G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov


Download 1.29 Mb.
bet23/77
Sana26.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1233011
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov

F

Diafragma

6

G

Qovuq

7

\ i \ i, 1# ЧХ .
A % * ' "\\ N

H

Buyrak

8

J

Yo‘g‘on ichak

9

К

0‘pka

10

L

Oshqozonosti bezi

11

M

To‘g‘ri ichak

12

0

ingichka ichak

13

Javoblar: | A- B- S- | D- | E- F-

G- I H- J- K- | L- M- O-




  1. Kurakoyoqlilar turkumi vakillariniga rasmdagi mos raqam­lami aniqlab yozing?



Raqamlar
Kurakoyoqlilar turkumi vakillari
Shimol dengiz mushugi
Grenlandiya tuleni


  1. Primatlar turkumi vakillariniga rasmdagi mos raqamlami aniqlab yozing?

Gibbon

i

Shimpanze




Orangutan





Primatlar turkumi vakillari


Raqamlar


Yashil martishka


Gorilla



Oq peshana kaputsin
Odam va uning salomatligidan masala va mashqlar
0‘quvchilarga odam va uning salomatligini o‘qitish asosiy anatomik, fiziologik, gigienik, tibbiy tushunchalarni rejali va izchil rivojlantirish, o‘quvchilaming amaliy tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadigan g‘oya, nazariya, ilmiy dalillami o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. Odam va uning salomatligini asosiy g‘oyalari - odam anatomiyasi, fiziologiyasi, gigienasi g‘oyalari, tuzilish va funksiyaning o‘zaro bog'liqligi, odam organizmining tabiiy muhit bilan bog‘liqligi, organizmning bir butunligi va o‘z-o‘zini boshqarishi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi, asosiy tushunchalami rivojlantirish izchilligini belgilaydi. Odam va uning salomatligi kursini o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish yuqorida berilganlaming yoritishda muhim rol o‘ynaydi.
Odam va uning salomatligi darslarida foydalaniladigan masala va mashqlar o‘quvchilardan darslik bilan mustaqil ishlashni, turli xil didaktik materiallar va dasturlami tayyorlash, o‘z - o‘zini kuzatish, turli xil tajribalami bajarishni, taqqoslovchi tablitsa, sxema, man­tiqiy fikrlashga va hisoblashga doir masalalar. savollarga javoblami o‘ylab yozishni, o‘z - o‘zini va bir birini nazorat qilishni talab etadi.
Masala va mashqlar deyilganda o‘quv vazifalarining shunday xillari tushunulidaki, bularda o‘quvchilarda masala va mashqlar mantiqiy fikr yuritish, xulosalar chiqarish yo‘li bilan muammoga javob topish talab qilinadi.
Bilim beradigan biologik muammolami faqat so‘zlab berish yo‘li bilangina emas, balki tajribalar o‘tkazish yoki turli xil topshiriqlar, amaliy ishlami bajarish yo‘li bilan ham hal qilish mumkin. Nazariy topshiriqlami hal etish muayyan tushunchalami aniqlashtirish va sabab - oqibatlami bog‘lanishlarini to‘g‘ri aniqlash zarur. Masala va mashqlami hal qilishda yo‘llanma berish maq- sadida 0‘quvchilarga quyidagilami eslatib o‘tish lozim.

  • masala va mashqlar shartlaridan sizga nima ma’lum bo‘ldi?

  • qo‘yilgan muammo qanday hodisalar yoki jarayonlar to‘g‘ri- sida bormoqda?

  • bayon qilinayotgan hodisalaming sabablari qanday?

  • nimani bilish zarur?

  • masala va mashqlarda o‘rtaga qo‘yilgan muammoga qanday javob berish kerak?

Yuqorida keltirilgan savollar tizimi o‘quvchilarga mantiqiy fikr yuritish, masala va mashqni, o‘rtaga qo‘yilgan topshiriqni yaxshiroq bajarish uchun yordam beradi. Misol uchun quyidagi topshiriq berilgan bo‘lsin: “Is gazi gemoglobin bilan mustahkam birikadi. Ushbu gazdan ko‘p nafas olish olib turish nima uchun o‘limga olib keladi” topshiriq shartini tahlil qilib chiqaylik.
Bizga ma’lumki is gazi gemoglobin bilan mustahkam birikadi. Gemoglobin kislorod tashiydi. Odamning yashashi uchun kislorod zarur. Gemoglobin bilan qanday hodisa ro‘y beradi? Is gazi bilan uzoq nafas olganda gemoglobin is gazi bilan mustahkam birikib qoladi. 0‘limning sababi tanadagi barcha hujayralarga kislorod tashib yetkazish uchun gemoglobinning yetishmay qolishidir.
Sabab-oqibatlaming bog‘lanishini aniqlash uchun berilgan masalalaming qanchalik aniq yechilganligi quyidagilarga qarab: jarayonning asosiy va ikkinchi darajali sabablari topilganiga, aniq sabablar ko‘rsatib o‘tilganiga qarab baholanadi.
Ommaviy ravishda guruhli topshiriqlar o‘z-o‘zini kuzatishga bog‘liq masalalar ко‘pincha raqamli ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi, chunki odamning bo‘yi va massasini o‘lchash, tomir urishini sanab ko‘rish va boshqalar. Aksariyat masala va mashqlar fiziologik hodisalami tushunib olishga hamda o‘quvchining o‘z organizmida kechadigan jarayonlar sababini ochib berishga imkon beradigan masalalar bo‘lishi mumkin.
Bunday ko‘rinishdagi masala - mashq va topshiriqlarga quyida- gilami tavsiya etsa bo‘ladi.

  1. Odamning tinch turgan holatida va o‘n marta o‘tirib turga- nidan keyin tomir urishini sanab ko‘rish va organizmda yuz bergan o‘zgarishlar haqida xulosa chiqarilsin.

  2. Tinch holatda bir minutda nafas bilan chiqariladigan karbonat angidrid gazi miqdorini aniqlang.

Organning tuzilishini vazifasi bilan bog‘liqligini o‘quvchilar o‘zlashtirib olishi uchun organlami tanib olishga mansub masala - mashqlardan foydalaniladi.
Organ va organizmlaming tuzilishi hamda vazifasini bog'liq- ligini aniqlashga qaratilgan masalalar murakkabligi jihatidan har-xil bo‘lishi mumkin. Bu masalalaming javobi to‘g‘riligini ko'rsatib berish tajriba bilan tugallansa o'quvchilar bilish faoliyatini va fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Odam va uning salomatligida odam anatomiyasi, fiziologiyasi to‘g‘risidagi masalalar shaxsiy va jamoa gigienasi bilan bog‘liqligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. Bunday masala va mashqlaming aksariyati o‘quvchilarga qangay amallami bajarish va qanday natijaga ega bo‘lish kerakligini hal qilish uchun asos bo'ladi. Ayrim masala va mashqlar biologik qonuniyatlami aniqlashga imkon beradi.
Bunday mashqlarga quyidagilami misol qilish mumkin.

  1. Qo‘l panjasi shikastlanganda, jarohatlangan joydan qip qizil qon oqib turibdi. Dastlabki vaqtdlarda qon favora bo‘lib otilib chiqadi, so‘ngra favora susayib qon otilib-otilib oqib turadi. Qon ketishning turi, birinchi yordam ko'rsatish choralari aytib o‘tilsin.

  2. Venadan qon ketib turgan vaqtda jarohatdan yuqoriroqda qo'yilgan qovuzloq nima uchun ma’lum vaqt davomida qon ketishini to‘xtatmasdan tezlashtirishi mumkin?

Odam va uning salomatligidan foydalaniladigan masala va mashqlar qo‘llash usuliga qarab uch guruhga ajaratiladi:

  • Sinfda barcha o‘quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar.

  • 0‘z bilimini odam va uning salomatligi kursidan chuqurlash- tirish uchun harakat qilayotgan va o'zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan birgalikda bajariladigan masala va mashqlar.

  • Biologiya bilan alohida qiziqadigan o‘quvchilar bilan sinf- dan tashqari mashg'ulotlarda va fakultativ mashg'ulotlarda indivi­dual ravishda qo‘llaniladigan murakkab masala va mashqlarga.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling