblanadi, katta 
bo’lsa- o’lchash qoniqarsiz hisoblanadi.
Nisbiy xato.O’lchash aniqligi o’lchangan obyektning o’lchamiga bog’liq 
bo’lgan hollarda obyektlarning to’g’ri yoki noto’g’ri va qay darajada aniq 
o’lchanganligi nisbiy xato bilan belgilanadi. Nisbiy xato o’rtacha kvadratik xato 
absolyut miqdorining o’lchash natijasiga bo’lgan nisbati bilan ifodalanadi. So’ngra 
bu miqdor qisqartirilib, surati birga teng bo’lgan kasr songa aylantiriladi. Demak har 
bir o’lchashdagi nisbiy xato quyidagiga teng bo’ladi: 


39 
m
l
=
m: m
l: m
=
1
N
(4.9) 
bu yerda m-o’rtacha kvadratik xato; l-o’lchash natijalari. 
Tayanch so’zlar: xatolik , vazn, o’lchash, tasodifiy xato, ehtimoliy xato
qo’pol xato, sistematik xato, o’rtacha xato, chekli xato, o’rtacha kvadratik xato, 
nisbiy xato, arifmetik xato, o’rtacha miqdor, teng emas aniqlik. 
Nazorat savollari: 
1. O’lchach deb nimaga aytiladi? 
2. Bevosita o’lchash bilan bilvosita o’lchash farqi. 
3. O’lchash xatoligi nimadan iborat? 
4. O`lchash xatoligi turlari nechtaga bo`linadi ? 


40 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling