G. T. Cho‘lliyeva


Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana08.06.2023
Hajmi1,04 Mb.
#1465425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
kurs ishi kitobi 2021 конвертирован сжатый

 
 
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish
qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko‘ra nazariy va 
amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va 
takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir. 
Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning 
mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan 
muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir. 
Rejadagi har bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni 
yoritishda esa ona tili o‘qitish metodikasining mohiyatini va nazariy 
asoslarini 
aks 
ettiruvchi 
tushunchalarning 
biror 
ta’lim 
muassasalarining amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bo‘lishi ham 
e’tibordan chetda qolmasligi kerak. 
Kurs ishi rahbari talabaga boshqa masalalarda ham 
yordam beradi, jumladan: 
• mavzu bo‘yicha zarur adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa 
manbalardan foydalanishga doir tavsiyalar berish; 
• kurs ishi mavzusi bo‘yicha muntazam suhbatlar va maslahatlar 
o‘tkazib turish; 
• bajarilgan ish mazmunini qismlari bo‘yicha hamda yaxlitligicha 
baholash; 
• kurs ishini himoyaga taqdim etishga rozilik berish. 
 
KURS ISHI REJASINI TUZISH 


Ushbu bosqichda 
talaba 
adabiyotlar, 
internet 
ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni 
har tomonlama 
yoritish maqsadida ma’lumotlar to‘playdi va ular bo‘yicha hisob-
kitoblarni amalga oshiradi. Kurs ishi mavzusini to‘la yoritib berish 
uchun ilmiy-metodik manbalarning o‘zigina yetarli emas. Buning 
uchun ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda ularni 
umumlashtirishga intilish lozim. Tajribali talaba tashkil etilgan o‘quv-
tarbiya jarayonini kuzatar ekan, uning materiallarini to‘playdi va 
nazariy materiallarni asoslashda ulardan misollar tarzida foydalanadi. 
Kurs ishi rejadagi ayrim masalalarni yoritishda pedagogik amaliyotni 
kuzatish vaqtida to‘plangan amaliy materiallardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Agar kurs ishini yozish vaqti talabaning ana 
shu mavzuga oid materiallarni o‘qitish vaqtiga mos kelsa, o‘z shaxsiy 
tajribalarini yoritishi ham mumkin. Talaba shaxsiy tajribalarini 
umumlashtirish jarayonida kichik tajriba (eksperiment) tayyorlashi va 
o‘tkazishi mumkin. Bu tajriba natijasidan esa kurs ishini yozishda 
foydalanishi mumkin. Ikkinchidan, adabiyotlarni o‘rganish orqali ular 
qaysilariga asoslanib ish olib borishini belgilab olishi zarur. 
Uchinchidan, ilmiy izlanish obyektini belgilab olishi lozim. Pedagogik 
eksperiment o‘tkazish maqsadida eksperiment asosida tekshirib 
ko‘riladigan masalani ilmiy rahbar yordamida, avvalo, qismlarga 
bo‘lib chiqish, ilmiy-tekshirish rejani tuzish lozim. Eksperimental 
o‘qitish jarayonida esa bu rejaga amal qilinadi. So‘ngra eksperimental 
o‘qitish materiallari to‘planadi, analiz qilinadi, xulosalar chiqariladi. 
Maktabda, biror sinf o‘quvchilari bilan ishlamaydigan talaba 
uchun o‘z shaxsiy pedagogik tajribalarini umumlashtirish imkoni 
bo‘lmaydi. Ammo u ham pedagogik amaliyot davrida hosil qilgan 
ozgina tajribasini, xulosalarini umumlashtirish, kurs ishida ulardan 
foydalanish mumkin. 
Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar 
tahliliga asoslangan bo‘lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, 
sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan 
bo‘lishi lozim. 



Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling