G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
-rasm.1 klass davlat tayanch punktlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
6.10-rasm.1 klass davlat tayanch punktlari
joylashuvi 68 1-klass triangulyatsiya va poligonometriyada yuqori aniqlikda o’lchash asboblari va uzullari qo’llaniladi. Masalan,1-klass triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 0 ” -7 ” gacha, poligonometriyada 0”- 4 ” gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, triangulyatsiya basis tomoni 1:400000, poligonometriya tomoni esa 1:300000 aniqlikda o’lchanadi. 1-klass tayanch tarmoqining har bir poligoni 2- klass triangulyatsiya uchburchaklari tarmoqlari bilan to’ldiriladi. Joyning tabiiy geografik sharoitiga qarab, 2-klass triangulyatsiya uchburchaklari tomonlarining uzunligini 7-20 km qilib olish mumkin. Ba’zan 2-klass davlat triangulyatsiyasi o’rniga 2-klass poligonometriya yo’llarini o’tkazsa ham bo’ladi. 2-klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazishda ham eng aniq o’lchash asboblari va usullari qo’llaniladi. Bunda triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 1”, 0 o’rtacha kvadratik xato bilan, bazis tomoni 1:300000 aniqlikda o’lchanadi. Yuqori klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini zichlashtirish maqsadida 3 va 4-klass triangulyatsiyasi o’tkaziladi. Joyning sharoitiga qarab 3-klass triangulyatsiya uchburchagi har bir tomoni uzunligi 5-8 km, 4- klassniki 2-5 km bo’ladi.Triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 3-klass triangulyatsiyada 1”, 5, 4-klassda esa 2”,0 gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, masofa esa 1:200000 aniqlikda o’lchanadi. 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari yuqori klass tayanch tarmoqlarining punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Faqat 1 va 2- klass davlat geodezik tayanch tarmoqlari bo’lmagan rayonlardagina yirik masshtabli tasvirga olish va boshqa maqsadlarda mustaqil 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari o’tkazilishi mumkin. Joyning sharoitiga va iqtisodiy tomondan afzalligiga qarab 3 va 4-klass triangulyatsiya o’rniga 3 va 4-klass poligonometriya yo’llari o’tkazish mumkin. Poligonometriya yo’llari yuqori klass tayanch tarmoqlari punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Agar 3 va 4- klass poligonometriya yo’li kichik territoriyada mustaqil tarmoq tarzida o’tkazilsa, 3-klass poligonometriya yo’lining uzunligi 60 km dan, 4- klass poligonometriya yo’lining uzunligi 35 km dan oshmasligi kerak. 6.1 va 6.2 -jadvallarda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlariga taaluqli ba’zi bir ma’lumotlar berilgan. 69 Davlat geodezik tayanch tarmoqlarini qurish ularning kataloglarini tuzish bilan yakunlanadi. Triangulyatsiya va trilateratsiya punktlari kataloglarida har bir punktning nomi, joylashgan o’rnining tasviri, punkt klassi, punktga o’rnatilgan markaz va geodezik belgi (piramida yoki signal) ning turi, shuningdek planli va balandlik koordinatalari, punkt joylashgan zona o’q meridianining koordinatasi, tarmoq tomonlarining direksion burchagi va uzunligi ko’rsatiladi. Poligonometriya punktlari kataloglarida har bir punkt o’rnatilgan joyning tasviri, punkt nomeri, klassi, absolut balandligi, poligon tomonlarining direksion burchagi va uzunligi hamda punkt joylashgan zona o’q meridianining koordinatasi va boshqa ma’lumotlar beriladi. Davlat geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazish to’g’risidagi ma’lumotlar ya’ni joyda bajarilgan o’lchash natijalari, hisoblash materiallari va tayanch tarmoqlari kataloglari Geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi qoshidagi 6.1-jadval Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling