G shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov


Ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning o‘rni


Download 1.29 Mb.
bet14/77
Sana26.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1233011
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov

Ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda masala va mashqlarning o‘rni
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning eng muhim omillardan biri o‘quvchilar bilish faoliyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda har qanday maktab o‘qituvchisi oldida, shu jumladan, biologiya o‘qituvchilari oldida turgan muhim vazifa o‘quvchilarga fanlardan chuqur bilim berish bilan birga ulaming mantiqiy fikrlash, oldin o‘zlashtirgan bilimlarini yangi material bilan o‘zaro bog‘liqligini sabab - oqibatlarini anglash, taqqoslash, umumlashtirish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish hamdir. Bunday muhim vazifani baja- rishni har bir biologik predmetlarda amalga oshirish zarur va shartdir. Ayni vaqtda juda ko‘plab metodik tavsiyalar - ko‘rsatma- lar mavjud, ular yordamida o‘quvchilaming bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish mumkin.
Maktab predmetlarini o'qitishda qo‘llaniladigan uslublardan bin masala va mashqlar yechishdir. Bu uslub o‘quv materiali mazmunini chuqur va to‘liq o‘zlashtirish, o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdagi roli kattadir. Shu bilan birga ayrim biologik masalalami yechish uchun boshqa fanlardan olgan bilimlarini qo‘llay olish, umumlashtirish, tirik organizmda va atrofimizdagi olamda borayotgan jarayonlami chuqur anglab yetishda muhim rol o‘ynaydi.
Masala va mashqlaming yechishdagi eng muhim kamchilik- lardan biri o‘quvchilar berilgan masalani mazmun-mohiyatini to‘la tushunmay turib birdaniga topshiriqni bajarishga o‘tishlaridir. Ayrim hollarda noto‘g‘ri fikrlash, masalani yechish yoki tushuntirishda fizika va matematikaning elementar qoidalariga to‘g‘ri kelmasli- gidir. Yana boshqa kamchihklardan biri organizm hujayra yoki molekulalar hajmini yetarli miqdorda aniq hisoblamaslikdir.
Politexnik sikldagi bir-biriga yaqin bo‘lgan tabiiy fanlar matematika, fizika, kimyo bo‘yicha masala va mashqlar yechish uchun yagona talablar ishlab chiqilgan. Bunga bog‘liq holda Amerikalik matematik D.Poya “Masalani qanday yechish kerak” degan maqolasida muallif har qanday maqolani yechishning to‘rtta qiziqarli bosqichini taklif etgan (biz uni ayrim o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritgaji holda keltirmoqdamiz).

  1. Masalaning sharti va tahlilini yozish

  • qisqartirilgan belgilar yordamida masala tekstini qanday bayon etish kerak?

  • masalani ishlash uchun qanday qo‘shimchalar tavsiya etish kerak?

  • nimani topish talab etiladi

  • dastlab qanday harakatlami amalga oshirish kerak?

  • eslangchi bunday masala yoki mashqni oldin ishlaganmisiz?

П. Masala yechish uchun reja tuzish.

  • berilgan ma’lumotlar va kattaliklar o‘rtasida qanday o‘zaro bog‘liqliklar mavjud?

  • masala shartidagi xodisaning mohiyati nimadan iborat?

  • masalada o‘rtaga tashlangan jarayon izchilligi qanday (masalaning yechish yo‘li)?

  1. Masalani yechimini topish va yozib borish

  • masalani yechishning eng qulay usulini tanlang. Agar zarur bo‘lsa matematik formula qo‘llang, miyada hisoblash amallarini bajaring.

  • zarur bo‘lgan tenglama (formula)ni yozing.

  • hisoblash zarur bo‘]gan ma’lumotlami tenglamaga qo‘ying.

  • masala yechimini savollar ko‘rinishida yozing. Har qanday jarayonni aniq va juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring.

  1. Natijalar tahlili

  • masalani ishlash yo‘llari to‘g‘ri qo‘yilganmi? Natijalami tek- shiring.

  • masala yechish usuli to‘g‘ri tanlanganmi? Boshqa usulni qo‘llash mumkin emasmi?

Eng muhim didaktik talablardan biri masala bayonini eng qulay variantlarini tanlay olish hisoblanadi.
Zoologiyadan masalalar yechish metodikasi

  1. Agar lm2 sodda hayvonlaming biomassi 7.8 g bo‘lsa. Bir gektar maydondagi sodda hayvonlaming umumiy biomassasini hisoblab toping.

Yechilishi:
1 gektar 10000 m2 ni tashkil etsa 1 mz sodda hayvonlaming biomassi 7,8 g , 1 gektardagi sodda hayvonlaming umumiy bio­massasini hisoblab chiqamiz:
7,8 • 10000 = 78000 = 78 (kg).
Javob: 1 gektar maydondagi sodda hayvonlaming umumiy bio- massasi 78 kg
2.Sigir oshqozonining 1 sm3 sathiga 2 mln dona infuzoriya to‘g‘ri kelsa. Sigir oshqozonining hajmi 125 1 bo‘lsa undagi infuzoriyalaming umumiy sonini toping.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling